Ural (o?lka)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ural , Ural tog?lari ? Osiyo bilan Yevropa qit?alarini birbiridan ajratib turuvchi o?rtacha balandlikdagi tog?li o?lka, Osiyo bilan Yevropa chegarasi U.ning sharqiy etaklaridan o?tadi. Shimolida Kara dengizi sohillaridan, janubida Ural daryosigacha 2000 km dan ziyod cho?zilgan. Eni 40?60 km dan 150 km gacha (Janubiy U.), eng baland joyi 1895 m (Narodnaya togi). Ba?zi olimlar Uralga jan.dan Mug?ojar tog?larini ham kiritadi.

U. nomining kelib chiqishi 2 xil: 1) Ural ? kad. turkiy tildagi kamar, belbog? so?zidan; 2) boshqird xalq eposidagi Ural Botir nomidan deb talqin qilinadi. U. tabiati va resurslarini o?rganishga 18?20-asrlarda rus olimlari salmoqli hissa qo?shdilar.

U. tabiatining kompleks xususiyatlari, 1navbatda geogr.si va relyefiga ko?ra 5 tabiiy oblastga bo?linadi: 1) 68°23’ ? 65°40’ sh.k.lar orasidagi Qutbiy U.da ? tundra va o?rmonli tundra; 2) 64° sh.k.gacha davom etgan Qutb yoni U.da ? tog? o?rmon tundrasi va shim. tayga; 3) 59°08’ sh.k.gacha davom etgan Shimoliy U.da ? tayga; 4) 55°55’ sh.k. gacha davom etgan O?rta U.da ? jan. tayga va aralash o?rmonlar; 5) Ural daryosigacha tushib kelgan Janubiy U.da ? o?rmonli dasht va dasht landshaftlari ustun.

U.ning g?arbiy yon bag?ri va Uraloldi chekka egilmasida, ayniqsa, Silva daryosi (Chusovaya daryosining irmog?i) havzasida karst jarayonlari kuchli rivojlangan bo?lib, bir qancha yirik g?or (Divya, Kung?ur, Kapova), ko?plab karst voronkalari va cho?kmalar uchraydi.

U. relyefiga ko?ra, o?zaro parallel joylashgan qator (2?3 tadan, janubida 7?6 tagacha) past va o?rtacha balandlikdagi tog tizmalaridan hamda ular orasidagi bo?ylama vodiylardan iborat. 55 va 54° sh.k.lar orasida joylashgan Janubiy U. bilan shimolidagi Kutbiy U.ning orografiyasi ancha murakkab.

U. gersin burmalanishida (yuqori paleozoy) shakllangan. Bu davrda kuchli vulkanizm jarayoni sodir bo?lgan. Geologiktektonik jihatdan U. garbdan sharqqa cho?zilgan bir nechta yoshi va tarkibi jihatdan turli tog? jinslaridan tashkil topgan strukturaviy zonalarga bo?lingan. Bulardan eng yirigi kembriygacha va paleozoy davri metamorfik, otqindi va cho?kindi tog? jinslaridan tashkil topgan Markaziy Uraltov antiklinoriysidir. Bunga U. tog?ining suvayirg?ich qismi to?g?ri keladi. Undan g?arbda cho?kindi tog? jinslari bilan to?lgan Uraloldi chekka egilmasi, sharqda esa o?rta paleozoy otqindi va dengiz cho?kindilari bilan to?lgan sinklinoriy tipidagi egilmalar guruhi joylashgan.

Mezozoy davrida U. yemirilgan va pasaygan. Uning hozirgi relyefi yangi tektonik ko?tarilmalar ta?sirida shakllangan. Ayni vaqtda nurash va denudatsion jarayonlar ham kuchaygan. Shuning uchun eng baland tizmalar va cho?qqilar nurashga chidamli tog jinslaridan (kvarsit, gabbro va boshqalar) tashkil topgan, tizmalar orasidagi botiqlarda cho?kindi tog? jinslari to?plangan va ularda keyingi erozionakkumulyativ jarayonlar ishi natijasida dare vodiylarida bir qancha terrasalar hosil bo?lgan. Hozirgi daryo terrasalarining soni 3?5 ta. Relyefda tashqi omillardan nurashning roli katta. Qutbiy U.da muzlik va muzlik relyef shakllari, Shimoliy va O?rta U.da relyefning quyidagi tiplari ajratiladi: 1) Marka ziy o?q zonaning tog?vodiy tipi, unda qad. peneplenlar, qurumlar, tog? terrasalari va muzlik relyefi shakllari asosiy o?rin tutadi; 2) U.ning g?arbiy yon bag?ridagi karst relyefi keng tarqalgan past tog?lar ? "parmalar" tipi; 3) Ural oldi to?lqinsimon akkumulyativ tekisligi; 4) Sharqiy yon bagridagi yassi, qoldiq tog?lar relyefi tipi; 5) O?rta U.ning sharqiy yon bagridagi sertepa uvallar relyefi; 6) Janubiy U.ning sharqiy qismidagi dengiz akkumulyativ tekisligi. U.da Perm, toshko?mir, devon davrlarining dengiz va kontinental qatlamlari, sineklizalarda mezokaynozoy cho?kindi jinslari eng ko?p tarqalgan.

Iqdimi kontinental tog? iqlimi. Meridian yo?nalishi bo?ylab katta masofaga cho?zilganligi turli qismida Quyosh radiatsiyasining har xil tushishiga va shim.dan jan.ga traning oshib borishiga olib keladi. Iklimning kontinentalligi g?arbdan sharqqa va shim.dan jan.ga ortib boradi. Uning sharqiy qismida g?arbiy qismiga nisbatan temperatura 1?2°ga past. G?arbiy qismida yanvarning o?rtacha temperaturasi Qutbiy U.da ?20°, ?21°, Janubiy U.da esa ?15°, ?16°. Sharqiy qismida ?22°, ?23° (Qutbiy U.da), ?16°, ?27° (Janubiy U.da). Iyulning o?rtacha temperaturasi shim. qismida 9?10°, janubida 19?20°. Yog?ingarchilikning taqsimlanishiga uning relyefi katta ta?sir ko?rsatadi. Yillik yog?in g?arbiy yon bag?irlarida sharqiy yon bag?irlariga nisbatan 150?300 mm ko?p. Eng ko?p yog?in (1000 mm gacha) Qutb yoni va Shimoliy U.ning suvayirg?ich qismi yaqinida tushadi, bu yerda qor qoplami ham qalinroq (90 sm gacha). Janubiy U.ning g?arbiy yon bag?rida yillik yog?in 650?750 mm, sharqiy yon bag?rining shim. qismida 500?600 mm, jan. qismida esa 300?400 mm. Yog?inning asosiy qismi yoz oylarida tushadi.

U.ning daryolari Shimoliy Muz okeani va Kaspiy dengizi xdvzalariga oqadi. Shimoliy Muz okeani havzasiga g?arbiy yon bag?irlaridan boshlanuvchi Pechora (Us a bn), sharqiy yon bag?irlaridan Ob daryosining irmoklari, Kaspiy dengizi havzasiga Kama, Chusovaya, Belaya, Sakmara, Ural va boshqa kiradi. Qutb yoni va Shimoliy U.ning g?arbiy yon bag?irlaridan boshlanuvchi daryolar sersuv, eng ko?p suv may?iyunda oqib o?tadi. Janubiy U.ning sharqiy qismidan boshlanuvchi daryolar kam suvli, bularning ba?zilari yezda qurib qoladi.

Daryolar, asosan, qor va yomg?ir suvlaridan to?yinadi. 5?7 oy muzlaydi.

U.da tuproqo?simlik qoplami kenglik zonalligi, balandlik mintaqalari qonuniyati bo?yicha tarqalgan va dasht, o?rmon landshaftlari va ularga xos tuproq va o?simliklar tarkib topgan. Dasht landshaftlari Janubiy U.da ayniqsa, keng. Uning shim. va balandroq qismlarida o?rmonli dasht ko?p uchraydi. Chimli podzol tuproklarda zarang va jo?ka aralash qayinzorlar, qoratuprokdarda chalovturli o?tli va shuvoqchalov dasht o?simliklari o?sadi. Eng janubida kashtan tuprokdar tarkalgan. Podzol tuproklarda igna bargli o?rmonlar (qoraqarag?ay, oqqarag?ay, kedr, qarag?ay, tilog?och), aralash o?rmonlarda sur o?rmon tuprokdari va igna barglilar bilan aralash o?suvchi oq qayin, tog? teragi, jo?ka, eman, zarangli o?rmonlar keng tarqalgan. O?rmon landshaftlaridan yuqorida, ayniqsa, Qutbiy, Qutb yoni, Shimoliy U.da golts landshaftlari uchraydi. Bu yerlarda tundra zonasida tog? tundra landshaftlari (yo?sin, lishaynik va boshqalar), botkrkdik o?simliklari katta maydonni egallagan. U.ning hayvonot dunyosi xilmaxil, turli tabiat zonalari hayvonlari mavjud. Qutbiy U.da qutb tulkisi, lemming, bug?u, oq kaklik va boshqa yashaydi. Yozda ko?plab qushlar (g?oz, o?rdak) uchib keladi. O?rmonlarda qo?ng?ir ayiq, silovsin, rosomaxa, bo?rsiq, olmaxon, suvsar, oq tovushqon; qushlardan ? qur, karqur, chil, kedrxo?r, klest, qizilishton, qorashaqshaq, boyqush, kakku, dasht va o?rmonli dashtlarda kemiruvchilardan malla tovushqon, sug?ur, qo?shoyoq, turli ilonlar bor. U.da olachipor bug?u, ondatra, qunduz, maral, amerika norkasi, yenotsimon it ikdimlashtirilgan. Daryo va ko?llarda baliqlarning turli xillari (xarius, cho?rtan, laqqa va boshqalar) mavjud. U.da PechoraIlich, Visim, Boshqird, Ilmen qo?riqxonalari tashkil etilgan.

U. tabiiy resurslarga, ayniqsa, foydali qazilmalar va o?rmonga boy. Temir, mis, nikel, xrom, kremniy, molibden, volfram, vanadiy, titan, kobalt, boksit, magniy, marganets va boshqa rudalarning konlari ochilgan. Qimmatbaho rudalardan surma, margimush, vismut, kobalt, kadmiy, oltin va boshqa, qimmatbaho va nodir toshlardan zumrad, olmos, turmalin, ametist, safsar, topaz, bezak va texnik toshlardan marmar, malaxit, yashmaga boy. Binokorlik xom ashyolari va mineral shifobaxsh suv boyliklari mavjud. *’SH*$ ? **U. hududida odamlar (bundan 75 ming yil avval) ilk paleolit davri oxirlarida paydo bo?lgan. So?nggi paleolit davriga oid (35?10 ming yil avval) bir necha qarorgoxlar ham topilgan. Neolit davriga kelib, U.da birbiriga qarindosh qabilalar shakllana boshlagan. Janubiy rayonlarda chorvachilik va ibtidoiy deqqonchilik (yer chopish) mana shu davrda paydo bo?lgan. Mil. av. 2-ming yillik boshlarida U.da mis, jezdan foydalanila boshlangan. Mil. av. 8?7-asrlarda U.dagi qabilalar temir eritib olish texnikasini egallaganlar. Yirikyirik qabilalar uyushmasi paydo bo?lgan, chunonchi, Janubiy U. cho?llarida sarmatlar, Kama daryosi bo?ylarida Ananino madaniyatiga mansub kabilalar yashagan. Mil. 3-asrdan boshlab U. xududida qad. aholi o?rtasida juda ko?p ko?chish hodisalari yuz bergan. U. aholisi Turon, Eron, Vizantiya bilan mol ayirboshlash aloqalari olib borgan.

Ural (o?lka) kuchlarining rivojlanishi natijasida mil. 10?11-asrlarga kelib, U. qabilalari hayotida ibtidoiy jamoa tuzumi barham topgan. Zamindorlik munosabatlarning shakllanish jarayoni komipermyak, udmurt va boshqirdlarning avlodlarida tezroq, xanti va mansilar avlodida sekinroq bo?lgan.

Ruslar U.ga o?rta asrlardan kela boshlagan. U.ning shimolida Novgorod ushkuinuklari drujinalari paydo bo?lgan (14-asr) Yugor yeri, keyinroq esa Perm yeri ham Novgorod volostlariga aylantirilib, u yerga ruslar borib o?rnasha boshlagan. 12?14-asrlarda U.dagi yerlarni egallash uchun Novgorod va VladimirSuzdal, so?ngra Moskva knyazliklari o?rtasida kurash ketgan. 15-asr oxirlariga kelib, yuqori Kama bo?yi yerlarini Moskva davlati egallab olgan. Qozon xonligi bosib olingach (1552), Boshqirdistonning katta qismi va Udmurtiyaning Kama bo?yi qismi ham 1557-yil Rossiya tarkibiga kiritilgan. Bir qancha rus qishloqlari: Ufa (1574), Sarapul (1596) va boshqa vujudga kelgan. Podsho in?omlari va yerlarning bosib olinishi natijasida Kama bo?yida Stroganovlar votchinalari paydo bo?ldi. Bu yerda Piskor (1558), Oryolgorodok (1564), Nijniy Chusovsk (1568) va boshqa shaharchalar qurildi. 1574-yil Ivan IV hukumati tomonidan Stroganovlarga xali Rus davlati egallashga ulgurmagan U. orqasidagi yerlarni bo?ysundirishi uchun yorliq berildi. Shundan so?ng U. ning sharqiy tomonida rus qal?a va shaharlari vujudga kela boshladi.

17-asrda ruslar Janubiy va O?rta U.ni egallashgan. Kungur sh. (1649), yirik hunarmandchilik qishlog?i ? Novoye Usolye (1606), Irbit (1668) slobodalari paydo bo?ldi. U. xalklarining hayotida 16? 17-asrlarga kelib zamindorlik munosabatlari to?la shakllangan. 18-asr boshida U.da zavodlar qurilishi keng avj oldi. 18-asr ning 1yarmida 63 ta metallurgiya zavodi qurildi. 3dlar qurilishi 18-asrning 50?60-yillarida ham davom ettirildi (yana 67 ta korxona vujudga keldi), ammo keyinchalik bu sur?at pasaydi.

1648-yildan Cherdin va Solikamskda, 1703-yil Kungur uyezdida qo?zg?olonlar 1773?75 yillarda Ye. Pugachyov boshchiligida dehqonlar urushi bo?lib o?tdi. 18-asrda Yekaterinburg (1723), Orsk (1735), Orenburg (1743) va boshqa shaharlar vujudga keldi. 19-asrning 2-yarmida shahar aholisi tez o?sdi. Samara ? Orenburg (1876), Gornozavodsk (1878), Yekaterinburg ? Tyumen (1885), Samara ? Ufa ? Zlatoust ? Chelyabinsk (1896) temir yo?llari qurildi. 19-asrning oxirida U.da 300 ming sanoat va temir yo?l ishchisi bor edi.

Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Ekonomicheskaya geografiya Urala [Ural (o?lka)], 1974; Voprosi geografii Urala, [Ural (o?lka)), 1970; Istoriya Urala, t. 1?2, Perm, 1963?65; "Otechestvo", M, 1999.