한국   대만   중국   일본 
Usain Bolt - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Usain Bolt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Usain Bolt

Bolt 2016-yilgi Yozgi Olimpiada o?yinlari
Shaxsiy ma?lumotlari
Tavallud sanasi 1986-yil, 21-avgust
Yamayka Sherwood Content ,
Bo?yi 1.95 m [1]
Vazni 94 kg [2]
Sport
Qaysi sport Yengil atletika
Murabbiy(lar)i Glen Mills [3]

Usain St. Leo Bolt 1986-yil 21-avgustda tug?ilgan nafaqadagi yamaykalik sprinter bo?lib, u barcha davrlarning eng buyuk sprinteri hisoblanadi. U 100 metr, 200 metr va 4 × 100 metrga estafeta bo?yicha jahon rekordchisi hisoblanadi. Sakkiz karra Olimpiya oltin medali sohibi Bolt, ketma-ket uchta Olimpiyadada (2008-2012?2016-yillarda), Usain Bolt 100 m va 200 m masofaga yugurish bo?yicha Olimpiada chempioni unvonini qo?lga kiritgan yagona sprinter hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, u ikkita 4 × 100 estafetada yugurush orqali oltin medalini qo?lga kiritgan. U 2008-yilgi Pekin Olimpiyadasida o?zining ikki karra sprint bo?yicha jahon rekordidagi g?alabasi tufayli Bolt dunyo miqyosida shuhrat qozondi.

Usain Bolt 2009-yilda 100 m masofani 9,58 soniyada bosib o?tgan ? bu elektron vaqtni hisoblash boshlanganidan beri eng yaxshi natija hisoblanadi. Shu bilan birgalikda Usain Bolt ikki marta 200 metrga yugurish bo?yicha jahon rekordini yangiladi, 2008-yilda 200 m masofani 19.30 soniyada va 2009-yilda esa 19.19 soniyada bosib o?tgan. U yamayka terma jamoasiga 4 × 100 metrga estafeta yugurish bo?yicha uchta jahon rekordini o?rnatishga yordam berdi, hozirgi rekord 2012-yilda o?rnatilgan bo?lib 36.84 soniyani tashkil etadi. Boltning eng muvaffaqiyatli musobaqasi 200 m masofaga yugurush uchta Olimpiya va to?rtta jahon chempioni. 2008-yilgi Olimpiada uning 100 m dan oshiq xalqaro debyuti edi; U avvalroq 200 m masofada ko?plab medallarni qo?lga kiritgan (jumladan, 2007-yilgi Jahon chempionati kumushi) va 2021-yilda Erriyon Knightondan o?zib ketgunga qadar 20 yoshgacha va 18 yoshgacha bo?lganlar o?rtasida jahon rekordlarini o?rnatgan.

Uning sprinter sifatida erishgan yutuqlari unga OAVda ?Chaqmoq“ laqabini berdi va uning mukofotlari orasida IAAF (xalqaro havaskor atletika federatsiyasi) tomonidan yilning eng yaxshi sportchisi mukofotini qo?lga kiritdi shu bilan birgalikda Bolt yilning eng yaxshi yengil atletikachisi, BBC xorijdagi yilning eng yaxshi sport shaxsi mulofotini ham (uch marotaba) qo?lga kiritdi. Yilning eng yaxshi sportchisi uchun Laureus World Sport mukofotiga (to?rt marotaba) erishdi. Bolt Time jurnalining 2016-yilning eng nufuzli 100 kishisi ro?yxatiga kiritilgan [4] . Bolt 2017-yilgi Jahon chempionatidan so?ng nafaqaga chiqishga qaror qildi, u o?zining so?nggi yakkaxon 100 m poygasida uchinchi o?rinni egallaganidan so?ng 200 m masofaga yugurishni to?xtatgan va shu yili 4 × 100 m estafetaning final bosqichida yugurayotga paytida jarohat olgan va shu bilan nafaqaga chiqdi.

Dastlabki yillar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Bolt 1986-yil 21-avgustda Yamaykaning kichik shaharchasi bo?lmish Shervud Kontentda tug?ilgan. Uning ota-onasi Wellesley va Jennifer Bolt , oilada Boltning akasi Sadiki va Sherin isimli opasi bor [5] [6] . Uning ota-onasi qishloqda mahalliy oziq-ovqat do?konini boshqargan va Bolt asosiy vaqtini akasi bilan ko?chada kriket va futbol o?ynab o?tkazgan [7] . Boltning aytishicha yoshligida u sportdan boshqa hech narsa haqida o?ylamagan ekan. Bolaligida Bolt Valdensiya boshlang?ich maktabiga qatnagan va u yerda o?zining sprint salohiyatini namoyon qila boshlagan. O?n ikki yoshida Bolt 100 metr masofaga maktabning eng tez yuguruvchisiga aylangan [8] .

William Knibb Memorial o?rta maktabiga kirganida ham Bolt e?tiborini boshqa sport turlariga qaratishda davom etdi, ammo uning kriket murabbiyi Boltning maydondagi tezligini payqab, uni yengil atletika musobaqalarida o?zini sinab ko?rishiga undadi [9] . Sobiq Olimpiya o?yinlarining sprint sportchisi Pablo McNeil va Dueyn Jarrett Boltga murabbiylik qilishgan, Boltning murabbiylari uning kuchini sport qobiliyatini yaxshilashga qaratishga undashgan. 2001-yilda Bolt o?zining birinchi medalini, har yili o?tkaziladigan o?rta maktab o?quvchilari uchun mo?ljallangan chempionat da qo?lga kiritdi u bu musobaqada 200 metr masofaga yugurishda 22,04 soniya natija bilan kumush medalni qo?lga kiritdi. Tez orada McNeil uning asosiy murabbiyiga aylandi va ikkalasi ham ijobiy hamkorlik qilishdi.

Musobaqalaridagi natijalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Yamaykani o?zining birinchi Karib dengizi mintaqaviy tadbirida vakillik qilgan Bolt 2001-yilgi CARIFTA o?yinlarida 400 metrga yugurishda 48,28 soniya bilan eng yaxshi shaxsiy natijani ko?rsatdi va kumush medalni qo?lga kiritdi. Bolt 200 metr masofani 21,81 soniyada bosib o?tib kumush medalga sazovor bo?ldi [10] .

U jahon sahnasiga ilk bor 2001-yilda Vengriyaning Debretsen shahrida bo?lib o?tgan yoshlar o?rtasidagi jahon chempionatiga chiqdi ammo 200 m masofaga yugurishda Bolt final bosqichiga o?ta olmadi, shunga qaramasdan Bolt 200 metr masofaga 21,73 soniya bilan eng yaxshi shaxsiy natijasini qayd etdi [11] . Biroq, Bolt o?sha onlarda ham yengil atletika sport turiga jiddiy e?tibor bermadi, keyinchalik Bolt va uning murabbiyi CARIFTA o?yinlariga yo?l olishdi, u yerda Bolt 200 metr masofani 21,12 soniya va 400 metr masofani 47,33 soniyada bosib o?tish orqali chempionlik rekordini o?rnatdi. Biroz muddatdan so?ng Bolt Markaziy Amerika va Karib dengizi o‘smirlar chempionatida 200 metr masofaga 20,61 soniya va 400 metr masofa 47,12 soniya natija bilan rekord o?rnatishda davom etdi [12] .

Yangi murabbiy Fits Koulman rahbarligida Bolt 2004-yilda Bermudadagi CARIFTA o?yinlaridan boshlab professionalga aylandi. Bolt 200 m masofani yigirma soniyadan kamroq vaqt ichida yugurgan birinchi o?smir sprinter bo?ldi va 19,93 soniya bilan jahon rekordini o?rnatdi [13] . Ketma-ket ikkinchi marta u 2004-yilgi CARIFTA o?yinlarining eng zo?r sportchisi uchun Ostin Sili kubogi bilan taqdirlandi [14] . May oyida tizzasidan olgan jarohati Boltning 2004-yilgi o?smirlar o?rtasidagi jahon chempionatida qatnashish imkoniyatini yo?qqa chiqardi, ammo u baribir Yamayka olimpiya terma jamoasiga tanlangan edi [15] . Bolt 2004-yilgi Afina Olimpiadasida ishonch qatnashdi va Boltning o?z yangi rekord o?rnatdi. Biroq, unga oyog?idagi jarohat to?sqinlik qildi va 200 metrga yugurishning birinchi raundida 21,05 soniyalik natija bilan musobaqadan chiqdi [16] . Amerika kollejlari Usain boltga turli xil takliflar bilan chiqishgan Amerikada mashg?ulotlarga qatnashi uchun, AQSHda o?qish uchun Boltga stipendiyalar (grand) ham taklif qilishdi, ammo Trelawny o?smiri o?zining vatani Yamaykada qolishdan mamnun ekanligini aytib, barchasini rad etgan. Buning o?rniga Bolt o?zining professional mashg?ulot maydoni sifatida Yamayka Texnologiya Universitetining sport maydonini tanladi va havaskorlik yillarida unga yaxshi xizmat qilgan universitetning yengil atletika zalida qoldi [17] .

2005-yilda Bolt uchun yangi murabbiy, Glen Mills mashg?ulotlarni o?ta boshladi. Shu tariqa Bolt yengil atletikaga jiddiy munosabat bildirdi. Mills Boltning salohiyatini tan oldi Bolt, Kim Kollinz va Dven Chambers kabi tajribali sprinterlar bilan hamkorlik qilib, yaqinlashib kelayotgan yengil atletika mavsumiga tayyorgarlik ko?rish uchun Mills bilan mashg?ulotlarni boshladi. Mashg?ulotlar yaxshi boshlandi va iyul oyida u 20,03 soniya yugurish bilan 200 m CAC chempionati rekordini yangiladi, so?ng Londonning Kristal Pelasida 200 metr masofaga 19,99 soniyda yugurish bilan 200 m mavsumdagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Bolt 200 m masofagayugurishning yakuniy bosqichida Geydan orqada qolmoqda, 2007-yil
Bolt 200 m masofagayugurishning yakuniy bosqichida Geydan orqada qolmoqda, 2007-yil

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Thomas, Claire. ?Built for speed: what makes Usain Bolt so fast?“  (26-iyul 2016-yil). 2016-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 20-avgust 2016-yil.
  2. ?Usain BOLT“ . usainbolt.com. 19-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 29-sentabr 2015-yil.
  3. Thomas, Claire ?Glen Mills: the man behind Usain Bolt's record-shattering career“ . The Daily Telegraph (25-iyul 2016-yil). 11-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 29-yanvar 2019-yil.
  4. ?Usain Bolt“ . Time (inglizcha). 2016 . Qaraldi: 2021-09-18 . {{ cite magazine }} : CS1 maint: url-status ()
  5. Foster, Anthony (24 November 2008). ? Bolt tops them again ( Wayback Machine saytida 12-dekabr 2013-yil sanasida arxivlangan )“. Jamaica Gleaner . Retrieved 3 February 2009.
  6. Helps, Horace. ?Bolt's gold down to yam power, father says“ . Reuters  (16-avgust 2008-yil). 18-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 27-mart 2011-yil.
  7. Sinclair, Glenroy ?Bolts bonded“ . Jamaica Gleaner (15-avgust 2008-yil). 24-avgust 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 28-avgust 2008-yil.
  8. Frater, Adrian ?Bolt's Sherwood on 'gold alert'“ . Jamaica Gleaner (5-avgust 2008-yil). 14-avgust 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 28-avgust 2008-yil.
  9. Williams, Ollie. ?Ten to watch: Usain Bolt“ . BBC Sport (5-avgust 2008-yil). Qaraldi: 18-avgust 2008-yil.
  10. ?Carifta Games (Under 17 boys)“ . GBR Athletics. 17-sentabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 17-avgust 2008-yil.
  11. ?Official Results ? 200 metres ? Men ? semi-final“ . IAAF (14-iyul 2001-yil). 16-sentabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 17-avgust 2008-yil.
  12. ?Central American and Caribbean Junior Championships“ . GBR Athletics. 19-sentabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 17-avgust 2008-yil.
  13. Longmore, Andrew. ?9.69 ? and Usain Bolt didn't even try“ . The Times  (16-avgust 2008-yil). Qaraldi: 17-avgust 2008-yil.
  14. ?Bolt dashes to 19.93 ? World Junior 200m record!“ . IAAF (12-aprel 2004-yil). 28-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 7-fevral 2012-yil.
  15. ?Jamaica names Bolt, Fenton to Olympic athletics team“ . Caribbean Net News (4-iyul 2004-yil). 26-may 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 26-avgust 2008-yil.
  16. ?Usain Bolt IAAF profile“ . IAAF . 18-avgust 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 17-avgust 2008-yil.
  17. Channer, Colin. ?'Cool Runnings' Are Heating Up“ . The Wall Street Journal  (9-avgust 2008-yil). 12-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 18-avgust 2008-yil.