Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bolalar kuniga bag?ishlangan sovet pochta markasi . 1958-yil.

Xalqaro bolalarni himoya qilishi kuni bolalarni parvarishlash va ularning huquqlarini himoyalashga bag?ishlangan bayramdir . MDH va boshqa sobiq sotsialistik mamlakatlarda 1-iyun , BMT tavsiyasi bilan esa 20-noyabrda [1] nishonlanadi.

Bayram kuni bolalarga bag?ishlab konsertlar, oqshomlar o?tkaziladi. Ba?zi istirohat bog?lari (masalan, Toshkentlend ) bolalar uchun bepul attraksionlar ochadi. TVda bolalar uchun film, tomoshalar namoyish etiladi.. [2] [3] [4]

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1-iyunda Bolalar kunini nishonlash taklifi 1925-yili Jeneva , Shveysariyadagi konferensiyada o?rtaga tashlangandi. Nega aynan shu sana tanlangani haqida ikki faraz bor: birinchisiga ko?ra, o?sha yilgi xitoylik yetim bolalar uchun uyushtirilgan Duanvu festivali 1-iyunga to?g?ri kelib qolgan; boshqa faraz esa soddaroq — konferensiya shu kuni o?tayotgan edi.

20-noyabrdagi Bolalar kuni esa BMT tomonidan 1954-yili chiqarilgan qaror bilan mustahkamlangan.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Universal Children's Day
  2. ?International Children's Day Flag“ . Crwflags.com. Qaraldi: 2009-yil 16-avgust.
  3. ?June 1 International Children's Day“ . Diyifanwen.com. Qaraldi: 2009-yil 16-avgust.
  4. ?1 June - International Children's Day“ . Qatar Living (1920-yil 23-aprel). Qaraldi: 2009-yil 16-avgust.

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]