Sulton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sulton (arab. ? hukmdor, podshoh) ? 1) musulmon davlatlari boshliqlarining unvoni. 10-asrda islom mamlakatlarida xukmdor S. deb yuritilgan. Shohlar, xonlar va ularning farzandlari ismiga S so?zi qo?shib aytilgan. Rum sultonligi hukmdorlariga S. unvoni 11 a.ning 30y.laridan berila boshlangan. Mazkur unvonni 1-bo?lib saljuqiylardan bo?lgan To?g?rulbek 1038-yilda olgan va bu unvon 1055-yil Bag?dod zabt etilganidan so?ng xalifa tomonidan e?tirof etilgan. Usmonli turk hukmdorlari, Xorazmshoxlar, G?aznaviylar singari mustaqil davlat hukmdorlari ham S. atamasi bilan ifodalangan. Mo?g?ul istilosidan keyin Chingizxon xonadonining har bir vakili S. deb atalgan. Temuriylar saltanatida ham keng iste?molda bo?lgan. Shayboniylarda S. hukmdorlar, sulola vakillariga berilgan. Janubiy Arabiston va G?arbiy Afrikadagi yirik mulkdorlar, ba?zi qabila boshliklari, Hindiston va Indoneziyadagi ayrim hokimlar S. deb nomlangan. Marokashda 1957-yilgacha, Turkiyada 1922-yilgacha amalda bo?lgan; 2) kishi ismining tarkibiy qismi. Mas, Sulton Sanjar, Sulton Boyazid, Sulton Muhammad, Xalil Sulton, Ruqiya Sulton va boshqa

Yana qarang [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Petrosyan Yu.A., Osmanskaya imperiya, Moguhestvo i gibel, M., 1990.