한국   대만   중국   일본 
Tiara - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Tiara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Angulem gersoginyasining tiarasi (1820). Tiara fransuz malikasi Mari-Tereza, Angulem gersoginyasi, Lui XVI va Mari Antuanettaning qizi uchun tayyorlangan.

Tiara ( lotincha : tiara , qadimgi yunoncha : τι?ρα ) boshga taqiladigan bezak. Uning kelib chiqishi qadimgi Yunoniston va Rimga borib taqaladi. 18-asrning oxirida tiara Yevropada ayollar tomonidan tantanali marosimlarda kiyiladigan nufuzli zargarlik buyumlari sifatida modaga kirgan. Zamonaviy tiaralar asosan yarim doira shsklda bo?lib odatda kumush , oltin yoki platinadan yasalgan va qimmatbaho toshlar , marvaridlar yoki kameoslar bilan bezatilgan.

Tiaralar 19-asrning oxirlarida juda mashhur bo?lgan va asosa dabdabali marosimlar uchun taqilgan. Birinchi jahon urushidan so?ng, qirollik saroyidagi rasmiy holatlardan mustasno, tiara kiyish asta-sekin modadan chiqib ketgan. 21-asr boshidan tiaralarga qiziqish yana ortdi. ?Tiara“ so?zi ko?pincha " diadem " so?zi bilan almashtiriladi.

Tavsif [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Zamonaviy tiaralar odatda kumush , oltin yoki platinadan yasalgan (yarim) doira shaklda bo?ladi. Tiaralar tortoiseshell, marjon va kvartsdan ham tayyorlangan. 20-asrda shox va alyuminiy kabi g?ayrioddiy materiallardan tiaralar yaslgan [1] .

Tiaralar odatda qimmatbaho toshlar , marvaridlar yoki kameoslar bilan bezatilgan. Qimmatbaho toshlar tiaradagi naqshlarga o?rnatilgan. Ushbu naqshlar ko?pincha yoy, gulchambar, doira, yulduzlar gullar yoki barglar shaklida bo?lgan. Ba?zan qimmatbaho toshlar yordamida gullar, makkajo?xori boshoqlari, ninachilar yoki kapalaklar shakllari bilan bezatilgan. Tiara turli o?lchamdagi yuzlab minglab qimmatbaho toshlarni o?z ichiga olishi mumkin; deyarli har doim, tiaralar olmoslardan tayyorlangan. Bu tiaralarni eng qimmat va ajoyib zargarlik buyumlari qatoriga qo?yadi [1] .

Tiaralarning turli xil modellari mavjud, jumladan:

  • bandeau, lenta yoki soch tasmasi shaklidagi diadem;
  • kokoshnik, odatda qimmatbaho toshlardan devor hosil qilib yasalgan shakli xuddi shu nomdagi an?anaviy rus bosh kiyimiga asoslangan;
  • halo, boshni aureola kabi o?rab turgan diadem,
  • fringe, ko?pincha marjon sifatida ham taqilishi mumkin bo?lgan olmoslardan yasalgan hoshiyali bezak. [2]

Tiaralarni boshga, balki peshonaga ham taqish mumkin; bu tiaraning tuzilishiga bog?liq. Tiara taqish bosh og?rig?iga sabab bo?lishi mumkin.

Erkaklar tiarasi

Odob qoidalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Gollandiya qirolichasi Maxima

Ba?zi odamlar faqat yuqori unvonga ega ayollarga tiara kiyishga ruxsat beriladi, deb o?ylashadi. Har qanday ayol tadbirlarda tiara taqishi mumkin. Bunday hollarda ayollar tantanali kechki ko?ylak kiyishlari kerak, libosning yelkalari biroz ochiq bo?lishi kerak.

An?anaga ko?ra, yosh qizlar turmushga chiqmaguncha tiara taqmasliklari lozim. To?y kuni ular o?z oilasiga tegishli bo?lgan tiara taqishgan. Ayol turmushga chiqqandan so?ng, u faqat erining oilasiga yoki o?ziga tegishli bo?lgan tiaralarni taqishi kerak. Faqat malikalarga turmushga chiqmagan bo?lsalarda o?n sakkiz yoshdan boshlab tiara kiyishga ruxsat berilgan. 21-asrda bu qoidalar endi qat?iy qo?llanilmaydi [2] .

Motam marosimida jet , oniks , shisha yoki po?latdan yasalgan maxsus qora tiaralar taqilgan. Motamning keyingi marosimlari uchun (ikkinchi motam va yarim motam), binafsha rangli toshlar ( ametist ), oq toshlar (olmos va oy toshi ) yoki marvaridli tiaralar ham mavjud [1] .

Tarix [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Bu Fayum mumiya portreti oltin gulchambar kiygan ayolni ko?rsatadi, v . Milodiy 100-110 yillar.

18-asrgacha [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tiara va diadem so?zlari qadimda erkaklar va ayollar tomonidan yuqori maqomni bildirish uchun kiyiladigan bosh bezaklari nomidan kelib chiqqan. Jefri Munn ta?kidlaganidek, ?Tiara“ so?zi aslida forscha bo?lib, bu nom birinchi bo?lib fors qirollarining (binafsha va oq bezakli tasmalar) bilan o?ralgan baland cho?qqidagi bosh kiyimlarini bildirgan. Endi u dekorativ bosh bezaklarining deyarli barcha shakllarini tasvirlash uchun ishlatiladi." [1] Qadimgi yunonlar va rimliklar gulchambar shaklidagi bosh bezaklarini yasash uchun oltindan foydalanganlar. Rim imperiyasining qulashi va nasroniylikning yuksalishi bilan birga tiara va diademlarga bo?lgan talab ham kamayib ketgan [1] .

Yevropada qirolicha va malikalarining toj kiyishlari urf bo?lgan, kelinlar esa to?y kunida maxsus kelin tojlarini kiyishgan. 17?18-asrlarda hukmron qirolichalar o?zlarining alohida mavqeini bildirish uchun bosh bezaklarini taqib yurishni boshlaganlar. Bu odat keng tarqalmaganligining asosiy sababi XVIII asrdagi ayollarning baland soch turmagi diadem kiyishni qiyinlashtirgan [3] .

18 va 19-asrlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Stefani de Boharnais, Badenning marvarid va olmosli tiarasi, 1830-yilda yaratilgan va hozirda Mannheim saroyidagi muzeyda.

18-asr oxirida neoklassitsizm tiaralarning jonlanishiga sabab bo?ldi, ammo bu safar undan faqat ayollar foydalanishgan. Qadimgi Yunoniston va Rimdan ilhom olgan zargarlar qimmatbaho toshlardan gulchambar ko?rinishidagi tiaralarni yaratdilar [3] . Napoleon va uning rafiqasi Jozefin de Beauharnais tiaralarni ommalashtirishga yordam berishgan. Napoleon fransuz saroyi Yevropadagi eng buyuk saroy bo?lishini xohlagab va xotiniga tiaralardan iborar ko?plab to?plamlarni sovg?a qilgan. Napoleonning birinchi xotini Jozefina uchun tayyorlangan bir nechta tiaralar hali ham Yevropa qirollik oilalarida saqlanadi [1] .

Jozefina uchun tayyorlangan tiara

19-asrda tiara tezda qirol va aslzoda ayollar orasida maqomni ifodalash va e?tiborni jalb qilish usuli sifatida mashhur bo?lgan. Tiara sud marosimlari, ballar, kechki ovqatlar va boshqa tantanali tadbirlar uchun ayollar kiyimining muhim qismiga aylangan. Ko?pincha kelinlar to?y kuni eri yoki otasidan sovg?a sifatida tiara olishgan.

Tiara mashhurligining balandligi 1890-1914 yillar oralig?ida edi. Eng yuqori va eng boy ijtimoiy tabaqalardan bo?lgan ayollar bir nechta tiaralarga ega edi. Tiara kiyish endi faqat zodagonlar uchun xos emas edi. Qo?shma Shtatlarda ham tiara taqish tantanalarda yuqori ijtimoiy doiradagi ayollar orasida keng tarqalgan [1] [4] . Garrard, Faberge, Chaumet, Cartier va Van Cleef & Arpels kabi ajoyib zargarlik uylari o?z mijozlari uchun tiaralarni ishlab chiqarishgan [2] .

20 va 21-asrlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Art Nouveau uslubida Rene Lalik tomonidan yaratilgan tiara

Rene Lalik va zargarlik buyumlari dizayneri Genri Uilson kabi ijodkorlar haqiqiy hayotda osongina taqib bo?lmaydigan badiiy tiaralarni yaratdilar.

Birinchi jahon urushidan keyin tiara taqish urfdan chiqqan . Bunga ijtimoiy va iqtisodiy o?zgarishlar sabab bo?lgan(boylikni namoyish qilish unchalik maqbul emas edi). Bundan tashqari tiaralarning urfdan chiqishi ayollar sochlarini qisqartirishlari va shampun bilan sochlarini tez-tez yuvishlari bilan bog?liq edi. Toza sochlar silliq va yumshoq bo?lib, tiarani ?ushlab“ tura olmagan. Birinchi jahon urushi va Ikkinchi jahon urushi o?rtasidagi Art Deco ko?pincha qisqa sochlar bilan kiyish oson bo?lgan tiaralar yaratgan.

Yigirmanchi asrning oxiridan boshlab tiaralardan faqat davlat ziyofatlari, qirollik to?ylari va toj kiyish marosimlari uchun foydalanilan boshlangan [3] . Biroq, tiaralar hali ham ishlab tayyorlanmoqda [5] [6] . Versace estrada yulduzi Madonna uchun tiara tayyorlagan [7] . Daniya qirollik oilasida 2009-yilda klassik va zamonaviy tiaralar ko‘rgazmasi uchun mo‘ljallangan tiara bor [8] .

To?plamlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qirolicha Yelizaveta II dunyodagi eng katta va eng qimmat tiaralar kolleksiyasiga ega bo?lib, ularning aksariyati qirolichaga ajdodlaridan meros qolgan. U tez-tez davlat tadbirlarida tiara taqqan holatda qatnashadi. Qirolicha tiaralarning katta qimini qirolicha Aleksandradan meros qilib olgan. Shuningdek, u shahzoda Albert tomnidan Qirolicha Viktoriyaga sovg?a qilingan bir nechta tiaralarga ega [9] . Qirolicha Mary 1920-yillarda Buyuk Gertsog Vladimir tiarasini sotiboldgan. Tiara bir-biriga bog?langan ko?plab olmos doiralaridan iborat. Doiralar ichida marvarid tomchilari yoki zumradlar biriktirilgan. Qirolicha Mary 1911-yilda Hindistonda bo?lib o?tgan Dehli Durbar uchun ham maxsus tiara yasattirga. Hozirda bu tiara u Uels shahzodasi Charlzning rafiqasi Kornuol gersoginyasiga vaqtinchalik ijaraga berilgan. Qirolicha Yelizaveta II o?zi uchun yoqut va olmos tiara buyurtma qilgan. Bu tiara Braziliya xalqi sovg?a qilgan akvamarinlardan tayyorlangan [3] [10] .

Boshqa malikalar va qirolichaalar rasmiy oqshomlarda muntazam ravishda tiara taqishadi. Shvetsiya qirollik oilasi Daniya, Gollandiya va Ispaniya monarxlari ham shaxsiy kolleksiyaga ega. Daniya qirollik taqinchoqlarining ko?pchiligi dastlab Shvetsiya malikasi Louise Frederik VIII ga turmushga chiqqanida to?plamga kirgan. Romanovlar sulolasi 1917-yil inqilobiga qadar tiaralar to?plamiga ega bo?lgan [11] . Eron qirollik oilasida ham tiaralarning katta kolleksiyasi bor edi. Eron inqilobidan beri ular Tehrondagi Milliy zargarlik muzeyida saqlanmoqda [12] [13] .

Zargarlik [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Plastmassa, straz , Swarovski kristallari yoki boshqa qimmatbaho bo?lmagan materiallardan ham tiaralar tayyorlangan . Bunday taqinchoqlar odatda bitiruv kechasi, tug?ilgan kun yoki to?y kabi maxsus holatlarda taqiladi. Ulardan go?zallik tanlovlari g?oliblari ham taqishgan.

Teatr va kino [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tiaralar ko?pincha kino, spektakl va televidenieda aktrisalar tomonidan taqiladi. 2013-yilda Kartier uchun Nikol Kidman rol o‘ynagan " Grace of Monako " filmi uchun Grace Kelly taqqan birinchi tiaraning nusxasini yaratgan [14] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Munn, Geoffrey . Tiaras: Past and Present . 160 Brompton Road, London: V&A Publications, 2002. ISBN  0-8109-6594-1 .  
  2. 2,0 2,1 2,2 Jordan. ?The Story of Tiaras: A History of Elegance“ . Sotheby's (2021-yil 7-may). Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Munn, Geoffrey . Tiaras: A History of Splendor . England: Antique Collectors' Club Ltd., 2001. ISBN  1851493751 .  
  4. ?Jewel History: The Tiara Has Become a Social Need (1907)“  (en-US). The Court Jeweller (2016-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  5. Treble. ?Rocking the tiara“ . Macleans University (2013-yil 24-iyul). Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  6. ?Collecting guide: 10 things to know about tiaras | Christie?s“  (en). www.christies.com . Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  7. ?Versace tiara to be auctioned for AIDS charity“ . Rough&Polished . 2022-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  8. ?The Royal Order of Sartorial Splendor: Tiara Thursday: The Midnight Tiara“ . The Royal Order of Sartorial Splendor (2011-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  9. , arxivsana= parametri ham ko?rsatilishi zarur. Champ. ?Anatomy of a tiara“ . Sotheby's . 2022-yil 20-mayda asl nusxadan [ arxivlangan]. Qaraldi: 2022-yil 12-iyun.
  10. ?Aquamarine and diamond tiara“ . 2009-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 17-may.
  11. ?Which Royal Family has the most expensive tiara collection in the world?“  (en-GB). Tatler (2021-yil 29-iyun). Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  12. ?The Crown Jewels: From Empress Farah of Iran to Queen Mary, the royals who have boasted the best jewellery collections“  (en-GB). Tatler (2021-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  13. ?Iran National Jewels Museum“  (en-US). Iran Safar Travel (2021-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  14. Sowray. ?Cartier recreate Grace Kelly's jewels for Nicole Kidman film Grace of Monaco“ . Telegraph (2013-yil 16-may). Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.

Treasury of national jewel in Iran

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]