Tabiat resurslari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tabiat resurslari , tabiiy boyliklar ? jamiyatning moddiy va ma?naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida xo?jalikda foydalaniladigan hamda insoniyatning yashashi uchun zarur bo?lgan, uni o?rab turgan tabiiy muhitning barcha tabiat komponentlari, energiya manbalari. Tabiat resurslariga Quyosh energiyasi , Yerning ichki issiqligi, suv, yer, mineral boyliklar, foydali qazilmalar, o?simliklar, tuproqlar, hayvonot dunyosi kiradi. Tabiat resurslari tugaydigan (ko?pgina foydali qazilmalar), tugamaydigan (suv, havo, Quyosh nuri, Yerning ichki energiyasi) va tiklanadigan (biologik elementlar, ayrim foydali qazilmalar) boyliklarga bo?linadi. Tabiiy xom ashyolarni ko?p darajada iste?mol qiluvchi kuchlarning jadal rivojlanishiga bog?liq ravishda tabiat resurslari bilan ta?minlash muammolari yanada dolzarblashib bormoqda. Tuproq , atmosfera va gidrosferaning ifloslanishiga qarshi kurashishda jahonning barcha mamlakatlari kelishib faoliyat yuritishlari zarur bo?lib, tabiat resurslari muhofazasi global xarakterga ega bo?lmoqda. Tabiat resurslarini o?zlashtirishning muhim bosqichlari ? ularni aniqlash (razvedka qilish), o?rganish, alohida turlari bo?yicha kadastrlar (masalan, yer kadastri, suv kadastri) tuzishdan iborat. O?zbekiston Respublikasida tabiat resurslari kadastrlarini tuzish va yuritish O?zbekiston Respublikasining "Davlat kadastrlari to?g?risida" qonuni (2000-yil, 15 dekabr)ga muvofiq olib boriladi.

Tabiat resurslarini baholashning ilmiy asoslangan 3 tipi mavjud: texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy. Tabiat resurslarini to?g?ri baholash ulardan foydalanishda eng yuqori samaralarga erishishning muhim sharti hisoblanadi. Inson tafakkuri o?sishi bilan bog?liq holda tabiat resurslari turlari ham kengayib bormoqda, bunda eng zamonaviy texnik vositalardan foydalaniladi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanib borishi bilan tugaydigan tabiat resurslari o?rnini bosuvchi yangi sun?iy materiallar ishlab chiqarilmoqda, Dunyo okeani boyliklari o?zlashtirilmoqda. Ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning rivojlanishi yo?lida tabiat resurslaridan samarali foydalanish va tabiatda ekologik muvozanatni ta?minlab turuvchi yangi sifatli texnologiyalarni yaratish talab etilmoqda. Xom ashyo va energiya manbalaridan rejali tarzda foydalanish uni uzoq muddatga yetishini ta?minlaydi/.

Yana q. [ tahrir | manbasini tahrirlash ]