한국   대만   중국   일본 
Tambov viloyati - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Tambov viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tambov viloyati ? Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1937-yil 27 sentabrda tashkil etilgan. Maydoni 34,3 ming km². Aholisi 1179,6 ming kishi (2002), asosan, ruslar (97,2%), shuningdek, ukrain, belorus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 23 tumanga bo?lingan, 8 shahar, 12 shaharcha bor. Markazi ? Tambov shahri. Boshqa yirik shaxdrlari: Michurinsk, Morshansk. Shahar aholisi 57,2%. [1]

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tambov viloyati Sharqiy Yevropa te kisligining markazida joylashgan va OkaDon (Tambov) pasttekisligining markaziy qismini egallaydi. Jar kup. O?rtacha bal. 110? 115m (eng baland joyi 219 m). Foydali qazilmalari: har xil gillar, ohaktosh, qumtosh va fosforitlar. Dare vodiysida torf yotqiziqlari bor. Iklimi mo'tadil kontinental. Yanvarning o?rtacha tempaturasi ? 10,5°, ? 11,5°, iyulniki 19,4°?20,5°. Yillik yog?in 450?500 mm. Vegetatsiya davri 185 kun. Daryolari: Sna va uning irmoklari. Hududining 10% o?rmon. [1]

Iqtisodiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tambov viloyati ? industrialagrar rayon. Sanoat ishlab chiqarishida og?ir sanoat ? mashinasozlik, metallsozlik (yalpi sanoat mahsulotining 45%), yengil sanoat (29%) va oziq-ovqat sanoati (26%) tarmokdari alohida o?rin tutadi. Kime mashinasozligi korxonalari Tambov ("Tambovpolimermash"), Morshansk va Pervomayskiyda ("Ximmash"); Tambovda vagon ta?mirlash, Michurinskda lokomotiv ta?mirlash zavodlari bor. Tambov, Michurinskda avtomobil va traktor ehtiyot qismlari, Morshanskda teplovozlar uchun jihozlar ishlab chiqariladi. Anilinbuyoq, texnik rezina buyumlari zavodlari (Tambov), qadimgi sanoat tarmoklaridan movut kombinati (Rasskazovo, Morshansk), tikuvchilik fabrikalari (Tambov, Michurinsk, Morshansk), un, shakarqand, moy, go?sht, tamaki korxonalari ishlab turibdi.

Qishloq xo?jaligida g?alla, qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka ekiladi. Sabzavotchilik, bog?dorchilik rivojlangan. Chorvachiligi sutgo?shtga ixtisoslashgan. Xo?jaliklarida qoramol, cho?chqa, qo?y va echki, parranda boqiladi. Transport yo?li uzunligi 736 km. Qattiq qoplamali avtomobil yo?llar uzunligi 5120 km. Sna daryosida kema katnaydi. Asosiy avtomagistrallari: Moskva ? Tambov ? Volgograd, Tambov ? Yelets ? Oryol. 3 oliy o?quv yurti, jamoat kutubxonalari, filarmoniya bor. 25 taga yaqin sanatoriykurort va dam olish muassasasi faoliyat ko?rsatadi. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. 1,0 1,1 1,2 "Tambov viloyati" O?zME . T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil