한국   대만   중국   일본 
Szyansu - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Szyansu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Szyansu ? Xitoyning sharkay qismidagi provinsiya. Yanszi daryosi quyi oqimi havzasida. Sharqiy Xitoy va Sariq dengizlar bilan o?ralgan. Maydoni 102,6 ming km². Aholisi 71,8 mln. kishi (1999). Ma?muriy markazi ? Nankin sh. Shanxay sh. alohida ma?muriy birlik. S. Xitoyning aholi zich yashaydigan provinsiyasi.

S., asosan, Shimoliy Xitoy tekisligida joylashgan. Iklimi tropik, mussonli iklim. Yillik yog?in 600?1200 mm. Buyuk kanal Yanszi daryosini S. hududidagi ko?llar bilan bog?laydi. S. ? iqgisodiy jihatdan rivojlangan industrialagrar rayon. Iktisodiyotida Shanxay sh. muhim o?rin tutadi. Ko?mir, temir rudasi, apatit, kaolin qazib chiqariladi. To?qimachilik, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, sement, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Qishloq xo?jaligida dehqonchilik yetakchi o?rinda. Asosiy ekini ? sholi. Bug?doy, arpa, makkajo?xori, batat, dukkaklilar, sabzavot ham ekiladi. Paxtachilik rivojlangan. Cho?chqa, parranda boqiladi. Baliq ovlanadi.

Qadimda S. hududida man va xuayi qabilalari yashagan. S. mil. av. 8?4-asrlarda Si, U, Yue, Chu podshoxliklari tarkibida bo?lgan, 17-asrda Xitoyni manjurlar bosib olgandan so?ng bu yerda Szyannan viloyati tashkil topdi, keyinroq u S. provinsiyasi deb ataldi.