한국   대만   중국   일본 
Vikiturlar - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Vikiturlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Favicon of Wikipedia Vikiturlar
Vikiturlar logosi
Web-manzil species.wikimedia.org
Interwiki species:
Asosiy bo?lim Ko?p tilli
Asos solingan sana 2004-yil 14-sentyabr
Asoschi Benedikt Mandl (2004-yilda loyohani taklif qilgan); Jimmy Wales hamda Vikimedia jamoati
Litsenziya erkin
Reklama yo?q

Vikiturlar ( viki va turlar so?zlarining birikmasi) ( inglizcha : Wikispecies ) ? biologik turlarning erkin katalogini tuzish maqsadida yaratilgan loyiha. Vikipediya singari Vikiturlar ham Vikimedia Jamg?armasining loyihasi bo?lib, ko?ngillilar tomonidan tuziladi. Loyiha ko?proq olimlar uchun mo?ljallangan.

Jimmy Wales tahrirchilar ilmiy darajalarini tasdiqlovchi hujjatlarni faks orqali jo?natishlari shart emasligini, ammo qilingan tahrirlar maxsus auditoriyalar tekshiruvidan o?tishi kerakligini aytgan. [1] [2] Vikiturlardagi ma?lumotlardan GNU Free Documentation License va CC BY-SA 3.0 litsenziyalari bo?yicha foydalanish mumkin.

Vikiturlarga 2004-yilning sentyabr oyida asos solingan. Loyihani boyitish uchun butun dunyodagi biologlar yordamga chaqirilgan. [3] 2005-yilning aprel oyiga kelib Vikiturlarda Carl Linnaeus klassfikatsiyasiga asoslangan taksonomiya tuzib chiqildi va har bir tur haqidagi Vikipediya maqolasiga linklar qo?shildi. [2]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?Calling all taxonomists“. Science . 307-jild, № 5712. 2005. 1021-bet. doi : 10.1126/science.307.5712.1021a .
  2. 2,0 2,1 ?WikiSpecies“ . Sigma Xi (25-aprel 2005-yil). 2005-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 3-fevral 2014-yil.
  3. Peplow, Mark (2005). ?Species list reaches half-million mark“. Nature . doi : 10.1038/news050314-6 .

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]