한국   대만   중국   일본 
Virginiya - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Virginiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Virjiniya dan yo?naltirildi)
Virginiya
Virginiya
Shtat
Virginiya bayrogʻi Virginiya tamgʻasi
Virginiya bayrog?i Virginiya tamg?asi

Shtat laqabi: Qari hukmronli
(Old Dominion)

Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Richmond
Eng yirik shaharlar Virginia Beach
Norfolk
Chesapeake
Maydon

   ? Butun
   ? % suv

AQSh: 35-o?rinda

110,785 km²
7.43 %

Aholi

   ? Butun (2021)
   ? Zichlik
   ? Senat o?rinlari
   ? Elektoral ovozlari

AQSh: 12-o?rinda

7,567,465
69.03 kishi/km²
11
13

YIM

   ? YIM
   ? YIM /kishi

AQSh: 12-o?rinda

$329,332 million
$44,021

Ittifoqqa kirish

   ? Sana

10-bo?lib

25 iyun 1788

Vaqt UTC -5 ( EST )
Qisqartma VT [50]
Shtat guli American Dogwood

( Cornus florida )

Shtat daraxti Flowering dogwood

( Cornus florida )

Virginiya - Amerika Qo?shma Shtatlardan biri. Poytaxti - Richmond shahri. AQSh ittifog?iga 21-avgust 1959-yilda kirgan, undan oldin.

AQSHning sharqiy qismidagi shtat. Atlantika okeani sohilida. Maydoni 105,7 ming km 2 . Aholisi 6,5 mln.dan ko?proq kishi (1990-yillar o?rtalari). Aholining qariyb 47% shaharlarda yashaydi. Ma?muriy markazi ? Richmond shahri. Virginiyaning g?arbida balandligi 1743 m gacha bo?lgan Appalachi tog? tizmalari, o?rta qismida Pidmont platosi, sharqida botqoqli Atlantika bo?yi pasttekisligi bor. Yanvarning o?rtacha temperaturasi ? G dan 5° gacha, iyulniki 23?26°. Yillikyog?in 1000 mm. Igna bargli va aralash o?rmonlar bor.

Virginiya industrial-agrar shtat. Toshko?mir, tabiiy gaz va qurilish materiallari qazib chiqariladi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: kimyo (sun?iy tola, o?g?it, portlovchi moddalar ishlab chiqarish), elektrotexnika, radioelektronika, tamaki, oziq-ovqat, ip gazlama, yog?ochsozlik, kemasozlik. Eng yirik sanoat markazi? Roanok shahri. Port shaharlari ? Norfolk, Portsmut, Nyuport-Nyus, Danvill. Yer-suv asosan yirik fermer xo?jaliklari qo?lida. Virginiyaning yer yuzasida eroziya jarayoni kuchli bo?lganidan ekinzorlarning bir qismi yaroqsiz bo?lib qolgan. Bog?dorchilik va polizchilik rivojlangan. Muhim ekinlari: tamaki, bug?doy, makkajo?xori, yer yong?oq, paxta. Qishloq xo?jaligi tovar mahsulotining qariyb yarmi chorvachilikdan olinadi. Ko?proq qoramol, parranda va cho?chqa boqiladi. Baliq ovlash ham rivojlangan. Virginiyaning Atlantika okeani sohilidagi Xempton-Rode gavanida kemalar quriladi.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil