한국   대만   중국   일본 
Stepan Nakonechniy - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Stepan Nakonechniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stepan Nakonechniy
Shaxsiy ma?lumot
To?liq ismi Stepan Fedorovich Nakonechniy
Tavallud sanasi 2-aprel 1942-yil ( 1942-04-02 ) (82 yosh)
Tavallud joyi Ukraina bayrogʻi Ukraina
Bo?yi 176
Ampluasi Hujumchi (sobiq)

Stepan Fedorovich Nakonechniy ( ukraincha : Степа?н Фе?дорович Наконе?чний , 1942 - yil 2-aprel Laskov, Xrubeshuvskiy poviat, Lyublin vodiysida tavallud topgan ? 2017-yil 3-iyul Rojishche , Volin viloyati , Ukrainada vafot etgan) ? sobiq sovet futbolchisi ( hujumchi ). U xususan Volin (Lutsk), Spartak (Brest), Rostselmash (Rostov) jamoalarida o?ynagan. U Rojishchenskiy bolalar va o?smirlar sport maktabining direktori bo?lgan ( Volin viloyati ).

Biografiya [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Xolm viloyatining Xrubeshuv tumani, Laskov qishlog?ida Fyodor va Varvara Nakonechniy dehqon oilasida tug?ilgan. 1944-yilda qishloqning ukrain aholisi Ukraina SSRga ko?chirildi.

Rojishchensk o?rta maktabini tugatgan (1959), