Vikipediya : Ko?rib tahrirlagich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ko?rib tahrirlagich ( VisualEditor )?? Vikipediya (va MediaWikidan foydalanuvchi boshqa saytlar) sahifalarni WYSIWYG tartibida tahrirlash uchun dasturiy ta?minot. U foydalanuvchilarga viki-belgi tuzilishini o?rganmasdan turib tahrirlar qilish imkonini beruvchi qulay dastur.

Ko?rib tahrirlagich haqida

Vikipediya Ko?rib tahrirlagichining ?alfa“-versiyasi haqida videorolik (ingliz tilida)

Ko?rib tahrirlagich Vikipediyani tahrirlashning ?vizual“ (ko?z bilan ko?riladigan) asbobi, ya?ni mohiyati jihatidan viki-belgilarni bilmasdan turib tahrirlar qilish imkonini beruvchi yangi tahrirlash tizimi hisoblanadi. U 2012-yil dekabr oyidan boshlab ingliz tilidagi Vikipediya bo?limida moslama sifatida ?alfa“-versiyada paydo bo?ldi, 16 ta boshqa bo?limlarga 2013-yil aprel oyidan va iyun oyining boshidan barcha bo?limlarga qo?shildi. Biz uni Vikipediyaning ingliz tilidagi bo?limida 1-iyuldan boshlagan holda iyulning oxiriga qadar amalda barcha bo?limlar uchun joriy etishni rejalashtirmoqdamiz. [1]

2013-yil 25-aprelda Wikimedia Foundation Vikipediyaning 15 ta til bo?limida Ko?rib tahrirlagichning alfa-versiyasini ishga tushirdi: arabcha, xitoycha, gollandcha, inglizcha, fransuzcha, nemischa, italyancha, yaponcha, koreyscha, polyakcha, ruscha, ispancha va shvedcha til bo?limlari. Shuningdek, sahifalar va sahifa bo?limlarini tahrirlash uchun manba viki-matnni klassik tashrirlash imkoniyati ham mavjud bo?ladi. 2013-yil 1-iyuldan 29-iyul oralig?ida Ko?rib tahrirlagich alfa-versiyadan beta-versiyaga o?tdi va bundan keyin boshlang?ich holatga yoqib qo?yiladi [2] .

Hozirgi cheklovlari

  • sust yuklanish;
  • ayrim foydalanuvchilarda brauzerlarning qotishi;
  • tahrirlash oynasida alohida bo?limni ochmoqchi bo?linganda barcha maqola ochiladi;
  • o?zgarishlar g?alati ko?rinishi mumkin;
  • ayrim tuzilishlarni tahrirlash imkoni yo?q (masalan, matematik formulalar);
  • faqatgina ayrim brauzerlarda foydalaniladi (Firefox, Chrome, Yandex va Safari; kelgusida?? Internet Explorer);
  • faqat maqola nomfazosida va foydalanuvchilar sahifalarida tahrirlash imkoniyati;
  • faqat ?Vektor“ va ?Monobuk“ mavzularida (skinlarida) ishlaydi.

Joriy qilish jadvali

Sana Joriy qilish bosqichi Mo?ljal bo?limlar
1-iyuldan Ko?rib tahrirlagich barcha ro?yxatdan o?tgan foydalanuvchilar uchun ochiladi Inglizcha Vikipediya
15-iyuldan Ko?rib tahrirlagich barcha ishtirokchilar uchun ochiladi
24-iyuldan Ko?rib tahrirlagichdan foydalanishga 2-faza bo?limlaridagi barcha ro?yxatdan o?tgan foydalanuvchilar uchun ruxsat beriladi Nemischa, ispancha, fransuzcha, ivritcha, italyancha, niderlandcha, polyakcha, ruscha va shvedcha Vikipediya bo?limlari
29-iyuldan Ko?rib tahrirlagich 2-faza bo?limlarining barcha ishtirokchilari uchun ochiladi
Avgustning ikkinchi yarmi Ko?rib tahrirlagich 3-faza bo?limlarining barcha ro?yxatdan o?tgan foydalanuvchilari uchun ochiladi Yozuvlari bilan ishlanayotganlardan tashqari barcha Vikipediya bo?limlari.
Avgustning ikkinchi yarmi, bir haftadan keyin Ko?rib tahrirlagich 3-faza bo?limlarining barcha ishtirokchilari uchun ochiladi

Kelgusi ishlovlar

Hozirgi vaqtda bitta sahifani bir nechta foydalanuvchilar tomonidan tahrirlanishi to?qnashuvlarga olib kelishi mumkin. Kelgusida hamkorlikda tahrirlash imkoniyatini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Ko?rib tahrirlagichni qanday qilib vaqtincha o?chirib qo?yish mumkin

Tahrirlagichni nofaollashtirish uchun menyuning ?Moslamalar“ ?? ?Tahrirlash“?? ?Beta-imkoniyatlar“ bo?limiga o?tish va ?Ko?rib tahrirlagichni beta-versiyada turgan paytida vaqtinchalik o?chirish“ bandini tanlash kerak.

Yana qarang

Manbalar

Havolalar

Manbalar