한국   대만   중국   일본 
Tyantszin - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Tyantszin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tyantszin ? Xitoyning shimsharqiy qismidagi shahar. Mamlakatning muhim iqtisodiy markazlaridan. Sariq dengizning Boxayvan qo?ltig?i yaqinida, Xayxe daryosining Buyuk Xitoy kanali bilan kesishgan yerida joylashgan. Atrofidagi tumanlar bilan markazga bo?ysunuvchi mustaqil ma?muriy birlikni tashkil etadi. Aholisi 9,05 mln. kishi (1998). Transport yo?llari tuguni, yirik port. T. ? Pekinning "dengiz darvozasi", Shanxay bilan bir katorda muhim savdotaqsimot punkti; T.ga mamlakat tashqi savdo operatsiyalarining 1/4 qismi to?g?ri keladi. Po?lat quyish, mashinasozlik, priborsozlik, kimyo, to?qimachilik, radioelektronika va qog?oz sanoatlari rivojlangan. Gilam, velosiped, soat va tikuvchilik mashinalari ishlab chiqariladi. Untlar bor. Metropoliten qurilgan.

Shaharga 13-asrda Chjigu baliqchilar qishlog?i o?rnida asos solingan. 1465-yildan T. deb atalgan. 1725-yildan okrug, 1731-yildan viloyat markazi. 1856?60 yillardagi AngliyaFransiyaXitoy urushi vaqtida inglizfransuz qo?shinlari bosib olgan. 1860-yildagi AngliyaXitoy va FransiyaXitoy shartnomasiga muvofiq, chet el savdosi uchun ochiq deb e?lon qilingan. 1900-yil iyul oyida, Ixetuan qo?zg?oloni vaqtida T. 8 davlat harbiylari tomonidan ishg?ol qilingan. 1937?45 yillar yaponlar qo?l ostida bo?lgan. 1949-yil 15 yanvarda gomindanchilar T.dan chiqarib yuborilgan.