한국   대만   중국   일본 
Volf-raye yulduzlari - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Volf-raye yulduzlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Volf-raye yulduzlari - temperaturasi yorituvchanligi juda yuqori bo?lgan yulduzlar sinfi. Boshqa qaynoq yulduzlardan keng polosali nurlanish spektrida vodorod, geliy, kislorod, uglerod, azot mavjud bo?lishi bilan farqlanadi. V.R.yu. fransuz astronomlari V. Volf va J. Raye nomlari bilan bog?liq. Shu olimlar o?sha yulduzlarning xususiyatlarini birinchi marta aniqlashgan (1867). Galaktikada taxminan 130 V.-R.yu. ma?lum. Ularning yorituvchanligi Quyosh yorituvchanligidan 4000 marta ortiq, effektiv temperaturasi 50000° dan yuqori. Ularning radiusi 10?15 Quyosh radiusiga teng , massasi 10 Quyosh massasini tashkil qiladi. Ko?pchilik V.-R.yu. yaqin qo?shaloq yulduzlar hisoblanadi. Odatda, yo?ldoshlari 0 spektr sinfidagi normal qaynoq yulduzlar jumlasiga kiradi. V.-R.yu. spektrlarida nurlanish polosalari kengligi 50?100 A.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil