한국   대만   중국   일본 
To?quvchilik - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

To?quvchilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

To?quvchilik - tabiiy (paxta, jun, ipak, zig?ir, kanop va h.k.) va sun?iy tolalardan gazlama va boshqa to?qimachilik mahsulotlari olish jarayonlari majmui; hunarmandchilikning bir turi, kasb. Dastlab (neolit va ibtidoiy jamoa davrida) yigirish va to?qishga doyr ishlar qo?lda bajarilgan. Keyin urchuqlar, dastaki to?quv dastgohlari paydo bo?lgan. Chigit ekib, paxtadan ip gazlama olish O?rta Osiyoda milodning boshidayoq tarqalgan. Lekin i.ch. texnikasi nihoyatda sekinlik bn o?sgani uchun yigirish va to?qish qo?lda bajarilgan. Keyinchalik yogochdan yasalgan dastaki T. dastgohi (do?kon) paydo bo?lgan. T.ni mexanizatsiyalashga urinish 16?18-asrlarga to?g?ri keladi. Ingliz ixtirochisi J. Keyning 1733-yilda ixtiro qilgan "o?ziuchar" moki T.da katta ahamiyatga ega bo?ddi. 18-asr oxirida Buyuk Britaniyada E. Kartrayt mexanik to?quv stanogini ixtiro kildi. 19-asr oxiri 20-asr boshlarida mokisi avtomatik tarzda almashtiriladigan T. stanoklari paydo bo?ldi.

Dastlab, ip yigirish, gazlama to?qish, pardozlash ishlari yakka tartibda bajarilgan, keyinchalik (18-asr 2yarmidan) kichikkichik, keyin yirikroq korxonalar paydo bo?lgan.

T. to?quv stanoklarida korxonalarda bajariladi. To?qimagazlama ishlab chiqaradigan korxona to?quv fabrikasi deyiladi. To?quv fabrikasining yonida ip yigiruv fabrikasi va to?qimaga gul bosadigan fabrika ham bo?lsa, korxona T. kombinata deyiladi. T.ning asosiy xom ashyosi paxta (va boshqa tabiiy tolalar) hisoblanib, kimyoviy tolalardan ham keng foydalaniladi. Gazlama to?qishning texnologik jarayoniga kura, T. tayyorgarlik, to?qish va yakunlovchi operatsiyalarni o?z ichiga oladi. Tayyorgarlikda tolalarni aralashtirib, yigirib har xil ip olinadi. Ip tayyorlash tartibi quyidagi ketma-ketlikdan iborat: tanda ipini qayta o?rash, tandalash, ohorlash, tanda ipini o?tkazish; arqoq ipini qayta o?rash, namlash yoki emulsiyalash, tanda ipini qayta o?rash naychalaridagi ipni bobinaga yoki flanetsli g?altaklarga o?rashdan iborat. Tandalashda bobinadagi tanda iplari tanda vallariga parallellab o?raladi. Bu operatsiya tanda mashinalarida bajariladi. Tanda ipining pishiqligini oshirish uchun ular ohorlanadi (qarang Ohorlash ). Tanda ipini remizalar ko?zi va berdo plastinkalari orasidan o?tkazish ("proborka") maxsus stanoklarda bajariladi.

Arqoq ipi yigiruv fabrikalarida to?quv stanogining mokisiga tushadigan naychalarda ishlab chiqariladi, shuning uchun u maxsus tayyorlash operatsiyasidan o?tkazilmaydi. Arqoq ipining elastik va silliq bo?lishi hamda halqa (tugun) hosil qilmasligi uchun uni namlash yoki emulsiyalash lozim. Shu tariqa tayyorlangan tanda va arqoq iplaridan to?quv stanogida turlicha o?rilish usullarida gazlama to?qiladi. To?qish jarayonida tanda iplariga arqoq iplariga nisbatan to?quv stanogi ish organlari kuchliroq ta?sir qiladi. Shuning uchun tanda iplari sifatliroq xom ashyodan tayyorlanadi, aks holda to?qish jarayonida tanda ipi uzilaverib, ish sur?ati va gazlama sifatiga ta?sir qiladi. Yakunlovchi operatsiyalar tayyor gazlamani o?lchash (maxsus mashinalarda), tuklarini qirqish va tozalash, sifatini tekshirish va taxlash mashinalarida taxlash ishlarini o?z ichiga oladi. Yakunlovchi operatsiyalarning barchasi potok liniyalarda bajariladi. Keyin gazlama pardozlash, gul bosish (zarur bo?lsa) jarayonlaridan o?tkaziladi.