Tomas Gobbs

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tomas Hobbes (1588.5.4, Malmsberi ? 1679.4.12, Harduik) ? ingliz faylasufi. Ruhoniy oilasida tug?ilgan. Oksford universitetini bitirgan (1608). Gobbs dunyoqarashi 17-asr ingliz inqilobi ta?sirida shakllandi. Falsafada Gobbs zamonasidagi tabiatshunoslik bilan bog?liq mexanistik materializm tarafdori bo?lgan. U geometriya va mexanikani ilmiy tafakkurning ideal namunasi, deb bilgan. Tabiatii katta-kichikligi, shakli, o?rni va harakati (joyini o?zgartirishi) bilan farqlanuvchi jismlar majmui, deb hisoblagan. Gobbs faqat real jismlar mavjud, qolganlari to?qib chiqarilgan tasavvurlardir, deydi. Uning tafakkurni fikr qiluvchi materiyadan ajratib bo?lmaydi, degan qarashi muqimdir. Gobbs inson aklidagi tushuncha dastlab sezgi a?zolarida qisman yoki to?la vujudga keladi deb, empirik bilish nazariyasi mavqeida turgan.

Gobbs fikricha, davlat paydo bo?lguncha xususiy mulkchilik bo?lmagan. Kishilar birbirini o?ldirib qo?ymasliklari, talamasliklari uchun kelishilgan holda, ayrimlarning huquqini cheklash maqsadida davlat kelib chikdi. Gobbs mutlaq monarxiyani davlatning eng yaxshi shakli desada, inqilobiy tamoyillarga ham o?rin bergan.

Asosiy asarlari: "Falsafa asoslari" (1642?58), "Fuqarolik haqidagi ta?limotning falsafiy elementlari" (1642), "Leviafan" (1651).

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil