한국   대만   중국   일본 
Urbanizatsiya - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Urbanizatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Urbanizatsiya (frans. urbanisation, ing. urbanization, lot. urbanus ? shaharga mansub, urbs ? shahar) ? jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi; ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy, demografik tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi o?zgarishlar bilan bog?liq. U. ? tarixiy rivojlanish asosida shakllangan jamiyat bosqichlari va hududiy mehnat taqsimoti natijasida sodir bo?lgan ko?p qirrali geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayondir. U.ning torroq doiradagi demografikstatistik tushunchasi dunyoda, alohida hududlarda, mamlakatlarda shaharlarning (ayniqsa, katta shaharlarning) va shahar aholisi salmog?ining ko?payib borishini anglatadi.

Dastlabki shaharlar mil. av. 3?1ming yilliklarda Misrda, Mesopotamiya, Suriya, Hindiston, Kichik Osiyo, Xitoy, Hindixitoy, shuningdek, Yevropa va Afrikaning O?rta dengiz sohillarida vujudga kelgan. Yunonrim dunyosida esa Rim va Karfagen sh.larining mavqei yuqori bo?lgan. O?rta asrlar va Uyg?onish davrida kapitalistik i.ch. unsurlari shakllana boshladi. Bu jarayon shaharlarda aholi sonining o?sib borishiga, konsentratsiyalashuviga olib keldi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda yirik shaharlar paydo bo?la boshladi.

U.jarayonining rivojlanishi shaharlarning o?sishi va shahar axrlisining shakllanishi, shahar aholisining tabiiy o?sishi, shahar atrofi hududlarining ma?muriy jihatdan shaharga qo?shilib borishi, qishloq aholi manzilgohlarining shahar maqomini olishi bilan bog?liqdir. Shaharlarning o?sishida shahar atrofi zonalarida shahar turmush tarzining shakllanib borishi, ya?ni U. jarayonining kuchayishi ham ahamiyatlidir. Katta shahar atrofida kichik shaharlar paydo bo?lib, katta shaharlarga qo?shilib boradi va shaharlar aglomeratsiyassh hosil bo?ladi. Rivojlangan mamlakatlarda aglomeratsiya jarayoni avj olgan, alohida aglomeratsiyalarning qo?shilib ketishi natijasida megapolislar vujudga kelmoqda.

U.ning asosiy ko?rsatkichi shaharliklar sonining o?sishi va jami aholi tarkibida shahar aholisi salmog?ining ortib borishidir. 20-asrning oxiri va 21-asr boshlarida dunyoda shahar turmush tarzining qishloq joylariga tarqalishi, ya?in U. jarayoni kuzatilmoqda. Bu esa shahar aholisi salmog?ining ortib borishiga olib kelmokda. 1950-yil dunyo aholisining 28,9% shaharlarda yashagan. 1960-yil bu ko?rsatkich 33,9% ni, 1970-yil 37,4%, 1980-yil 41,1%, 1990-yil 45,8% va 2000-yil 51,2% ni tashkil etdi. Shahar aholisining salmog?i rivojlangan mamlakatlarda ancha yuqori (2000-yilda AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Shvetsiyada 75% va Germaniyada 94%, Rossiyada 73% bo?lgan). Osiyo va Afrikadagi rivojlanayotgan mamlakatlarda U. jarayoni dunyoning o?rtacha ko?rsatkichidan ancha past. 2000-yilda shahar aholisining salmog?i Afg?oniston va Efiopiyada 11 ? 14% ni, Miyer va Turkiyada 45% ni tashkil etdi.

U.ning hozirgi bosqichida katta shaharlarda aholi konsentratsiyalashuvining o?sishi kuzatilmoqda. Bu jarayonda millioner (1 mln. va undan ortiq aholi yashaydigan) shaharlar alohida o?rin egallaydi. 1900-yilda dunyo bo?yicha millioner shaharlar soni o?nta bo?lgan bo?lsa, 21-asrga kelib bu ko?rsatkich 200 dan oshdi. Dunyoda aholisi 10 mln.dan ortiq yirik shaharlar [Mexiko (25 mln.), Tokio (20 mln.), Seul (13 mln.), Pekin (11 mln.), Parij, Qohira, BuenosAyres va London (10 mln.)] mavjud.

O?zbekistonda U. jarayoni o?z tarixiy rivojlanish bosqichlariga ega. Uning rivojlanishi o?lkaning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi va demografik xususiyatlari bilan bog?liq. O?zbekistonda eng qad. shaharlar bilan birga 20-asrning 2yarmida vujudga kelgan shaharlar xam mavjud. 1913?80 yillarda O?zbekiston shaharlari soni va shahar aholisi salmog?i o?sdi. O?zbekistonda 120 ta shahar bo?lib, ularda 8249,3 ming kishi yashaydi (2003). Ularning 38 tasida aholi soni 20 minggacha bo?lgan kichikroq shaharlar, 65 tasi 20 mingdan 100 minggacha bo?lgan o?rta shaharlar, 16 tasi aholisi 100 mingdan 500 minggacha bo?lgan yirik shaharlar va Toshkent millioner shahardir. 19-asrning oxiridan boshlab O?zbekistonda U. jarayoni rivojlanib kelmokda.

O?zbekistonda keyingi yillarda U. ko?lamiga, asosan, shahar aholisining tabiiy o?sish jarayoni kamayib borishi ta?sir etmokda. 1991-yil O?zbekistonda har 1000 aholiga nisbatan tabiiy o?sish 19,9 kishini tashkil etgan bo?lsa, 2002-yilda bu ko?rsatkich 10,8 kishini tashkil etdi.