한국   대만   중국   일본 
The Prodigy - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

The Prodigy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Prodigy
Prodigy
Umumiy ma?lumot
Kelib chiqishi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Janr elektropank , breykbit , haus , tehno , alternativ rok
Leybl Ragged Flag , Cooking Vinyl , XL , Beggars Banquet ,
Tarkib Liam Howlett , Keith Flint , Maxim Reality

The Prodigy ? 1990 -yilda tashkil topgan britaniyalik musiqiy kollektiv.

Guruh tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

90-yillar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

"Prodigy"ning birinchi jonli chiqishi "1990"-yili "Labirint" klubida bo?lib o?tadi va unga 250ta odam keladi, birinchi chet eldagi chiqishlari esa Italiyada bo?lib o?tadi. " What Evil Lurks " debyut plastinkasi yetarlicha muvaffaqiyatli bo?ladi. Asosiy hit-paradda muvaffaqaiyatga erishmaganligiga va yetakchi nashriyotlarning jimligiga qaramay, 7000 nusha noma?lum andegraund guruhi uchun juda jiddiy adaddir. Bir necha oylik sahna chiqishlaridan so?ng "Prodigy" ishtirokchilari professional bo?lishga qaror qilib, repetitsiya qila boshladilar. Va ular kelajakdagi chiqishni ishlab chiqish uchun kun belgilaydilar. Bu ularning birinchi va ohirgi repetitsiyasi bo?ladi. Shouning elektrlangan atmosferasisiz, ko?z oldida yuzlab va minglab ularning musiqasiga raqsga tushayotgan odamlarni ko?rmay, yigitlar rostakamiga ishlay olmaydilar. 1990 -yildan 2000 -yilgacha guruhda to?rtinchi ishtirokchi - Liroy Tornhill bo?ladi.

Tabiiyki, Houlettga o?z musiqasini yaratgisi va ijro etgisi keladi va ikki yildan so?ng dam olish kunlari qurilish uchastkasida ishlab ikki arzon magnitafonni sotib oladi. Bundan ancha o?tmay u "Cut To Kill" hip-hop guruhi bilan tanishadi, guruh tezda uni o?z tarkibiga ikkinchi di-jey sifatida oladi. Keyingi ikki yil ichida Layam va "Cut To Kill" zo?rg?a bir-biri bilan ishlashadi, chunki ularning hamma qo?shiqlari ahmoqona hingirlashdan iborat bo?ladi. 18 yoshida Layam dizayberlik diplomini olish uchun imtihonlarni topshiradi va hozir mavjud bo?lmagan "Metropoliten" nomli London jurnaliga ishga kiradi va u yerda uning xo?jayini bilan do?stlashadi. "Cut To Kill"'ni eshitib ko?rib, xo?jayini Layamga bu guruhning debyut albomini yozish uchun yetarlicha pul taklif qiladi. Afsuski, guruhni ham, hayriyachini ham bunday ishlarda tajribasi bo?lmagani uchun, butun byudjet studiyada ishlatilib, reklama va gastrollar uchun hech vaqo qolmaydi. Qarzlarni uzish uchun "Cut To Kill"'ning qolgan qismi Layamning orqasida "Tam Tam Records" bilan shartnoma imzolashadi. Ular shu shartnomani qo?lga kiritish uchun Layamnining bir taronasini ishlatganligiga qaramay, uni tashlab ketishadi. Bu sotqinlik Layamning hip-hopga bo?lgan qiziqishi susayishi bilan bir paytga to?g?ri keladi va u o?zligini boshqa musiqiy yo?nalishlarda izlaydi. Bu 1988-yilning yozi edi. Layam hip-hop ichida cho?kayotgan paytda uning ona yurti umuman yangi yo?nalish - Acid House'ga o'tib ketgan edi, ayniqsa Esseksning katta qismi bundan ekstazda edi. Chikago va Detroytda vujudga kelgan bu musiqa tez orada Atlantikani kezib o?tib, noqonuniy yig?ilishlarda ildizlarini otadi va reyv nomi ostida mashhur bo?lgan yangi yo?nalish uchun asos bo?ladi. Bu juda zo?r barlar, marafon raqslar va hippilar ideallarini qayta tug?ilishi erasi edi - Muhabbatning Ikkinchi Yozi keldi. Reyv madaniyatiga Layam birinchi marotaba Barnedagi kechada duch keladi. U bir pasda yangi dinga kiradi: "Men o?yladimki, bu juda zo?r, bu oldingi his etgan narsalarimga o?xshamas edi. Hip-hop shunday eksklyuzivchi, pretenzion ediki va qaysidir ma?noda oq guruhlarni nazardan chetda qoldirar edi. Men g?ayritabiiy narsani his etdim, men uchun mutlaq yangi hisni...". Bir-ikki oydan so?ng Layam shu kabi kechalarda di-jey bo?lib ishlay boshladi va Esseksdagi yetarli darajada mashhur kishiga aylandi. Ammo, u hali ham o?zining sirli ravishda yozgan musiqasini qo?yishdan uyalar edi. Aynan shu paytda Layam Liroy Tornhill va Keyt Flintni uchratadi. Liroy butunligicha Acid House monoton narsadan murakkabroq va aqlliroq narsaga aylanganidan keyin reyv sahnasiga chiqqan Jeyms Braunning ashaddiy muhlisi edi. O?zining bo?yi va yashindek tez oyoqlari bilan Liroy Barneda raqs tushishi kerak bo?lgan odamning o?zginasi edi. Keyt Flint maktabni imtihonlarni topshirishdan oldin tashlaydi va hilma xil joylarda ishlaydi, keyin esa marixuanani chekuvchi va 70-yillarning afsonalari bo?lgan Led Zeppelin va Floyd'ni eshituvchi baykerlar madaniyatiga qo?shilib qoladi. 1988-yilning yozida reyv paydo bo?lgan paytda Keyv Yaqin Sharq va Afrika bo?ylab sayohat qilayotgandi, lekin bahorga yaqin u Angliyaga qaytib keladi. Uyga qaytib kelishi bilan uni ko?chaga haydab yuborishadi. Uning sevgan qizi Enji uning uyida yashab turishni taklif qiladi. U qiz haqiqiy reyvchi edi va u Acid House kechalariga borgani uchun Keyt hamma yoqqa uning ketidan borar edi. Barneda bir-birini uchratib Keyt va Liroy katta do?stlar bo?lib qolishadi va o?zlarining doiralarida mashhurlikka erishishadi.

