한국   대만   중국   일본 
William Arthur Lewis - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

William Arthur Lewis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( W. Arthur Lewis dan yo?naltirildi)

Lyuis Uilyam Artur (1925.23.1, Sent-Lyusiya oroli, Britaniya Vest-Indiyasi ? 1991) ? iqtisodchi olim, iktisodiyot doktori (1940), Manchester universiteti professor (1948); BMTning rivojlanayotgan mamlakatlar muammolari bo?yicha eksperti va BMT maxsus fondi ijrochi direktorining o?rinbosari (1951 ? 73); Prinston universiteti professor (1968), Barbadosda Karib taraqqiyot banki prezidenti (1970?73). Lewisning ilmiy ishlari rivojlanayotgan mamlakatlarning davlat siyosati va iqtisodiyoti muammolariga bag?ishlangan. U rivojlanayotgan mamlakatlarning rivojlanib boruvchi zamonaviy sanoat va an?anaviy agrar sektorlardan iborat "ikkiyoklama iktisodiyot" modelini ("Lyuis modeli") yaratdi. L. an?anaviy agrar sektordan cheklanmagan resurelarni, ishchi kuchini jalb kilish orqali ishlov beruvchi sanoat va savdoning rivojlanishini, olingan foydaning reinvestitsiya qilinishini asoslab berdi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi isheizlik modelini taklif qildi (1954). Asosiy asarlari: "Iqtisodiy o?sish nazariyasi" (1955), "Rivojlanishni rejalashtirish. Iktisodiy siyosat asoslari" (1966). Nobel mukofoti laureati (1979; Theodore Schultz bilan hamkorlikda). [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil