Tonga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tonga Qirolligi
Pule?anga Fakatu?i ?o Tonga
Shior Ko e ?Otua mo Tonga ko hoku tofi?a
(Tongacha: Xudo va Tonga mening merosim)
Madhiya :   Ko e fasi ?o e tu?i ?o e ?Otu Tonga
Location of Tonga
Poytaxt Nuku'alofa
Rasmiy til(lar) Tongacha
Inglizcha
Hukumat Absolyut Rohiblik
Rohib
Qirol Taufa'ahau Tupou IV
?Akilisi P?hiva
Mustaqillik ( Birlashgan Qirollik protektoratidan)
? Sana
4-iyun 1970
Maydon
? Butun
748 km 2 ( 188-o?rin )
? Suv (%)
4.0
Aholi
? 2002-yilgi ro?yxat
112,422 ( 193-o?rin )
Zichlik 150/km 2
YIM   ( XQT ) 2005-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 244 mil. ( 214-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 2,170
Pul birligi Pa'anga ( TOP )
Vaqt mintaqasi UTC +13
? Yoz ( DST )
UTC +14
Qisqartma TN
Telefon prefiksi 676
Internet domeni .to

Tonga (Tonga), Tonga Qirollig i (The Kingdom of Tonga) ? Tinch okeanning janubi-g‘arbiy qismidagi va Polineziyadagi Tonga arxipelagida joylashgan davlat. Maydoni 748 km². Aholisi 106,1 ming kishi (2002). Poytaxti ? Nukualofa shahri Ma?muriy jihatdan 6 okrug (district)ra bo‘linadi.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

T. ? konstitutsiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo?stlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1875-yilda qabul kilingan, keyinchalik unga qo?shimcha va tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshlig?i ? qirol (1965-yildan Taufa’axau Tupou IV). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Qonun chiqaruvchi assambleya, ijrochi hokimyatni qirol va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tonga arxipelagi (Do?stlik orollari) Tinch okeanning janubi-g?arbidagi va Polineziyadagi vulkan va marjonlardan hosil bo?lgan bir qancha orollardan iborat. Ularning tarkibida uch asosiy guruh: Tongatapu, Xaapay, Vavau o.lari hamda bir qancha mayda va odam yashamaydigan orollar bor. Tonga arxipelagi orollari 2 parallel suv osti tizmasida joylashgan bo?lib, g?arbiy tizma (uz. 700 km dan ko?proq) tog?li vulkanik orollardan (eng baland joyi Kao o.da, 1030 m), sharqiy tizma uncha baland bo?lmagan marjon orollardan iborat. Harakatdagi vulkanlar, shu jumladan, suv osti vulkanlari bor. Iklimi ? tropik, dengiz iklimi. Dekabr?aprel issiq, nam, may?noyabr salqin va quruq oylar. Yanvarning o?rtacha temperaturasi 26°, avgustniki 20°. Yillik yog?in 2000 mm. Tuprog?i unumdor qizil tuproq, orollar namsevar tropik o?rmonlar bilan qoplangan. Hayvonot dunyosi ilon, kaltakesak va qushlarning 30 ga yakin turi, kalamush va sichkrn, toshbaqa, dengiz mollyuskalaridan iborat; baliq ko?p.

Aholisining aksariyati (98%) ? tongalar. Boshqa orollardan kelgan polinezlar va yevropaliklar ham bor. Dindorlarning ko?pchiligi protestant; katoliklar ham bor. Rasmiy til ? tonga va ingliz tillari. Aholining 43% shaharlarda yashaydi.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mil. av. 2ming y.likda orollarga polinezlar ko?chib kelgan. Mil. 10-asrda davlat uyushmalari paydo bo?lgan, ularni qabila boshliqlari idora qilgan. Bu yerga 17-asrda golland dengizchi sayyoxlar yetib borgan. 1845-yil Xaapay o.lari kabila boshlig?i orollar guruxini birlashtirishga erishdi. T.ni egallash uchun Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSH o?rtasida keskin kurash bo?lib, natijada 1900-yil T. Buyuk Britaniya protektorati ostidagi o?zini o?zi idora qiluvchi davlat deb e?lon kilindi. 1967-yilgi Buyuk Britaniya ? T. bitimi Buyuk Britaniyaning orollar ustidan nazoratini chekladi. 1970-yil 4 iyunda T. mustakillikka erishdi. T. ? 1999-yildan BMT a?zosi. Milliy bayrami ? 4 iyun ? Mustaqillik e?lon qilingan kun (1970).

Siyosiy partiyalari. Inson huquqlari va demokratiya uchun harakat; Xalq partiyasi, 1994-yil tuzilgan. T.da kasaba uyushmalari yo?q.

Xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

T. ? iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Iktisodiyotining asosi qishloq xo?jaligi. (yalpi ichki mahsulotning 32%). Aholining 90% shu sohada band.

Eksport uchun banan, ananas, kokos palmasi (kopra), sitrus mevalar, mahalliy ehtiyoj uchun batat, yams, maniok, taro yetishtiriladi. Qoramol, cho?chqa, echki, uy parrandasi boqiladi, baliq ovlanadi, yog?och tayyorlanadi.

Sanoati qishloq xo?jaligi. xom ashyosini qayta ishlaydigan va taxta tiladigan mayda korxonalar, tikuv fkasidan iborat. Avtomobil yo?llari uzunligi ? 650 km dan ziyod. Asosiy dengiz portlari (savdo markazlari) ? Nukualofa va Neiafu. T. chetga kopra, banan, tropik mevalar, dengiz mahsulotlari, qovun, vanil, pomidor chiqaradi, chetdan mashina va uskuna, oziq-ovqat (qand, choy, kofe va boshqalar), sanoat mollari oladi. Yangi Zelandiya, Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya bilan savdo qiladi. Pul birligi ? paanga.

Maorifi. Boshlang?ich ta?lim bepul, 6?14 yoshdagi bolalar uchun majburiy. Boshlang?ich maktab o?qituvchilari ped. kollejida tayyorlanadi. Okean sohilidagi orombaxsh plyajlar va Nukualofadagi qirol saroyi T.ning diqqatga sazovor joylaridir.

Matbuoti va radioeshittirishi. "Tonga kronikl" ("Tonga voqealari", ingliz va tonga tillarida chikdsigan hukumat haftanomasi, 1964-yildan), "Tonga Tayme", ("Tonga vaqti", ingliz va tonga tillarida chiqadigan haftanoma, 1989-yildan); "Kele’a" ("Chiganoq", tonga tilida yiliga 6 marta chikdsigan siyosiyiqtisodiy jurnali, 1986-yildan). T. radioeshittirish komissiyasi hukumatga qarashli bo?lib, 1961-yil tashkil etilgan.

Tonga (Tonga Qirolligi) poytaxti ? Nuku'alofa shahri. BMT a?zosi