한국   대만   중국   일본 
Tadeusz Reichstein - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Tadeusz Reichstein

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tadeusz Reichstein (20-iyul 1897, Vlotslavsk , Polsha ? 1-avgust 1996, Bazel, Shveysariya) ? shveysariyalik organik kimyogar . London qirollik jamiyati a?zosi. Shveysariyadagi Federal politexnika maktabini tugatgan (1920). Bazel universiteti qoshidagi Farmatsevtika instituti direktori va farmatsevtik kimyo professor (1938-yildan). 1933-yilda vitamin S ( askorbin kislotasi )ni sintez qilgan. Ilmiy izlanishlari gormonlar biokimyosi, geterotsiklik moddalar, qand, vitaminlar (askorbin va pantotenat kislotalar), steroidlar, buyrak usti bezi gormonlarining kimyoviy tuzilishi va biologik xossalarini o?rganishga oid. Nobel mukofoti laureati (1950, F. Sh. Xench va E. K. Kendall bilan hamkorlikda). [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. "REYXSHTEYN (Reichstein) Tadeush" O?zME . R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil