한국   대만   중국   일본 
Tragediya - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Tragediya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tragediya ( qadimgi yunoncha : τραγ?δ?α , τρ?γο? , tragos ? ?echki“ va ?δ? , ?de ? ?qo?shiq“ so?zlaridan so?zma-so?z ? ?echki qo?shig?i“), fojea ? adabiyotning dramatik tur janrlaridan biri. Qadim yunonlarda hosil xudosi Dionis sharafiga xalq bayramlari o?tkazilgan. Bu bayramlarda echkilar so?yilib dasturxonga tortilgan. Qiziqchilar esa echki terilarini yopinib, turli sahna tomoshalarini ko?rsatishgan. Bunday jaydari qiziqchilarni tragoslar deyishgan. Keyinchalik bu so?z oqibati fojia bilan tugaydigan sahna asarlariga nisbatan qo?llanila boshlagan.

Yozilish tarkibi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tragik asar, ya?ni tragediyanining boshqa sahna asarlari (komediy, drama, monodrama, intermediya)dan farqi shundaki, u qahramonlar o?rtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi, qahramonlar taqdiri fojia bilan yakun topadi, ular o?rtasidagi konflikt (ziddiyat) shiddatli va keskin tus oladi. Fojiaviy asar qahramonlar xarakterining yorqinligi, ichki kolliziya (qarama ? qarshilik, to?qnashuv) kuchliligi, personajlar o?rtasidagi konfliktning o?ta kuchli ekanligi bilan farqlanadi. Tragediya murosasiz kurash, g?oyatda keskin ziddiyat zaminiga qurildi. Bunday asar asnosida kishilar qismati shiddatli, suronli siyosiy voqealar, turli ijtimoiy, shaxsiy qarashlar kurashi fonida ko?rsatiladi.

Ko?tarilgan maqsad [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tragediya doimo hayotdagi eng muhim, dolzarb hayot-mamot masalalarini ko?tarib chiqadi. Ijobiy qahromon istagi, qarashlari bilan u yashagan muhit o?rtasidagi ziddiyat tragediyanining asosiy kolliziyasi (qarama-qarshiligi)ni keltirib chiqaradi va albatta ezgulikni e?zozlagan, haqiqat fidoyisi, yaxshi inson fojiasi uning o?limi bilan tugaydi. Biroq bu qayg?uli, faqat ko?zyosh oqizib tomosha qiladigan holat emas, balki dramaturg ko?zda tutgan ezgu g?oyalarning tantanasi, kelajakka katta ishonch bilan yo?g?rilgan ijtimoiy ruhning g?olib kelishidir. Ijobiy qahramonni mahv etgan qora kuchlar asar davomida o?zlarining kaltabinliklari, ma?naviy tubanliklari, taraqqiyot dushmanlari ekanlari kabi xislatlari ni fosh etadilar. Fojiaviy sahna tomoshasi so?ngida qahramon halokati yovuz kuchlarning ham ma?naviy o?limi bilan tugaydi.

Paydo bo?lishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tragediyaning paydo bo?lishi biz yuqorida eslatgan antik davr marosimlariga to?g?ri keladi. Yunonlarning hosil xudosi Dionis sharafiga echki so?yib bayram qilishlari, " echki qo?shig?i " degan lug?aviy ma?no o?sha davrga daxldordir. Haqiqiy tragik asarlar yaratish esa miloddan avvalgi beshinchi asrga kelib o?zining kamolot bosqichiga ko?tarildi. Esxilning " Zanjirband Prometey ", ?Oresteya“ , Sofokl ning ?Shox Edip“, ?Antigona“ , Evripid ning ?Elektra“, ?Medeya“, ?Gerakl“ kabi tragediyalari optimistik ruh, adolat va haqiqatning qaror topishi, yuksak insoniy tuyg?ularning maromiga yetkazib tarannum etilishi bilan ajralib turadi. Bu asarlar yunon sahna sa?nati, xususan, tragediyasining dovrug?i jahonga yoyilishi sabab bo?ldi.

Yevropada tragediyaning rivojlanishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Yevropada tragediya uyg?onish va undan keyingi davrlarda ham keng rivojlandi. Ispan dramaturglari Lope de Vega , Kalderon , ingliz yozuvchisi V.Shekspir , nemis dramaturglari Gyote , Shiller , rus shoiri A.S.Pushkin kabilar bu sohada samarali qalam tebratdilar. Ular yaratgan ?Otello“, ?Gamlet“, ?Romeo va Julyetta“, ?Boris Godunov“ kabi tragediyalar bugungi kunda jahon teatrlari sahnalarida qayta-qayta o?ynalmoqda.

O?zbek adabiyotida tragediya [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

O?zbek adabiyotida tragediyaning go?zal namunalari Mahmudxo'ja Behbudiy  ? ?Padarkush“ ( 1911 ) , Abdurauf Fitrat  ? ?Abulfayzxon“ ( 1926 ) , Maqsud Shayxzoda  ? " Jaloliddin Manguberdi " ( 1944 ), " Mirzo Ulug'bek " ( 1961 ) tomonidan yaratildi. Ushbu asarlar o?zbek sahna madaniyatining haqiqiy durdonalariga aylandi.