Bir kuni reyv kechasida Keyt Layamni uchratadi. Keytga Layam chalayotgan navolar shunday yoqib qoladiki, u o?zining mikslarini kassetaga yozib berishini so?raydi. Layam buni bajaradi va "B" tarafiga o?zining to?rtta qo?shig?ini qo?shib yozib beradi. Keyt va Liroy kassetani kechasi bilan eshitishadi va Layamning ishlaridan hayratga tushishadi. Layamni keyingi safar ko?rganlarida ular raqsga tushish uchun uning o?z musiqasini qo?yib berishini so?rashadi. U rozi bo?ladi va umumiy do?stligi Sharkini chaqirib ular "Prodigy" guruhiga asos solishadi. Keyt, Liroy va Sharki raqsga tushayotgan paytda Layam klavishlarni chalib turadi. Tez orada ular Dalstondagi "Labirint" studiyasida o?zlarining birinchi aranjirovkasini buyurtirishadi va Layamga tuyuladiki, yaxshi ish uchun ularga reper kerak. Shunday qilib, ular uch yildan beri Notingemda sandiralayotgan Piterborolik reper va regger Maksim Rielitiga chiqishadi. Maksim rep bilan 14 yoshligida uning akasi Piterboroning radiostantsiyalarida rep aytayotganini ko?rib qiziqib qoladi. Notingemga kelib qolib, Maksim o?zining do?sti Ian Shervud bilan mahsuldorli hamkorlik qiladi. Afsuski, ularning ortodoksal bo?lmagan raqs musiqalarining stili modada emas edi va uch yildan so?ng ularning dueti parchalanadi. Maksimga Shervud bilan ishlash yoqib qolgan bo?ladi va u hovuridan tushish va kelajagi haqida o?ylab olish uchun uch oyga sayohatga ketadi. Sayohatda u tushunadi, musiqa - bu uning hayoti va Angliyaga qaytgach, u Londonga yo?l oladi. Oradan ko?p o?tmay qandaydir do?sti unga Prodigy'ning manzilini beradi. Ular kassetalar bilan almashishadi, ammo ularning Dalstondagi birinchi uchrashuvi umuman sezilarsiz o?tadi, shuning uchun aytish mumkinki, Maksim guruh bilan faqatgina ularning birinchi shousi paytida haqiqatan tanishadi. Bir necha kun o?tib uni guruhga qo?shilishini so?rashadi. Shunday tarkib bilan "Prodigy" ulardan avval ko?pchilik qilgan ishlarni - kechalar va reyvlarda chiqishni boshladilar. "N-JOI" va "Shades of Rhythm" kabi guruhlar bu tur dam olishning muhlislari uchun "Prodigy" paydo bo?lishidan ancha avval yaxshi bazani yaratgan edilar, ammo Houlettning guruhi aniq ortiqcha edi va "Prodigy" - bu yo?nalish monstrlari ichida oddiygina qurbaqa bo?lib, hali juda ko?p o?sishi kerak degan tasavvur paydo bo?ladi. Ularning ilk shoulari juda yomon kelish ko?rsatkichlarga ega bo?ladi va Hatfield kollejidagi ularning beshinchi chiqishiga faqatgina to?qqiz kishi keladi, ulardan beshtasi o?qituvchilar edi. Va aksincha, Reyndans, eng sevimli reyv maydonchasidagi ularning 12-kechasiga 12 ming kishi keladi. Haqiqatdan ham, Acid House'ning yaxshi tarafi shunda ediki, guruhlar minglab odamlarga musiqa chalishlari mumkin edi, rokning ilk pallalarida bu haqda faqat orzu qilish mumkin edi. "Prodigy"ning alohidaligini yana DAT va uning zamondoshlaridan farqli o?laroq ularning faqat jonli ijrolari tasdiqlardi. 1990 -yilning rojdestvosiga Layam komandasiga bir necha hafta avval sirli ravishda "XL" bilan shartnoma imzolaganini aytadi. Faqat u guruhning boshqa ishtirokchilari o?z rollarini qanday ijro etishlaridan shubhalanar edi, shuning uchun bu yangilikni ularga aytmay turgan edi. Lekin, hozir, yaqinda bo?lib o?tgan chiqishlariga qaraganda, "Prodigy" haqiqatdan ham ularning musiqasini keng ommaga olib borishga loyiq deb hisoblaydi. Biroq, Sharki guruhning keyingi faoliyati haqidagi fikr omadsiz deb hisoblaydi va bosh olib ketadi. To?rttalov qolib, "Prodigy" fevralda chiqqan "What Evil Lurks" singlini oqlash uchun doimiy chiqishlarini davom ettirdilar. Ular 7000 nushali sotuvlar bilan taqdirlandilar. Bu hayratlanarli boshlanish edi. Shoularini ko?paytirish uchun guruh bir kuni peshinda Layamning uyida yig?iladi. Ammo, yuzlab, yoki hattoki minglab ularning musiqasiga raqsga tushayotgan muhlisli konsert atmosferasidan uzoqligida, yigitlar bunday holatni qabul qilmaydilar. 20 daqiqalik urush-bahslardan so?ng ular hammasini tashlaydilar. O?shandan buyon "Prodigy" hech qachon repetitsiya qilmaganlar. O?sha paytlarda Layam kechalarda yarim kechasigacha qolib, keyin reyv-durmani ostida uyga kelib, musiqa yozishni odat qilgan edi. Shu yo?l bilan "Prodigy"ning keyingi singli - "Charly" paydo bo?ldi. Toshbaqa chanog?ini kiygan g?alati mushukni ko?rsatayotgan 70-yillarning bolalar informatsion filmini ko?rib, Layam qattiq breyk-bit vaqtida shunday deydi: "Charly aytayapti: Qayergadir ketayotganingizda onajoningizga albatta xabar bering". Guruh birinchi albomidan reggi yo?nalishidagi, Labirintda yozilgan, turli xil kompozitsiyalarni ijro etadi, ammo bu Layamning (Alley Cat Mix) omma fikrini o?g?irlagan eng qattiq ishi edi. U 1991-yil avgustida chiqadi, javob fikrlar juda ko?p keladi, sotuvlar keskin ko?tariladi va natijada "Charly" hamma milliy hit-paradlarda uchinchi o?ringa ko?tariladi. Bu ashulaga olingan klipni "Ommaviylik cho?qqisi" va "Hitlar shousi" ko?rsatuvlarida beriladi va keyingi reyv kechasida guruh 30 ming kishi uchun sahnaga chiqadi. Tez orada Layam butunlay ishni tashlab, guruhga o?tib ketadi. "Charly"ning jo?shqin muvaffaqiyati "Prodigy"ning shuhratini oshiradi. Ularning endi reyv sahnasidan tushish uchun yetarlicha mashhur nomi bor edi, endi ulardan jonli shoularni talab etishardi. Ularning "Everybody in the Place" nomli uchinchi singli 1991 -yil dekabrida dunyo yuzini ko?radi. O?sha paytda Layam musiqasining tan olinganligini "Art of Noise", "Dream Frequency", "Take That" uchun remiks qilib berishini so?rashganligi bilan tasdiqlandi. Hamma narsa juda zo?r ketayotgandek tuyulardi, ya?ni bunday ishning qo?polligi bir qancha vaqtga orqaga tashlab yuborganiga qadar. Qandaydir musiqiy jurnal "Charly" bolalar reyvi (kiddie rave) uchun shlyuzlarni ochib bergani haqida e?lon qildi. Bunday g?ashga tegar e?lonlarga qaramay, "Prodigy" yuksalishni davom ettirardilar. Alternativ rok borgan sayin ularning musiqasiga e?tibor qaratar va guruhning Sheffield Sound City'dagi konsertlari hamda XL’s Vision'dagi festival guruhning mamlakat hayotidagi eng jonli hodisa ekanlik reputatsiyasini qo?lladi. Savol faqat, ular shu muvaffaqiyatni albomlar qavatida qaytara olar ekanligida edi. "Fire" to?rtinchi singlidan so?ng ularning shuhrati qo?zg?almaydi va faqat o?sadi. "The Prodigy Experience" nomli birinchi albom chiqqanidan so?ng u reyv chuqurliklaridan chiqqan eng chiroyli narsaga aylandi-qoldi. Yozuvning qo?lloviga guruh turli davlatlarning 23 shaharlarida konsert turnesi bilan bo?lishadi, guruh sahnaga chiqishni to?xtatmaydi va unikal musiqa o?g?ir urinishlar bilan birgalikda olti oy davomida 40 qo?shiq hit-paradining cho?qqisida bo?lgan albom bilan taqdirlaydilar.

Bu davr ularga yanada ko?proq mashhurlik olib kelishi kerak edi, ammo u vaqtga kelib, ular yangi programmaligi bilan Evropa, Amerika, Avstraliya va Yaponiya bo?ylab sayohat qilgan bo?lishadi, qarzlarga juda chuqur botishadi va parchalanish yoqasida edilar. Agar ro?yxatdan Avstraliyadagi konsertlarni o?chirib tashlasa, ular uchun so?nggi bir yarim oy ichida atigi ikki dam olish kuni to?g?ri keladi. Buning ustiga ko?p shoular Amerikada unchalik yaxshi aylanmaydi va ko?pchilik amerikan prodyusserlari o?z mablag?larini qaytarib ololmaydilar. Juda yomon sharoitlar va mos kelmagan afishalar bularni hammasini dahshatga aylantirib yubordi. Keyt eslaydi: "Biz Liroyning reaksiyasiga ahamiyat berishimiz kerak edi, agar u baxtsiz bo?lsa, bu jiddiy muammo bo?ladi. Biz boshqa hech qachon gastrollarga chiqmaslikka ahd qildik, biz shunday charchagan edikki... Rojdestvo va Yangi Yil oldidan 70ta konsert berdik, uyga esa qarzga botib va juda charchab qaytdik". Debyut albomining yakuniy singllari quyidagilar edi: "Out of Space" va "Wind it Up". Ular guruhning tushkunlikka tushganligiga qaramay, "Prodigy"ning yaxshi urflarini davom ettirib, hit-paradlarda ushlanib turadilar. Ammo ular Amerika dahshatidan endi o?zlariga kelayotganlarida Layam guruh o?layotgan reyv bilan nobud bo?lishidan qo?rqadi. Vaziyatni o?zgartirish zarur edi. Muammo shunda ediki, guruh katta kommers muvaffaqiyatga erishganidan so?ng, andegraundning ko?pchilik tanqidchilari "Prodigy" o?zini ochib bo?ldi deb hisoblashar edilar. Va guruh o?z ijodini di-jeylar doirasida tarqatishda qiyinchiliklarni sezadi. Shunday qilib, 1993-yilning yozida ular "Earthbound" oq markasili (Layamning uy studiyasini nomi) yangi singl chiqarishadi. Bu albom kompozitsiyalarining ravon va shu bilan bir vaqtda boshsizligi mutlaq yangi, hali o?rganilmagan yo?nalish bo?lib, Layam uni: "On Love was quite a big jump", deb nomlaydi. Singllarning uzoq vaqt davomidagi yutuqlariga qaramay, hech kim keyingi "Music for the Jilted Generation" nomli albomning javob reaksiyalarini bunday bo?lishini kutmaydi. U darhol bir raqami ostiga tushib oladi, "Merkyuri" mukofotini oladi va dunyo bo?ylab bir milliondan ortiq nusha bilan tarqaladi.

Bu eng zamonaviy raqs musiqiy yozuvlari edi va bu o?z ketidan charchatadigan, ko?p energiya va emotsiyalarni talab qiladigan raqslarda hordiqni izlaydigan komandalar, tusovka va boshqa yoshlarning yig?ilishlarining paydo bo?lishiga asos bo?ldi. Bu birinchi albomning ravon navolariga qaraganda, ko?proq dinamikroq, chuqurroq va shu bilan bir paytda qattiqroq edi. Bu yerda og?ir breyk-bit, jaz-pank, gitara, hip-hopga qaytishning ko'pgina elementlari bor edi. Butun musiqiy yozuv davomidagi sempllangan dialoglar va o?zgartirilgan ovozlar fikr va kayfiyatlar doirasini kengaytirishga yordam berdi. Bu musiqiy madaniyatda hali hech kuzatilmagan gedonizmning ko?rinishi edi. Tanqidchilarning javobi xuddi muhlislarniki kabi hayratlanarli edi. Layamni "bugungi kun Betxoveni" deb atashadi va hatto bu ham hali eng yaxshi fikr emas edi. Bunday fikrlarga sabab bo?lib albomning muvaffaqiyatidan tashqari, yana 1994 -yilda "Prodigy"ning butun dunyo bo?ylab o?rtacha har uch kunda konsert berishi ham bo?ldi. Ular hatto Islandiyada katta olomon uchun musiqa chalishadi va MTV ularni "Eng yaxshi raqs shousi" mukofoti bilan taqdirlaydi. Ular hatto eng katta festivallarda, shu jumladan Irlandiyadagi Fikvayl festivalida chiqishni boshlaydilar va o?sha paytdan buyon ular mamlakatdagi eng festivalchi guruhlardan biriga aylandilar. Albomning hamma to?rt singli "Qaynoqqina o?n beshtalik"ka (“Voodoo People” - hit №11, “Poison” - hit №8) tushadi. Bu guruhning butun dunyoda muvaffaqiyatga erishgan davri edi, "Poison" kompozitsiyasida birinchi marta Maksimning vokali ishlatilgani uchun, komandaning musiqiy imkoniyatlari yanada oshadi. Ularning 1995 -yil Glastonberidagi konserti "YER YUZIDAGI ENG BUYUK SHOU!!!" deb e'lon qilinadi.

