Surinam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Surinam Respublikasi
Republiek Suriname
Shior Justitia, pietas, fides
( Lotincha : Adolat, diyonat, sadoqat)
Madhiya :   God zij met ons Suriname
Location of Surinam
Poytaxt Paramaribo
Rasmiy til(lar) Niderland tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
Desi Bouterse
Ashwin Adhin
Mustaqillik ( Niderlandlardan )
? Sana
25-noyabr 1975
Maydon
? Butun
163,270 km 2 ( 92-o?rin )
? Suv (%)
1.1
Aholi
? 2002-yilgi ro?yxat
438,144 ( 171-o?rin )
Zichlik 2/km 2
YIM   ( XQT ) 2005-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 2,081 mil. ( 182-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 4,750
Pul birligi Surinam Dollar ( SRD )
Vaqt mintaqasi UTC ?3
? Yoz ( DST )
UTC ?3
Qisqartma NS
Telefon prefiksi 597
Internet domeni .sr


Surinam (Suriname), Surinam Respublikasi (Repudlick Suriname) ? Janubiy Amerikaning shim,sharqiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 163,3 ming km². Aholisi 436,5 ming kishi (2002). Poytaxti ? Paramaribo shahri. Ma?muriy jixatdan 9 okrug (district)ra bo?linadi.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Surinam ? respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1987-yil 30 sentabrda qabul qilingan. Davlat boshlig?i ? prezident (2000-yildan Ronald Venetian), u parlament deputatlari tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (bir palatali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va u tayinlaydigan vazirlar maxkamasi (vitseprezident bosh vazir hisoblanadi) amalga oshiradi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Surinam hududining ko?p qismi Gviana yassitog?ligida (eng baland joyi ? Vilgelmina tog?i, 1280 m) joylashgan. Shimoliy payettekislik, qisman botqoqyaikdan iborat. Asosiy foydali kazilmalari: boksit, oltin rudalari, neft; shuningdek, temir rudalari, marganets, xrom, kamyob metallar (berill, niobiy, tantal) rudalari, gaz konlari ham bor. Ikdimi subekvatorial, issiq va sernam. O?rtacha oylik temperatura 26?28°. Yillik yog?in 2300? 3000 mm. Koranteyn, Maroni, Surinam daryolari sersuv, serostona, faqat quyi qismida kema qatnaydi. Pasttekislikning shimoliy savanna, janubidagi va yassitog?likdagi laterit tuprokdarda doim yashil o?rmonlar o?sadi. Mamlakat hududining 90% o?rmon bilan band. O?rmonlarda maymun, puma, tapir, yaguar, qushlar, sudralib yuruvchilar (jumladan, anakonda), savannada chumolixo?r, zirhlilar va boshqa yashaydi. Braunsberg tabiiy bog?i va bir necha qo?riqhonalar bor.

Aholisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Aholisi surinamliklar ? kreollar, hind va pokistonlik, indonez, negr, indeys, xitoy, yevropalik va boshqa Rasmiy til ? niderland tili. Dindorlari xristian, islom, hinduiylik dinlariga e?tiqod qiladi. Shahar aholisi 51%. Muhim shaharlari: Paramaribo, NivNikkeri.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Surinamda qadimdan indeyslar yashab kelgan. 1499-yil ispan dengizchisi Alonso de Oxeda bu yerga yetib kelgan. 1551-yil golland savdogarlari Surinam daryosi quyilish joyida qishloq qurishgan. 1593-yil Surinamni ispanlar, 1630-yil inglizlar, 1667-yil gollandlar bosib olgan. 1682-yil Niderlandiya hukumati Surinamni VestIndiya kompaniyasiga topshirgan, 1799-yil uni inglizlar bosib oldi. Plantatsiya xo?jaligi tashkil qilish uchun Afrikadan qulnegrlar keltirila boshlandi. 1802-yil Amyen sulh shartnomasiga ko?ra, Surinam Niderlandiyaga o?tdi. 1863-yil Surinamda qulchilik bekor qilindi. 2-jahon urush davrida bu yerda Amerika qo?shinlari joylashtirildi. 1945-yil 29 dekabrda Niderlandiya Qirolligi Surinamga ichki ishlar sohasida muxtoriyat huquqini berdi, tashqi siyosat va mudofaa masalalari Niderlandiya hukumati ixtiyorida qoldi. 1973-yil noyabrda Qonun chiqaruvchi kengashga o?tkazilgan saylovda milliy partiyalar bloki g?alaba qozondi. 1975-yil 25 noyabrda Surinam mustaqillikka erishdi. O?sha yil dekabrdan S?BMT a?zosi. Milliy bayrami ? 25 noyabr ? Mustaqillik e?lon qilingan kun (1975).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Surinam milliy partiyasi, 1946-yil asos solingan; Milliy birlik va birdamlik uchun partiya, 1947-yil tashkil etilgan; Ilg?or islohotlar partiyasi, 1949-yil tuzilgan; Milliy demokratik partiya, 1987-yil asos solingan; Yangilangan taraqqiyparvar partiya. Ilg?or kasaba uyushma federatsiyasi S47; Ilg?or ishchilar tashkiloti, 1948-yil tuzilgan; Surinam kasaba uyushmalari kengashi, 1987-yil asos solingan; Davlat xizmatchilari federatsiyasi; Surinam kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1951-yil tuzilgan.

Xo?jaligi, sanoati, transporti va iqtisodiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Iqtisodiyotining asosini konchilik tashkil qiladi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 32%, qishloq xo?jaligi.niki 10%, xizmat ko?rsatish sohasiniki 58%. Boksit qazib chiqarish sohasida dunyoda oldingi o?rinlardan birida turadi. Oltin ham qazib olinadi. Sanoati alyuminiy, shakarqand, yog?, margarin ishlab chiqarish., taxta tilish, yog?ochsozlik, konserva korxonalaridan iborat. Yiligao?rtacha 1,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Qishloq xo?jaligi mamlakatning oziqovqatga bo?lgan ehtiyojini qondirmaydi. Surinam hududining 1%dan kamroqerida dehqonchilik qilinadi. Asosiy qishloq xo?jaligi. ekinlari: sholi, shakarqamish, banan, sitrus mevalar, kokos yong?og?i, sabzavot. Qoramol, cho?chqa, qo?y, echki boqiladi. O?rmonlarda qimmatbaho nav yog?och tayyorlanadi. Baliq va krevetka ovlanadi.

Transport yo?li uzunligi 301 km, avtomobil yo?llari uzunligi 4,5 ming km. Asosiy dengiz portlari ? Paramaribo va Mungo. Surinam chetga boksit, alyuminiy oksidi va alyuminiy, sholi, sitrus mevalar, yog?ochtaxta sotadi; chetdan xom ashyo, chala tayyor mahsulotlar, sanoat uskunalari, transport vositalari, yoqilg?i, oziqovqat sotib oladi. AQSH, Niderlandiya, Norvegiya bilan savdo qiladi. Pul birligi ? surinam guldeni.

Maorifi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1976-yil 6?7 yohdan 12 yoshgacha bo?lgan bolalar uchun majburiy ta?lim joriy etilgan. Boshlang?ich maktabda o?qish muddati 6 yil, o?rta maktabda 5? 6 yil Davlatga qarashli maktablarda o?qish bepul, xususiy o?quv yurtlari ham bor. Darslar kreol, niderland, ingliz tillarida olib boriladi. Pedagog kadrlar 1 ped. va 2 o?qituvchilar institutida tayyorlanadi. Paramariboda Surinam universiteti (1968-yildan), Tropiklar ilmiy tadqiqot instituti, Madaniyat markazi (kutubxonasi bilan), Surinam muzeyi (kutubxonasi bilan) ishlaydi.

Matbuoti, radioeshittirishi, teleko?rsatuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

"Vare tayd" ("Xaqiqiy vaqt", kundalik gazeta, 1957-yildan), "Vest" ("G?arb", kundalik gazeta, 1909-yildan), "Omxoog" ("Cho?qqi", katolik xaftanoma, 1955-yildan). Surinam axborot agentligi (SNA), milliy axborot mahkamasi, 1977-yil asos solingan; "Stixting RadioOmrup Suriname", hukumat tijorat xizmati, 1965-yil tuzilgan. "Surinamse Televisi Stixting", hukumat teleko?rsatuv tijorat xizmati, 1965-yil tashkil etilgan.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Surinam va niderland tilida rivojlanayotgan adabiyotini X. Sxauten (18-asr), Y. King (19-asr) kabi shoirlar boshlab berishgan. 19-asr oxiri ? 20-asr boshlarida Surinam tili taqiqlandi, yarim asr mobaynida faqat niderland tilidagi asarlar nashr etiddi. A. Xelmanning hikoya va romanlari, A. de Komning she?rlari yuzaga keldi. 40y.larda Surinam tilini tiklash harakati boshlandi. Ma?rifatparvar I.A. Kunders xalqning milliy ongini uygotish uchun kurashdi. Shoirlardan A. Sangodaryoning "Kurash", K. Verlogenning "Porloq inqilob" to?plamlari, R. Dobruning she?rlari ijtimoiy muammolarni ko?tarib chiqdi. B. Vyanen, L. Van Myulirning qissa, hikoya va romanlari yeshlar hayetini, L. G. Ferrir, Rita Raman va Dobru asarlari Surinam xalqining mustaqillik yo?lidagi kurashini aks ettiradi. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. "Surinam" O?zME . S-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil