한국   대만   중국   일본 
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Xalqaro taraqqiyot uyushmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqaro taraqqiyot uyushmasi , XTU (IDA, International Development Assocation) ? BMTning ixtisoslashgan muassasasi, Jaxon banki guruhiga kiradi. 1960-yilda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB)ning filiali tarzida tashkil etilgan. 160 davlat a?zo. Boshqaruvi va shtabkvartirasi XTTB bilan yagona, Vashingtonda joylashgan.

Uyushmaning rasmiy maqsadlari: eng kambag?al mamlakatlarga foizsiz kreditlar ajratish yo?li bilan ularning iqtisodiy rivojlanishiga yordam ko?rsatish. Bunday mamlakatlarga aholi jon boshiga yillik yalpi ichki mahsulot 925 dollardan ortiq bo?lmagan (1997) davlatlar kiradi. Bu mezon asosida XTU dan qarz olishi mumkin bo?lgan mamlakatlar soni 70 ga yaqin; XTU kreditlari Jahon banki beradigan jami qarzlarning 1/4 qismini tashkil etadi va faqat hukumatlarga beriladi. Uyushma kambag?al mamlakatlarga 35?40 yilga foizsiz kreditlar (ulardan ma?muriy xarajatlarni qoplash uchun yillik 0,75% miqdorida komission haq olinadi) beradi. Qarzlarni qaytarish 10 yillik imtiyozli davrdan keyin boshlanadi. 1998 yil o?rtalarida XTU kreditlari 109,1 mlrd. dollarni tashkil etadi. 1998 moliya yilida 19 mamlakatga umumiy miqdori 7,5 mlrd. dollar bo?lgan 67 ta qarz ajratdi. Xo?jayor Shennayev.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]