한국   대만   중국   일본 
Tehron ustoni - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Tehron ustoni

Koordinatalari : 35°42′42″N 51°24′25″E  /  35.71167°N 51.40694°E  / 35.71167; 51.40694
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tehron
forscha : ?????? / Tehran
Uston
Ma?muriy markazi Tehron
Yirik shahari Tehron , Shahriyor , Karaj
Rasmiy tili forscha
Aholi 9 000 000 (2022) [1]
Maydoni 18 814 km²
(o? %)
Xaritada
35°42′42″N 51°24′25″E  /  35.71167°N 51.40694°E  / 35.71167; 51.40694

Tehron viloyati Dashti Kavir cho‘lining g‘arbida, Elburs tog‘ tizmasining janubiy etagida joylashgan. Ushbu viloyat shimoldan Mozandaron ustoni , sharqdan Simnon ustoni , janub va janubi g‘arbdan Qum ustoni va Markaziy ustoni , g‘arbdan esa Qazvin ustoni bilan chegaradoshdir. Viloyatda 13 ta tuman, 35 ta baxsh, 80 ta qishloq va 55 ta shahar mavjud. Tehron , Shahriyor , Karaj , Raboti Karim , Sovajbalog? , Nazarobod , Varomin , Eslomshahr , Shamironot , Ray , Damovand , Firuzkuh va Pokdasht shaharlari Tehron viloyati tarkibiga kiradi.

Iqlimi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tehron viloyatining ob-havosiga shimoldagi Elburs tog? tizimlari, janubdagi Dashti Kavir cho?li va g?arbiy yomg?irli shamollar ta?sir ko?rsatuvchi omillar hisoblanadi. Janubdan esgan shamol Tehronga Kavir cho?lining issiq havosini, qum, chang olib keladi. Tog?lardan esgan mayin esa Dashti Kavirdan kelayotgan iflos moddalarni qaytarishga qodir emas. Boz ustiga bu shamol ikki tarafga tog?lardan cho?l tomonga va cho?l tomondan tog?larga esadi. Kun davomida cho?ldan kechalari tog?dan esgan shamol ularni janub tomonga uchiradi. Viloyatning shimoliy qismida yog?in miqdori 500 mm.ni tashkil etadi. Viloyat janubi yog?in miqdori sezilarli darajada ko?p bo?lganligi uchun chorva mollarini parvarishlaydigan aholi uchun qulay sharoit yaratadi.

Daryolari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Viloyatda Karaj daryosi , Jojrud daryosi , Haroz daryosi , Hablerud daryosi , Toleqon daryosi , Lor daryosi va 48 ta shaxsiy vaqf mulkiga tegishli qanot (yer osti suv kanallari), 1000 ta quduq (ulardan 260 tasi aholini ichimlik suvi bilan ta?minlashga mo?jallangan), buloqlar viloyatning muhim suv manbalari hisoblanadi.

Sharshara va ko?li [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tehron ustonida bir nechta sharsharalar ham mavjud. Ulardan eng mashhurlari Dug'ulu sharsharasi va Sangon sharsharasi hisoblanadi. Tehronda yana tepaliklarda joylashgan ko?llar ham mavjud. Ulardan biri Tor ko'li deb ataladi.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tehron viloyati suv havzalariga boy bo?lganligi sabab qadimgi oriy qabilalarning ilk yashash makonlaridan biri bo?lgan. Qadimda Ray (hozirgi Tehron shahri yaqindigi shahar) va Tehron joylashgan yer Ro?modrozi yoki Rogo, Rogs deb nomlangan. Salavkiylar sulolasining asoschisi Salukus zamonida Ray shahrida dahshatli zilzila ro?y beradi. Harobaga aylangan shahar qaytadan barpo etilib, uni O?rupus deb nomlaydilar. Buning sababi Salukus tug?ilgan joy ham shunday atalgan. Parfiyaliklar davrida Ray shahri saltanatning bahorgi poytaxtiga aylandi. Ashkoniylar davrida esa bu yerlar Arshakiya deb atalgan [2] .

Istirohat bog?lari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tehron ustoni va uning atrofida betakror manzarali o?rmonlar va istirohat bog?lari mavjud. Ular asosan Alburz tog? tizmasiga kiruvchi tehron va Karaj shaharlaridagi tog?larda joylashgan. Quyida bir qancha istirohat bog?larining nomlari bilan tanishamiz: Chitgar o'rmonli istirohat bog'i , Surx Hisor o'rmonli istirohat bog'i , Lavizon o'rmonli istirohat bog'i , Vardovard o'rmonli istirohat bog'i , Kuyi Nasr o'rmonli istirohat bog'i kabi o?rmonli va Millat istirohat bog?i , Obu-otash istirohat bog?i , Lola istirohat bog?i , Shahar istirohat bog?i , Toliqoniy istirohat bog?i , Eram istirohat bog?i , Be'sat istirohat bog?i , Soyi istirohat bog?i , Jamshidiya istirohat bog?i kabi ko?plab istirohat bog?lari mavjud.

Diqqatga sazovor joylari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Bu viloyatning diqqatga sazovor joylari Imomzode Eynali va Zeynali yodgorlik majmuasi , Hazrat Abdulazim Hasaniy muhtasham saroyi , Bibi Shahrbonu maqbarasi , Dorulfunun , Imomzode Qosem , Ibn Bobaviye maqbarasi , Tehron muzeylari , Imom masjidi , Shahid Mutahhariy masjidi , Guliston bog'i va saroyi , Sohibqironiya saroyi , Jahonnamo muzeyi , Burji milod , Ozodlik monumenti , Shabali maqbarasi , Xovaron yoshlar madaniyat saroyi , Bahman madaniyat saroyi , Bolalar madaniyat saroyi , San'at madaniyat saroyi .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?????? ????? ?? ? ?????? ??? ???? ???“ . www.mehrnews.com .
  2. Mostafaviy, Hamid . Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat , 2013, SOKHANVARAN PUB. — 69-88 bet. ISBN  978-600-9675-31-3 .