한국   대만   중국   일본 
Thomas Klestil - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Thomas Klestil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Klestil Tomas (1932.4.11, Vena) ? Avstriya federal prezidenti. Vena iqtisodiyot va ishbilarmon ma?murlar universitetini tugatgan (1956). Avstriya federal kansleri byurosida iqtisodiyot va tijorat departamenti (1957?59), Parijdagi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot bo?yicha tashkilot huzurida Avstriya missiyasi (1959?62), Avstriyaning AQShdagi elchixonasi (1962? 66) xodimi, Avstriya federal kanslerining iqtisodiy siyosat va tashqi savdo bo?yicha byurosi direktori assistenti (1966?69), Los-Anjeles shahrida Avstriyaning Bosh konsuli (1969?74). Avstriya tashqi ishlar vazirligida BMT departamenti rahbari (1974?78). 1978?82 yillarda Avstriyaning BMTdagi, 1982?87 yillarda AQSH va Amerika davlatlari tashkilotidagi elchisi. 1987?92 yillarda Avstriya federal tashki ishlar vazirligining bosh kotibi, 1992-yil maydan Avstriya Respublikasi federal prezidenti. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil