한국   대만   중국   일본 
Uvertyura - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Uvertyura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uvertyura (lot. apertura ? ochish, boshlanish) ? opera, balet, oratoriya, drama, kinofilm va boshqalarning muqaddimasidan iborat cholg?u pyesa; shuningdek, orkestr uchun yozilgan konsert asari. Tinglovchini opera, balet va h.k.dagi voqealarga tayyorlaydi, undagi jo?shqin muhitga olib kiradi. U., odatda, asarning xarakteri, g?oyaviy maqsadi, asosiy obrazlarini umumlashtirgan holda ifodalaydi. Ilk namunasini K.Monteverdi "Orfey" operasida yaratgan. 17-asrda U.ning 2 turi yuzaga kelgan ? fransuz (J.Lyulli ijodida) va italyan U.si (3 qismdan iborat sinfonia, A.Skarlatti). Italyan U.lari simfoniya rivojida muhim ahamiyatga ega bo?ldi. 18-asr 2yarmidan opera U.sida sonata shakli vujudga keldi (K.Glyuk, V.Motsart, L.Kerubini va boshqalar). 18-asr oxirlaridan U. operadagi obraz va mavzu bilan yanada uzviyroq bog?landi, shaklan boyidi (" Don Juan ", V.Motsart; "Fidelio" L.Betxoven; "Ruslan va Lyudmila", M.Glinka va boshqalar). Sonata shaklida bo?lmagan U.lar, odatda, muqaddima, prelyudiya, introduksiya deb nomlanadi. 19-asrdan simfonik musikdsa dasturli konsert U.si rivoj topdi. "Yoz tunidagi tush" (F.Mendelson) birinchi romantik konsert U.dir. O?zbekiston kompozitorlari opera va musiqali dramalarga U.lar, shuningdek, konsert U.lari (R.Glier, "Tantanali U.", "Farg?onacha bayram"; S.Yudakov, "Tantanali U."; M.Tojiyev, O?zbek xalq cholg?ulari orkestri uchun 3 ta U.; Hab. Rahimov, "Sayil"; A. Mansurov, 7 ta U.) yaratishgan.