Teri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Teri ? odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi ta?sirdan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va boshqalarda qatnashadi. Katta yoshdagi odamda T. satqi 1,5 ? 2 m2, qalinligi gavdaning turli joyida turlicha bo?lib, 0,5 mm dan 2 mm gacha. Kaft va tovonda 4;mm ga yetadi. T. butun badanni qoplab, og?iz, burun, siydik chiqarish kanali, anus sohasida shilliq qavatga aylanadi. T. o?ziga xos rang va tusga ega, u donador va muguz kavatlarning qalinligiga, tomirlarning yuza joylashishiga, shu bilan birga melanin pigmentining ko?pozligiga qarab belgilanadi. T. ning rangi tashqi va ichki omillar ta?sirida o?zgarib turishi mumkin. T. yuzasi, odatda, notekiye, unda sonsanoqsiz egatcha, burma va chuqurchalar bo?lib, ular birbiri bilan kesishgan joylarda uchburchaklar, rombiklar shaklini hosil qiladi. Panjalarning dorsal yuzalarida bular, ayniqsa, yaqqol ko?rinib turadi. Barmoqlarning kaft yuzalarida teri egatchalari konsentrik aylana shaklida joylashgan. Bu shakllar xar bir shaxsda o?ziga xos naqshni hosil qiladi. Shaxsni aniklashda (daktiloskopiya), odatda, shu naqshlar izidan foydalaniladi.

T. tashqi (epitelial) va ichki (biriktiruvchi to?qimali) qavatlardan iborat. Bu qavatlar turli moddalar ishlab chiqaradigan bazal membrana bilan ajralib turadi, epitelial qavatda turli bir yoki ko?p hujayrali bezlar bor. Epiteliy ajratgan qattiq moddalar mollyuskalar va ba?zi jonivorlarda skelet va ximoya elementi vazifasini bajaradi. Epiteliy hujayralari sitoplazmasining qisman o?zgarishi bo?g?imoyoqlilar skeleti va parazit chuvalchanglar kutikulasini, ya?ni kimyoviy va mexanik himoya organini hosil qiladi. Umurtqasizlarda T. epiteliysi bir qavat hujayrali, umurtqalilarda ko?p qavat hujayrali. Quruqlikda yashovchi umurtqalilar tashqi qavat hujayralarining butunlay shox qatlamiga aylanishidan epidermisning uzluksiz yangilanib turadigan shox qavati vujudga keladi. Yuqori umurtqalilar T.sining shox qatlami va bo?g?imoyoqlilarning xitinli zirhi quruqlikda yashash uchun atmosferaning turli temperaturasi va ta?siriga chidamli bo?lishida muhim rol o?ynaydi. Ba?zi sut emizuvchilar hamda qushlarning tuk va patlari tana haroratini saqlab turadi va ularga qattiq sovuqsa ham yashashga imkon beradi. Biriktiruvchi to?qima qavati yoki derma T.ning kollagen va elastik tolalarini shakllantiradi. Bu tolalar T.ning chidamli va elastik bo?lishiga (mas., umurtqalilar, bosh oyokli mollyuskalarda), shuningdek, baliklarda suyakli va boshqa tangachalar yuzaga kelishi hamda terining suyaklanishiga (sudralib yuruvchilarda) yordam beradi.

Inson terisi 3 qavatdan ? epidermis (epitelial qavat), o?rta qavat ? xususiy teri qavati (derma) va teri osti yog? qavati (kletchatka)dan tarkib topgan (rayem). Epidermisning uzi bazal qavat, tikansimon qavat, donador qavat, yaltiroq va muguz (shox) qavatdan iborat. T.ning ustki muguz qavati juda chuqur joylashgan hujayralardan shakllanadi; unda ko?p nerv tolalari bor. Bu qavat issiqsovuq va tashqi muhitning barcha ta?sirotlariga ancha chidamli, u shikastlanmagan bo?lsa, kasallik qo?zg?atuvchisini o?tkazmaydi. Uning ust qismi bilinarbilinmas qipiqlanib, ko?chib turadi, pust tashlaydi (fiziologik pust tashlash). Xususiy teri qavati, asosan, pishiq biriktiruvchi to?qima va asosiy moddalardan tashkil topgan bo?lib, unda qon va limfa tomirlari, nerv tolalari, yog? va ter bezlari, shuningdek, soch va tirnoq ildizlari joylashgan. Yog? bezlari yuzda, bosh, ko?krak va yelkada ko?p bo?ladi; ular o?zidan tarkibida yog? kislota, oqsil, xolesterin va gormonal yog?simon moddalar ajratib chiqaradi, bu T. ustini moylab turadi, elastikligini oshiradi, uni terlab shilinishdan saqlaydi. Yog? bilan ter qo?shilib, T. ustida kislotali muhit hosil qiladi va T.da yiringli kasalliklarni vujudga keltiradigan mikroblarni o?ldiradi. Yog? bezlarining ishi ma?lum darajada endokrin sistema faoliyatiga ham bog?liq. T. noto?g?ri parvarish qilinsa, u yupqalashib, quruqshab qoladi, mayda ajin tushadi, sho?ralaydi, qizil dog?lar paydo bo?ladi. T.dagi qon va limfa tomirlari bir-biri bilan chalkashib to?r hosil qilib, terining normal oziqlanishini ta?minlaydi. T.da nerv chigali va nerv tomirlari ko?p. Shular yordamida kishi og?riqni, issiqsovuqni, turli kimyoviy ta?sirotlarni, shuningdek, bosimni sezadi. Ayniqsa, barmoqlar, burun uchi, kaft va orqadagi o?rta chiziq sohasi terisi sezgir bo?ladi.

T. osti yog? qavati yog? bilan to?la katakchalardan iborat, ular biriktiruvchi to?qimadan vujudga keladi. Bu qavatning qalinligi badanning turli yerida turlicha, mas., ko?z qovoqlarida butunlay bo?lmaydi, lunj, qorin va dumbada qalin bo?ladi. T. osti yog? qavati nerv va qon tomirlariga boy. T. rangi, asosan, melanin pigmentiga, qon tomirlarining to?lishiga va epidermis qalinligiga bog?liq. Turli omillar, mas., quyosh nuri ta?sirida va ayrim kasalliklarda (qarang Pes ) T. pigmentatsiyasi o?zgarishi yoki pigment butunlay bo?lmasligi ham mumkin.

T. organizm bilan tashqi muxit o?rtasida to?siq vazifasini o?taydi. Organizmni tashqi muhitning noxush omillaridan (kimyoviy, fizik va biologik) himoya qiladi. Muguz qavatning zichligi, ustidagi yog? biriktiruvchi to?qimalarning cho?ziluvchanligi, T. osti yog? qavatining qalin bo?lishi organizmni turli mexanik ta?sirotlardan, shuningdek, uncha kuchli bo?lmagan ishqrr va kislotalar ta?siridan saqlaydi. Bu kavat elektr tokini yomon o?tkazadi. T.dagi kislotali muhit mikroblar kirishiga to?sqinlik qiladi; mabodo shikastlangan teri orkali mikrob kirib qolgudek bo?lsa, unga karshi ta?sir ko?rsatadigan moddalar ta?siriga uchraydi va shu joyga leykotsitlar yetib kelib, qarshilik ko?rsatadi, shu soha T.sida yallig?lanish alomatlari paydo bo?ladi. T. suv, tuz, oqsil, yog?, vitaminlar va gaz almashinuvida ishtirok etadi. Gavda trasini saqlashda T. juda katta ahamiyatga ega.

Chorva hayvonlari T.si ? soch qatlami (jun), epidermis (terining sirt pardasi), derma (teri to?qimasi) va teri osti yog? qatlamlaridan iborat. Soch qatlami qishda tana haroratini ushlab turadi, ho?llanishdan asraydi, issiq vaqtda tanadan ko?p suv yo?qolishining oldini oladi. Epidermis ko?p qavatli epitelial to?qimalardan iborat. Epidermis soch qatlami suyet rivojlangan hayvonlar terisida qalin bo?ladi. Epidermisda qon tomirlari bo?lmaydi. U dermadan membrana bilan ajralib turadi. Derma terining asosiy qatalami. U bevosita epidermis tagida joylashgan bo?lib, tolasimon oqsillardan kollagen, elastik va retikulinlarning murakkab tolalar o?ralmasidan iborat. Barcha hayvonlar dermasi so?rg?ichli va to?rsimon ikki qatlamdan tuzilgan. Dermaning qalinligi har xil hayvonlarda g?ar xil bo?lmay, balki bir xil hayvon tanasining har xil joyida qam har xil bo?ladi. Eng qalin T. qoramollarda, eng yupqasi shimol bug?usida. T. molning yelka qismida qalin, qorin qismida yupqa. T.ning ostki qatlami yumshoq g?ovaksimon to?qimalardan iborat bo?lib, unda yog? zaxiralari yig?iladi. T.da yog? va ter bezlari joylashgan. T.ning rangi pigment hujayralariga bog?liq.

Hayvon T.si charmmo?yna va yelim ishlab chiqarish.da xom ashyo sifatida ishlatiladi. Yangi shilingan teri tarkibida oqsillar, yog?lar, uglevodlar, mineral moddalar, fermentlar mavjud, massasining 70% i suvdan iborat. T. xom ashyosi sifatiga hayvon turi, vazni, uning yashash, saqlanish sharoiti, iklim, ozuqa turlari ta?sir etadi.

Qoramol T.sining vazni 25 kg dan ortiq, qo?y terisining vazni 1?3,5 kg ni tashkil etadi.

Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Arifov S, Eshboyev E., Teri va tanosil kasalliklari, T., 1997;
  • Ahmedov N., Sodiqova 3., Normal anatomiya va fiziologiya, T., 2004;
  • Straxov I.P. i dr., Ximiya i texnologiya koji i mexa, M., 1985.

Saidqosim Arifov, Bahodir Ahmedov.