Volyuntarizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Volyuntarizm ( lotincha : voluntas ? iroda ) ? 1) irodani borliqning eng oliy ko?rinishi, tamoyili deb qarovchi falsafiy oqim. V. ta?limotida insonning irodasi birinchi o?ringa qo?yiladi. Qad. davr falsafasidagi aql-idrok, ratsionalizmdan farqli o?rta asr falsafasida, mas., A. Avgustin ta?limotida iroda birinchi o?ringa chiqdi. A. Shopengauer amaliy idrokni ilgari surgan Kant falsafasiga tayansa ham, lekin undan farqli ravishda irodaning aql-drokdan ustunligini yoqlab chiqdi va bu bilan Kant falsafasi, klassik falsafadan o?zgacha yo?l tutdi. F. Nitsshe ham Shopengauer ta?sirida falsafaning markaziga inson irodasini qo?yadi. Lekin uning talqinida iroda hokimlikka intilishni bildiradi. Nitsshe hokimlikka erishish uchun irodani ishga solish inson faoliyatining hal qiluvchi hamda eng asosiy qobiliyatidir, deb talqin qiladi, mutlaq hokimlikka, hokimiyatga erishish uchun o?ta kuchli iroda egalari bo?lgan "oliy shaxoga sig?inishni falsafiy asoslashga urinadi; 2) tarixiy jarayonlarning obyektiv qonuniyatlariga rioya qilmasdan, jamoatchilik bilan hisoblashmasdan, o?zboshimchilik bilan siyosat yuritish, o?z xohish- irodasini hamma narsadan yuqori qo?yish. V. sobiq Sho?rolar davrida keng quloch yoydi. O?zboshimchalik, xalq ommasi manfaatlariga zid qilmishlar salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil