한국   대만   중국   일본 
Venger tili - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Venger tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Venger tili
Milliy nomi magyar nyelv
Mamlakatlar Vengriya , Ruminiya , Slovakiya , Ukraina , Serbiya , Xorvatiya , Avstriya , Sloveniya
Rasmiylik holati Vengriya
So?zlashuvchilarning umumiy soni 14 mln.
Tartiblovchi tashkilot Vengriya Fanlar akademiyasi linvistika instituti
O?rni 52
Holati xavfsiz
Turkumlanishi
Turkum Yevrosiyo tillari
Til oilasi Ural tillari
Alifbosi lotin alifbosi (venger alifbosi)
Til kodlari
ISO 639-1 hu
ISO 639-2 hun
ISO 639-3 hun

Venger tili ( magyar , magyar nyelv , eskirgan nomi major tili (vengercha nomi ? magyarok (mo?dyorok))) ? vengerlar tili. Fin-ugor tillar oilasiga mansub vengerlar tili ( Ural tillari ), uning tarkibida Mansi va Hanti tillari bilan birgalikda ugor guruhini tashkil qiladi. U asosan Vengriyaning o?zida va u bilan chegaradosh bo?lgan Ruminiya , Chexiya, Slovakiya, Serbiya va Ukrainaning Zakarpate viloyatlarida tarqalgan. Venger tilida 14 mln. kishi so?zlashadi. Yevropada uning uzoq qarindosh tillari fin tili va eston tili tillaridir, ammo 19-asrning oxirigacha venger fin-ugor tili ekanligi shubha ostiga olingan. Boshqa tomondan, umumiy lisoniy qardoshlik soni bo?yicha Rossiya hududida yashovchi fin-ugor xalqlari ? Komi , Mari , Mordva va Udmurt tillarida uchraydi.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Venger tili hozirda Yevropada hind-yevropa bo?lmagan tillarning oz sonli tillardan biri bo?lib, ushbu til juda ko?p so?zlashuvchilarga egadir. Milodiy 900-1000 yillar atrofida Sibir va Uraldan ko?chib kelgan ko?chmanchi protovenger qabilalari O?rta Dunay tekisligida, shuningdek, vengerlarga yaqin bo?lgan sekey va changoshi etnoslari joylashgan Karpat mintaqasi (Transilvaniya)da o?troqlasha boshladilar. Uch-to?rt asr ilgari tekislik bo?ylab ko?chib o?tgan slavyan qabilalaridan farqli o?laroq, venger bosqini nisbatan kech ro?y berdi hamda slavyanlarga (shimol va janubdan), ancha jangari xaragketrga ega bo?lgan nemislar bilan (g?arbda) va sharqda valaxlar (ruminlar) bilan resurslar uchun kuchli raqobat sharoitida amalga oshdi. Ushbu xalqlar bilan aloqalar jarayonida vengerlar Valaxlar (ruminlar) singari ko?plab slavyan leksik elementlarini qabul qildilar, ular zamonaviy venger tilining butun so?z boyligining beshdan bir qismini tashkil etadi. XII-XIII asrlarda Vengriya Qirolligi bir qator slavyan yerlarini o?ziga bo?ysundirdi. 1526 yilda Turkiya bilan urushda Vengriyaning mag?lubiyati cherkov chalkashligi hamda bir yarim asr davom etgan venger islohotiga olib keldi. Islohot venger tilida bosma adabiyotning paydo bo?lishiga va o?sishiga olib keldi, ularning aksariyati ma?lum katolik tamoyillariga qarshi chiqish maqsadida nashr etildi. Islohotning taniqli yetakchisi Matiyash Devai vengriyada birinchi bo?lib nashr etilgan asari ? "Venger tili imlosi" bo?lgan. 1541-1699 yillarda vengerlarning ma?lum qismi Turkiya hukmronligi ostida yashaydi. Vengriyadagi turkiy ta?sir, u yerda allaqachon kuchli turkiy substratni yuzaga keltirgani yaqqol sezilib qoldi. Transilvaniya yarim mustaqil bo?lib qolishda davom etdi; unda venger protestant adabiyoti faol rivojlandi. Va nihoyat, Vengriya yerining ozgina qismi Avstriya toji hukmronligi ostida qoldi. Avstriya imperiyasi tarkibiga qo?shilgandan va protestantlarga qarshi zudlik bilan repressiyadan so?ng, venger tili kuchli nemis ta?sirini boshdan kechirdi, ammo venger tili asta-sekin Transleytaniya (Avstriya-Vengriyaning venger qismi)ning yagona rasmiy tili sifatida o?z hukmron mavqeini tiklab oldi. 1867-1918 yillar oralig?ida venger tilining oltin davri deb hisoblash mumkin, chunki u Markaziy Yevropaning Karpatdan Adriatika dengizigacha bo?lgan bepoyon kengliklarida lingva franka vazifasini bajaradi. Transilvaniyaning ko?plab shaharlari deyarli butunlay venger tilida so?zlashadigan bo?lib qoldi. Vengriyadagi ko?plab yahudiylar , nemislar va lo?lilar venger tiliga o?tdilar, shu jumladan Transilvaniya sakslari ham; ozroq darajada ? boshqa xalqlar: ruminlar , slovaklar , serblar va xorvatlar , ruslar va slovenlar ham venger tilida so?zlasha boshladilar. Va shunga qaramay, bu xalqlarning assimilyatsiyasiga venger tili va qo?shni xalqlarning tillari o?rtasidagi kuchli farq, o?zlashma so?zlarni kiritish o?rniga o?z so?z boyligini yaratish istagi to?sqinlik qildi. 19-asrning oxiriga kelib assimilyatsiya bosimi va Vengriya elitasi tomonidan qirollik ozchiliklarining mahalliy milliy tillarini ta?qib qilish kuchaygan. Trianon shartnomasi Vengriya hududining sezilarli darajada qisqarishiga olib keldi. 1918 yildan so?ng, Vengriyadan tashqari hozirgi zamon chegaralarida ? asosan Slovakiya , Transkarpatiya, Transilvaniya va Voyvodinada venger tilining qo?llanilishida sezilarli pasayish yuz berdi.

Venger adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Venger tilida saqlanib qolgan birinchi yozma yodgorlik ? "Dafn marosimi va ibodat" ( Halotti beszed es konyorges ) 1200 yil atrofida yaratilgan. Shu bilan birga, 16-asrning 2-yarmiga qadar. Vengerlar o?z matnlarini yozishda asosan lotin va nemis tillaridan foydalanganlar. Nemis tili hali ham vengerlar orasida eng keng tarqalgan chet tili hisoblanadi. 20-asrning o?rtalariga qadar vengerlar nemis tilini bilish bo?yicha ikkinchi o?rinda turganlar. 16-17 asrlarda milliy o?ziga xoslikning uyg?onishi bilan vengerlar tobora o?z ona tilini afzal ko?rishmoqda.

Yozuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Venger tili yozma yodgorligi 14-asrning 2-yarmiga oid bo?lib, qabr toshlarida uchraydi. Hozirgi venger tili lotin alifbosidagi venger alifbosidan foydalanadi. Umumiy fikrga ko?ra, lotin yozuviga o?tish vengerlar tomonidan nasroniylikning qabul qilinishi bilan bog?liq. Ma?lumki, bundan oldin vengerlar runlardan (rovas iras, rovash irash ) foydalanishgan, bu yozuv namunalari o?tgan asrning oxirida venger etnosi sekei ( szekely )lar yashaydigan hududdan topilgan. 17-asrdan venger adabiy tili shakllana boshlagan.

Alifbosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Harf Nomi O?qilishi
A a a o
A a a a
B b be b
C c ce ts
Cs cs cse ch
D d de d
Dz dz dze dz
Dzs dzs dzse dj
E e e e
E e e e:
F f ef f
G g ge g
Gy gy gye dy
H h ha h
I i i i
I i i i:
J j je y
K k ka k
L l el l
Ly ly el ipszilon y
M m em m
N n en n
Ny ny eny ny
O o o o?
O o o o?:
O o o yo?
? ? ? yo?:
P p pe p
R r er r
S s es sh
Sz sz esz s
T t te t
Ty ty tye ty
U u u u
U u u u:
U u u yu
? ? ? yu:
V v ve v
Z z ze z
Zs zs zse j
Faqat chet tilidan o?zlashgan so?zlarda qo?llaniluvchi harflar
Q q ku
W w dupla ve
X x iksz
Y y ipszilon

Lingivstik tavsifi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Venger tili fonetikasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Venger tili fonetikasi uchun unlilarning ham palatal, ham labial uyg?unlashuvi xosdir. Bu holat so?z negizlarida ko?shimcha orttirilganda kuzatiladi. So?z urg?usi esa asosan birinchi bo?g?inga tushadi.

Morfologiyasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Venger tili morfologik nuqtayi nazardan agglyutinativ . Otlar son (birlik va ko?plik), kelishik (20 ga yaqin) bilan turlanadi. Ularda grammatik jins yo?q. Sifat va sonlar boshqa so?zlar bilan bitishuv orqali birikadi. Otlar suffiks va negizlar birikuvi vositasida yasaladi. Fe?llar son (birlik va ko?plik), uch shaxs, uch zamon, uch mayl (aniqlik, buyruq, shart) bilan tuslanadi. Yordamchi so?zlar ? ko?makchi, bog?lovchi, yuklamalar, aniq va gumon artikllaridan iborat. Leksikasida ko?pgina turkiy va nemis tillaridan o?zlashgan so?zlar bor.

Sintaksisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Venger tilida bitta ot kesim vazifasini bajarishi mumkin: Apam tanito ("Otam o?qituvchi"). Hozirgi zamonning uchinchi shaxsida van "-dir" bog?lovchisi keladi: Istvan tanulo ("Ishtvan talabadir"). Neytral jumlalarda so?zlarning tartibi "SVO" (ega - kesim - to?ldiruvchi): En megyek az iskolaba "Men maktabga boraman (fakt)", boshqalarda esa bu har doim keladigan gapning diqqat markaziga bog?liq: Az iskolaba megyek en "Makbatga men boraman (boshqa joyga emas)".

Leksikasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

V-IX asrlarda venger tili turkiy tillarning ta?siri sezilarli darajada bo?lgan. IX asrdan slavyan elementlari venger tiliga kira boshladi. Vengerlar nasroniylikni qabul qilgandan so?ng, lotin tili diniy rasmiy tili bo?lib, venger tiliga o?sha davrda lotin va yunoncha atamalar kirib keldi. Va nihoyat, so?nggi ikki asr davomida germanizmlar, galitsizmlar va italyan so?zlari venger tiliga faol kirib keldi. 20-asrning o?rtalarida ? rusizm, 20-asrning oxiridan anglitsizim va amerikanizmlar o?zlashdi. Ural orqali, Karpat tog?lari orqali Rossiya tekisligi bo?ylab zamonaviy Vengriya hududiga o?tishda protovenger qabilalari ko?plab slavyan xalqlari va qabilaviy guruhlar bilan, shuningdek turklar va eroniylar bilan aloqada bo?lishgan. Bu venger tilining so?z boyligida aks etadi: unda ko?plab eroniy va turkiy o?zlashmalar saqlanib qolgan. Turkcha o?zlashma so?zlarga gyumolcsok ("meva", turkiycha йемиш/yemi? , chuvashcha, cим?c ), shuningdek alma (olma) so?zlarini misol keltirish mumkin. Venger tili leksik qatlamining 30% qismi kelib chiqishi noma?lum so?zlardir.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Венгерский язык // Большая российская энциклопедия. Том 5. ? М., 2006.
  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]