한국   대만   중국   일본 
Svyatlana Sixanovskaya - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Svyatlana Sixanovskaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Svyatlana Georgiyevna Sixanovskaya
belaruscha : Святлана Георг?е?на Ц?хано?ская
Tavalludi
Svyatlana Pilipchuk

11-sentabr 1982-yil
Belarussiya SSR Brest viloyati , Luninets tumani, Mikashevichi shahri
Fuqaroligi Belorussiya bayrogʻi Belarus
Ta?limi Mozir davlat pedagogika universiteti
Kasbi siyosatchi, tarjimon
Faoliyat yillari 2020-yildan
Partiyasi partiyasiz
Millati belarus
Turmush o?rtog?i Sergey Sixanovskiy
Veb-sayti https://tsikhanouskaya2020.by/
Svyatlana Sixanovskaya (chapda) o?z mitingiga ketmoqda (Minsk, 2020-yil 30-iyul)
Svyatlana Sixanovskaya va saylovoldi qo?shma shtabning mitingi (Minsk, 2020-yil 30-iyul)

Svyatlana Georgiyevna Sixanovskaya (qizlik familiyasi Pilipchuk; belaruscha : Святлана Георг?е?на Ц?хано?ская ; 1982-yil 11-sentyabrda tug?ilgan) — belaruslik siyosatchi , 2020-yilgi saylovlarda Belarus Respublikasi prezidentligiga nomzod.

Tarjimai holi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Yoshligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2000-yilda Svyatlana Pilipchuk Mikashevichidagi 2-o?rta maktabni oltin medal bilan tugatdi. O?qishni tamomlagandan so?ng Mozir davlat pedagogika universitetining filologiya fakultetida tahsil oldi (Gomel viloyati, Mozir shahri), universitetni chet tillar (ingliz, nemis) mutaxassisligi bo?yicha tugatgan.

Mehnat faoliyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

O?qishni tugatgandan so'ng u Gomel shahrida yashadi. Turli tashkilotlarda ingliz tilidan tarjimon bo?lib ishladi, shu jumladan Chernobil AES halokatidan jabr ko'rganlar uchun tashkil etilgan ?Chernobyl Life Line“ ( Irlandiya ) xayriya tashkilotida faoliyat yuritdi.

Siyosiy faoliyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2020-yil 15-mayda , Markaziy Saylov Komissiyasi Sergey Sixanovskiyning tashabbuskor guruhini ro?yxatga olishni rad etganidan so?ng, Svyatlana Sixanovskaya Markaziy saylov komissiyasiga o?zini prezidentlikka nomzod sifatida ko?rsatish uchun ro?yxatga olishni talab qilib hujjatlarni taqdim etdi [1] .

Lidiya Yermoshina boshchiligidagi Markaziy Saylov Komissiyasi 2020-yil 20-may kuni Svyatlana Sixanovskayaning tashabbuskor guruhini ro?yxatga oldi [2] . Svyatlana Sixanovskaya shatabining boshlig?i uning eri Sergey Sixanovskiy bo?ldi. 2020-yil 29-may kuni Grodno shahrida Svyatlana Sixanovskayani Belarus Respublikasi prezidentligiga nomzod sifatida ko?rsatish uchun imzo to?plash piketi bo?lib o?tdi, natijada Sergey Sixanovskiy, tashabbus guruhining koordinatori Dmitriy Furmanov [3] va boshqalar hibsga olindi. Jami 10 kishi hibsga olingan [4] . Keyingi piketlarda Svyatlana Sixanovskaya nomzodiga imzo to?plash uchun Minskda va boshqa shaharlarda navbatlar yig?ildi [5] . Svyatlana Sixanovskayaning tashabbuskor guruhi a?zolariga turli bosimlar o?tkazildi, koordinator va aktivistlar butun Belarus bo'yicha hibsga olindi [6] , 2020-yil 15-mayda tashabbus guruhining matbuot kotibi Aleksandr Kabanov ham hibsga olindi [7] . Tashabbuskor guruh a?zolari bilan birgalikda to?plangan imzolar ham olib qo?yildi [8] . 2020-yil 11-iyunda Svyatlana Sixanovskaya videomurojaat e?lon qildi, unda u 12, 13 va 14-iyun kunlari Minskda va viloyat shaharlarida imzo to?plash uchun o?tkaziladigan piketlarni tasvirga olajagini, chunki u erda uning tashabbuskor guruhi a?zolariga qarshi provokatsiyalar bo'lishi mumkinligini aytdi [9] . Piketlar natijasida Svetlana Tixanovskayani qo?llab-quvvatlash uchun 100 mingdan ortiq imzo to?plandi [10] .

2020-yil 16-iyun kuni Sixanovskaya mintaqaviy komissiyalarga imzo varaqalari tarqatish uchun safarga chiqqan mahal noma?lum shaxs tomonidan telefon qo?ng?irog?i bo?lib, unga prezidentlik saylovlarida qatnashmaslikni, aks holda bolalari jabr ko?rishini aytdi [11] . Keyinchalik Svyatlana Sixanovskaya saylovda ishtirokini davom ettirish niyati borligini ma?lum qildi [12] . 30-iyun kuni Svyatlana Sixanovskaya prezidentlikka nomzod sifatida ro?yxatga olish uchun MSKga hujjatlar taqdim etdi [13] .

2020-yil 14-iyulda Markaziy Saylov Komissiyasining Prezidentlikka nomzodlar sifatida ro?yxatga olish bo?yicha yig?ilishi bo?lib o?tdi, natijada Svyatlana Sixanovskaya ro?yxatga olindi. Soliq deklaratsiyasidagi kamchiliklarga qaramay (Svyatlana Gomel viloyatida erining uyi borligini ko?rsatmagan), Markaziy saylov komissiyasining barcha a?zolari Svyatlana Sixanovskayani prezidentlikka nomzod sifatida ro?yxatga olish uchun ovoz berishgan [14] [15] [16] .

2020-yil 16-iyul kuni Svyatlana Sixanovskaya, Viktor Babariko va Valeriy Sepkaloning shtablari vakillari uchrashdi. Uchrashuv natijasida shtablar birlashishga kelishib, 9-avgust kuni xalqni ovoz berishga chaqirishni, saylovlarni kuzatishda ishtirok etishni, siyosiy va iqtisodiy mahbuslarni ozod qilishni umumiy maqsad qilib oldilar. Birlashishning muhim sabablaridan biri takroriy saylovlarni o?tkazish bo?lib, unda hozir qamoqda saqlanayotgan muqobil nomzodlar mavjudligidir [17] [18] .

2020-yil 19-iyulda Minskdagi Bangalor maydonida birinchi yig'ilish bo?lib o?tdi, unda 7-10 ming atrofida odam to?plandi [19] .

2020-yil 20-iyulda Sixanovskaya birinchi marotaba davlat radiosi efiriga chiqdi, u nutqining avvalida qisqacha o?z tarjimai holini gapirdi, prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun sabablardan biri bu eri Sergey Sixanovskiyning hibsga olinishi ekanligini ta?kidladi [20] .

2020-yil 21 va 28-iyul kunlari u Belarus milliy telekanalida chiqish qildi, u yerdan mamlakatning barcha fuqarolariga murojaat qildi [21] .

2020-yil 30-iyul kuni Minsk shahridagi Xalqlar do'stligi bog'ida Belarus Respublikasi prezidentligiga nomzod Svyatlana Sixanovskayaning rasmiy piketi bo?lib o?tdi, unda turli xil ma?lumotlarga ko?ra 18,250 [22] dan 63-70 ming kishigacha [23] [24] [25] qatnashdi. Bu 1991-yildan beri eng katta mitingga aylandi [26] .

6-avgust kuni Minsk rasmiylari Bangalor maydonidagi mitingni to?xtatdilar. Sixanovskaya va qo?shma shtab vakillari Veronika Sepkalo va Mariya Kolesnikova Minsk aholisini soat 19:00da Kiev maydonidagi uchrashuvga kelishga chaqirdilar, bu yerda shahar ma?murlari "Qo'shimcha ta?lim muassasalarining ochiq eshiklar kuni" deb nomlangan bayramni tashkil qilayotgan edilar [27] . Kutilmaganda ikkita di-djey ovoz kuchaytirgichlardan Viktor Soyning "Хочу перемен!" ("O'zgarishlarni xohlayman!") qo?shig?ini qo?yishdi [28] . Politsiya Svyatlana Sixanovskaya va qo?shma shtab vakillari Kiev maydoniga kirishiga ruhsat bermadi [29] . Bu bo?yicha Sixanovskaya va qo?shma shtab a?zolari rossiyalik bloger Ilya Varlamovga intervyu berishdi [30] . 8-avgust kuni Minskda Sixanovskaya saylovoldi shtabining rahbari Mariya Moroz hibsga olindi [31] , Sixanovskayaning yaqin maslakdoshi Mariya Kolesnikovani ham hibsga olib [32] [33] , tez orada xatolik yuz berganini aytib hibsdan ozod qilishdi [34] . Shu kecha Svyatlana Sixanovskaya yolg?iz qolmaslik maqsadida o?z uyida uxlamadi. Svyatlana Minskdagi shtab a?zolari va jurnalistlar qurshovida qoldi [35] .

Saylov [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2020-yil 9-avgust , yakshanba kuni Belarusda prezidentlik saylovlari bo?lib o?tdi. 2020-yil 10-avgust kuni Belarus MSK saylovda Aleksandr Lukashenkoning g?alabasini e?lon qildi [36] . Markaziy Saylov Komissiyasi bergan dastlabki ma?lumotlarga ko?ra Tixanovskaya 10,09 % olgan [37] . Sixanovskaya bunga rozi bo?lmadi va ovozlarni qayta sanashni talab qildi [38] . U Markaziy saylov komissiyasiga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi va u yerda xavfsizlik kuchlari bilan uzoq suhbatlashdi. Shundan so?ng, u bilan aloqa yo?qoldi.

Xorijiy mamlakatlarda tashkil etilgan 19 ta saylov uchastkalaridagi so?rovnomaga (ekzit-poll) ko?ra Sixanovskaya 81,57 %, Lukashenko esa 5,89 % ovoz olishgan [39] .

2020-yil 11-avgustda Litva Tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichyus Sixanovskaya Litvada xavfsiz holatda ekanligini e?lon qildi [40] . Uning safdoshi Olga Kovalkovaning so?zlariga ko?ra, Sixanovskaya Belarus hukumati tomonidan olib ketilgan va unga boshqa chora qolmagan. Ushbu ma?lumotlarga ko?ra, Sixanovskaya ilgari hibsga olingan o?zining ishonchli sherigi Mariya Moroz bilan birga Belarusni tark etgan. Kovalkovaning so?zlariga ko?ra, Svyatlana jamoasining bir qismi garovda qolgan. 11-avgust kuni Sixanovskayadan olingan videoxabar Belarusda e?lon qilindi va unda Belarus xalqi o?z tanlovini qilgani, uni qo?llab-quvvatlagan barcha vatandoshlariga minnatdorchilik bildirgan holda, Belarusdagi vatandoshlaridan tashqariga chiqmaslik, politsiya bilan to?qnashmaslik, hayotlarini xavf ostiga qo?ymaslikni so?radi [41] .

Ommaviy namoyishlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2020-yilgi saylovdan so?ng Sixanovskayani qo?llab-quvvatlash maqasadida va Lukashenkoga qarshi o?tkazilgan mitinglar Belarus tarixidagi eng yirigi bo?ldi, Brestda 20 ming va Minskda 60 ming odam yig?ildi [42] .

Oilasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

U prezidentlikka nomzod va saylovdan bir necha oy avval hibsga olingan Sergey Sixanovskiyning turmush o?rtog?i. Ularning ikki nafar farzandi bor: qizi 4 yoshda, o?g?li 10 yoshda. 2020-yil yozida, bo?lgan tahdidlar sababli saylov kampaniyasi davrida bolalari Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan biriga yuborildi [43] [44] . Sergey Sixanovskiy bunga qarshi bo?ldi [43] [45] [46] [47] [48] [49] [50] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Жена Сергея Тихановского подает документы в ЦИК на регистрацию своей группы , 2020-08-08da asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 2020-08-08
  2. Ермошина ? Тихановской: У вас есть намерение выдвигаться в президенты или вы просто спарринг-партнер? , 2020-07-28da asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 2020-08-08 {{ citation }} : no-break space character in |title= at position 9 ( yordam )
  3. Задержанного по ≪делу Тихановского≫ Дмитрия Фурманова наказали десятью сутками ареста [ sayt ishlamaydi ]
  4. ?В Гродно задержали Сергея Тихановского“  (ru). TUT.BY (2020-yil 29-may). 2020-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. ( Wayback Machine saytida 2020-05-30 sanasida arxivlangan )
  5. ?В Минске, у Комаровки, очереди к пикетам Тихановской и Цепкало растянулись на километр“  (ru). TUT.BY (2020-yil 31-may). 2020-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. ( Wayback Machine saytida 2020-06-30 sanasida arxivlangan )
  6. ?Задержания активистов и сборщиков подписей продолжаются 31 мая. Список обновляется“  (ru). spring96.org . Qaraldi: 2020-yil 29-iyul.
  7. ?В Бресте задержали пресс-секретаря инициативной группы Светланы Тихановской“  (ru). TUT.BY (2020-yil 15-iyun). 2020-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. ( Wayback Machine saytida 2020-07-01 sanasida arxivlangan )
  8. ?Вместе с членами инициативной группы Тихановской ≪арестовали≫ 3,5 тысячи собранных подписей“  (ru). TUT.BY (2020-yil 10-iyun). 2020-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. ( Wayback Machine saytida 2020-07-18 sanasida arxivlangan )
  9. ?≪Я опасаюсь провокаций≫. Тихановская снимает пикеты в Минске и областных городах“  (ru). TUT.BY (2020-yil 11-iyun). 2020-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. ( Wayback Machine saytida 2020-08-03 sanasida arxivlangan )
  10. REFORM.by. ?Светлана Тихановская собрала 100 тыс. подписей“  (ru). REFORM.by (2020-yil 16-iyun). Qaraldi: 2020-yil 29-iyul.
  11. ?Тихановская: Мне поступили угрозы, передо мной выбор ? дети или дальнейшая борьба. Выбор очевиден“  (ru). TUT.BY (2020-yil 16-iyun). 2020-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. ( Wayback Machine saytida 2020-07-26 sanasida arxivlangan )
  12. ?Светлана Тихановская: Я продолжаю свое участие в выборах“  (ru). TUT.BY (2020-yil 16-iyun). 2020-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. ( Wayback Machine saytida 2020-08-14 sanasida arxivlangan )
  13. ?Тихановская подала документы в ЦИК на регистрацию кандидатом в президенты“  (ru). TUT.BY (2020-yil 30-iyun). 2020-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. ( Wayback Machine saytida 2020-07-31 sanasida arxivlangan )
  14. ?Бабарико и Цепкало не зарегистрированы кандидатами в президенты. Тихановскую зарегистрировали“  (ru). TUT.BY (2020-yil 14-iyul). 2020-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. ( Wayback Machine saytida 2020-07-26 sanasida arxivlangan )
  15. Павел МИЦКЕВИЧ | Сайт ≪Комсомольской правды≫. ?≪Надеюсь на перемены≫. Тихановскую зарегистрировали кандидатом в президенты“  (ru). KP.BY - сайт ≪Комсомольской правды≫ (2020-yil 14-iyul). Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. [ sayt ishlamaydi ]
  16. ?Светлану Тихановскую зарегистрировали кандидатом в президенты Беларуси. Бабарико и Цепкало отказали“  (ru). Настоящее Время . Qaraldi: 2020-yil 29-iyul.
  17. ?Светлана Тихановская объединилась со штабами Бабарико и Цепкало“  (ru). TUT.BY (2020-yil 16-iyul). 2020-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 18-iyul. ( Wayback Machine saytida 2020-07-18 sanasida arxivlangan )
  18. ?Главным противником Лукашенко на выборах стала Светлана Тихановская“  (ru). РБК . Qaraldi: 2020-yil 18-iyul.
  19. ?В Минске на встречу с Тихановской пришло 7-10 тыс. человек. Это много или мало?“  (ru). Telegraf.by (2020-yil 19-iyul). 2020-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 22-iyul. ( Wayback Machine saytida 2020-07-22 sanasida arxivlangan )
  20. ?Тихановская и Дмитриев впервые выступили в эфире государственного радио“  (ru). Sputnik Беларусь . Qaraldi: 2020-yil 22-iyul.
  21. ?≪Сначала мне было страшно. Но сейчас я не боюсь≫. Тихановская выступила на БТ“  (ru). Наша Н?ва . Qaraldi: 2020-yil 22-iyul.
  22. #МВД_ОФИЦИАЛЬНО
  23. ?Говорят, на пикет Тихановской в Минске пришло 63 тысячи человек. Как это подсчитали?“  (ru). 42.tut.by (2020-yil 31-iyul). 2020-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 1-avgust. ( Wayback Machine saytida 2020-08-01 sanasida arxivlangan )
  24. МВД рассказало, сколько людей было на митинге Тихановской в Минске , 2020-09-17da asl nusxadan arxivlandi , qaraldi: 2020-08-08
  25. Разное. Светлана Тихановская на многотысячном митинге в Минске: власти тратят бюджетные деньги на ледовые дворцы, а на больных детей у них средств не хватает
  26. ?Десятки тысяч человек, слёзы, песни, мечты о переменах: как в Минске прошёл большой митинг Тихановской. Кратко“  (ru). TUT.BY (2020-yil 30-iyul). 2020-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 30-iyul. ( Wayback Machine saytida 2020-08-01 sanasida arxivlangan )
  27. Тихановская отменила предвыборный митинг в Минске , 6.08.2020
  28. Диджеи, включившие песню Цоя в Минске, осуждены на 10 суток , 7.08.2020
  29. Сторонники перемен переполнили Киевский сквер ( Wayback Machine saytida 2020-08-08 sanasida arxivlangan ), 6.08.2020
  30. Надежда на перемены в Беларуси: свергнут ли Лукашенко на выборах? Интервью с Тихановской 8.08.2020
  31. В Минске вновь задержали главу штаба Светланы Тихановской 8.08.2020
  32. Задержана Мария Колесникова, соратница Тихановской - штаб ( Wayback Machine saytida 2020-09-28 sanasida arxivlangan ) 8.08.2020
  33. Задержана Мария Колесникова, соратница кандидата в президенты Белоруссии Тихановской 9.08.2020
  34. Колесникову отпустили, задержание было "по ошибке" - штаб кандидата в президенты ( Wayback Machine saytida 2020-08-12 sanasida arxivlangan ) 8.08.2020
  35. Накануне выборов Тихановская покинула свою квартиру в Минске ради безопасности 9.08.2020
  36. ?Александр Лукашенко победил на выборах президента Беларуси. Как прошел день голосования“ . Газета.uz . Qaraldi: 2020-yil 10-avgust.
  37. ?Беларусь: протесты, задержания и отъезд Светланы Тихановской“ . Газета.uz . Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
  38. ?Тихановская подала жалобу в ЦИК Белоруссии по итогам выборов“ . РБК . Qaraldi: 2020-yil 10-avgust.
  39. ?Абно?лены вын?к экзыт-полу на замежных участках: больш за 85 працэнта? за Ц?хано?скую“ . Радыё Свабода . Qaraldi: 2020-yil 10-avgust.
  40. ?МИД Литвы: Тихановская записала видеообращение к соратникам под давлением белорусских властей“ . novayagazeta.ru . Новая Газета. 2020-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
  41. ?Тихановская призвала сторонников прекратить акции протеста“ . ria.ru . РИА Новости. Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
  42. Ex-teacher hopes to free Belarus from president's iron fist , Associated Press (4-avgust 2020-yil).
  43. 43,0 43,1 Ирина Ринаева. ?Светлана Тихановская намекнула на отъезд из Белоруссии“  (ru). Московский комсомолец (11 августа 2020). Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
  44. ?Тихановская на период до выборов вывезла детей в Евросоюз“  (ru). Наша Н?ва . Qaraldi: 2020-yil 1-avgust.
  45. ?Соперница Лукашенко заявила о поступающих ей угрозах“ . lenta.ru . Qaraldi: 2020-yil 1-avgust.
  46. ?Кандидат в президенты Белоруссии вывезла детей в безопасное место“ . lenta.ru . Qaraldi: 2020-yil 1-avgust.
  47. ?Детей Светланы Тихановской вывезли из Беларуси в Евросоюз“  (ru). UDF.BY | Новости Беларуси . Qaraldi: 2020-yil 1-avgust. [ sayt ishlamaydi ]
  48. ?Тихановская: Мои дети действительно в безопасном месте“  (ru). TUT.BY (2020-yil 20-iyul). 2020-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 29-iyul. ( Wayback Machine saytida 2020-07-31 sanasida arxivlangan )
  49. ?Светлана Тихановская вывезла детей из страны: Они в безопасном месте“  (ru). belaruspartisan.by . 2020-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 1-avgust. ( Wayback Machine saytida 2020-07-20 sanasida arxivlangan )
  50. ?Сын написал Тихановской: "Мне жаль тебя и страшно за тебя!"“  (ru). Новости Беларуси | euroradio.fm . Qaraldi: 2020-yil 6-avgust.