한국   대만   중국   일본 
Transliteratsiya - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Transliteratsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Transliteratsiya ( lotincha : trans  ? ?qarshi“, ?orqali“ va littera  ? ?harf“) deb bir yozuv tizimidagi matnni boshqa yozuv tizimidagi belgilar bilan berishga aytiladi [1] [2] .

Transliteratsiya qat?iy va bo?shashtirilgan bo?ladi. Qat?iy transliteratsiyada bir yozuv harflari boshqa yozuv harflari bilan birma-bir almashtiriladi, masalan, yunoncha Ελληνικ? Δημοκρατ?α ("Ellenik Respublika") Ell?nik? D?mokratia deb transliteratsiya qilinadi, bunda yunon harflari mos lotin harflari bilan almashtiriladi. Bo?shashtirilgan transliteratsiyada harflar birma-bir almashtirilishi shart emas, agarda asl yozuvda ular beradigan tovush boshqa yozuvdagi mos harflar tovushiga mos kelmasa, masalan, Ελληνικ? Δημοκρατ?α Ellinike Dimokratiya (bunda transliteratsiya yunon talaffuziga tayanadi).

Transliteratsiya bir grafik tizim (alifbo) asosida yozilgan matnlar yoki alohida so?zlarni boshqa bir grafik tizim (alifbo) vositalari bilan harfma-harf aks ettirishdir. Transkripsiyadan farqli ravishda transliteratsiya muayyan tilning grafik tizimiga asoslanib ish ko?radi. Bironbir alifboga asoslanar ekan, transliteratsiya harflarni shartli qo?llashga, qo?shimcha hamda diakritik belgilar kiritishga yo?l qo?yadi. Transliteratsiya dastlab 19-asrda Prussiya ilmiy kutubxonalaridagi lotin, kirill, arab, hind va boshqa yozuvli tillarda yozilgan asarlarni yagona katalogga kiritish ehtiyojidan kelib chiqqan. Ushbu kutubxonalar uchun tuzilgan yo?riqnomalar 20-asrda lotincha bo?lmagan yozuv gizimlarini lotinchaga o?girish andozasining asosi bo?lib xizmat qildi. Hozirgi transliteratsiyaga oid tavsiyalar Xalqaro standartlar tashkiloti ? ISO (International Standart Organisation) tomonidan ishlab chiqiladi. Transliteratsiya o?zining universalligi tufayli ko?p tomonlama xalqaro munosabatlarda amaliy masalalarni hal qilishning yagona standarti bo?lib xizmat qilishi mumkin. Transliteratsiyani amaliy transkripsiyadan farqlash kerak. Transliteratsiya xalqaro bo?lishi mumkin va bo?lishi kerak, chunki u bironbir milliy alifboga asoslanmaydi, amaliy transkripsiya esa bironbir belgili alifboga, uning harf va harf birikmalarini tegishli imloda qabul qilingan o?qish qoidalariga tayanadi. Transliteratsiya qad. qo?lyozma yodgorliklar, jahon xalklari tarixi, tili va adabiyotini o?rganishda muhim ahamiyatga ega.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Kharusi, N. S. & Salman, A. . The English Transliteration of Place Names in Oman. . Journal of Academic and Applied Studies, 2011.   ( Wayback Machine saytida 2013-08-19 sanasida arxivlangan ) arxiv nusxasi (PDF) , 2013-08-19da asl nusxadan (PDF) arxivlandi , qaraldi: 2021-02-05
  2. Rujero Gilarevskiy, Starostin B. A. . Иностранные имена и названия в русском тексте: Справочник . Высшая школа, 1985.   ( Wayback Machine saytida 2013-04-10 sanasida arxivlangan ) arxiv nusxasi , 2013-04-10da asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 2013-03-20