Ularning uchinchi albomidagi yangi materialning ta?mini 1996 -yil martida, "Firestarter" - toza texno paydo bo?lganida totishdi. U yerda barcha diqqat Keyt Flintning g?ayritabiiy kulayotgan vokaliga qaratilgan edi. Ordinar emasligiga qaramay, "Firestarter radioda sutkasiga yuz marotalab qo?yiladi va singllarning hit-paradida juda tez eng yuqori cho?qqilarga chiqib oladi. "Ommaviylik cho?qqisi" ko?rsatuvida bu kompozitsiyaning klipi namoyish etilganida esa, BBS stantsiyasi jahli chiqqan ota-onalardan Keyt kechki ko?rish uchun juda qo?rqinchli ekanligi haqida qoplab hatlarni oladi. Ammo, klipda hech qanday narkotik, qurol-yarog?, zo?ravonlik yoki shu kabi narsalar namoyish etilmagan edi. Shunga qaramay, yoki aksincha, shu tufayli musiqiy yozuv olti haftadan kam vaqt mobaynida 750 ming nusha bilan sotiladi va yetti Evropa mamlakatida 1 raqam ostida bo?ladi. "Geffenim America" bilan muhim shartnoma imzolayotganida "Prodigy" aytishadiki, panklarning qadimiy qonuni - "hech qanday yon berishlarsiz" - ularning tadbirkorlik va musiqa yaratishga bo?lgan qarashlarini aks ettiradi. Hamma erishgan yutuqlariga qaramay, guruh hali ham reklama va mashhurlikning har qanday atributlaridan o?zini chetga oladi. Ular, shuningdek, ularning belgisi tushirilgan mahsulotlarning ishlab chiqarilishi va tarqatilishini kuzatishadi va o?zlarining hamma musiqiy yozuvlari, konsertlari, kliplari va hokzalori ustidan to?liq mualliflik huquqiga egadirlar.

1994 -yil 16-mayda chiqarilgan No Good (Start The Dance) singli guruhning butun tarixi davomidagi eng muvaffaqiyatli relizi bo?lib chiqadi. Singl "Top 10" chartida esdan chiqarilmas 7 haftani o?tkazadi.

1995 -yilda " Poison " chartlarga tushgan guruhning to?qqizinchi singli bo?ladi. "Prodigy ? electronic punks" videosi guruhga video chartlarga tushish imkonini beradi. Ularning Glastonbury festivalida chiqishlari eng yaxshi deb tan olinib, Prodigy'ning reyv komandasidan zamonning eng intrigalovchi va hayratlanarli guruhlardan biriga aylanish metamorfozasini tasdiqlaydi.

2000-yillar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2001 -yilda "Prodigy" o?zlarining " Experience " debyut albomini qayta nashr etadilar. Endi u ikki disklik nashrdan iborat: birinchi diskda albomning o?zi joylashgan, ikkinchisidan esa o?sha davrning bi-sayd va remikslari o?rin olgan. Relizning nomi - "Experience: Expanded".

2004 -yilda guruhning uzoq kutilgan yangi albomi - " Always Outnumbered , Never Outgunned " chiqadi. U bir zumda ingliz hit-paradi va amerika Billboard'ining "Elektron albomlar" chartining yuqori cho?qqilariga uchib chiqadi. Oktyabrda albom "Eng yaxshi Elektron/Raqsga tushiruvchi albom" kategoriyasida Gremmi mukofotiga nomzod etiladi. Shuni ham qayd etish kerakki, albomning yozilishida Maksim ham, Keyt Flint ham ishtirok etishmagan. Albomda taklif etilgan mehmonlar ro'yhatidan Liam Gallaxer ( Oasis ), Kool Keith, Twista va aktrisa Julyett Lyuislar o?rin olgan.

Qiziq faktlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

"Prodigy"'ining tashkil topishidan avval Layam "Cut To Kill" guruhining ikkinchi di-jeyi bo?ladi.

Guruhning nomini Layam o?zining birinchi sintezatori ≪Moog Prodigy≫ nomidan olgan.

Keyt Flint maktabning birinchi bezorisi bo?lgan, ammo o?sha paytning o?zida birinchi bo?lib ish topib qandaydir mablag?ga ega bo?ladi, shuning uchun u har doim o?ziga ishonadi.

1990 -yilda Kitning do?sti Sharky ismli qiz guruh ishtirokchisi bo?ladi. Ammo, uni konsertlar grafigi qoniqtirmagani uchun u guruhni tark etadi; shu kungacha u guruhning barcha ishtirokchilarini yaqin do?sti.

Prodigy'ning 1995 -yili Glastonbury festivalida chiqishi eng yaxshi deb tan olingan.

Layam Houlett ikkinchi albomini "Music for the Cool Young Juvenile" yoki "Music for Joyriders", deb nomlamoqchi bo?lgan, ammo, uni hech qaysi nom qoniqtirmaydi va oqibatda u "Music for the Jilted Generation" nomini o?ylab topadi.

Prodigy Chemical Brothers , Moby , David Bowie , Rage Against The Machine , Sepultura , Dog Eat Dog , Suede 'lar bilan birga sahnaga chiqishgan.

Sobiq ishtirokchilar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Diskografiya [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Albomlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Muqova Reliz sanasi Nomi
1992 Experience
1994 Music For The Jilted Generation
1997 The Fat Of The Land
2004 Always Outnumbered, Never Outgunned
2005 Their Law: The Singles 1990-2005
2009 Invaders Must Die
2015 The Day Is My Enemy
2018 No Tourists

Singllar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]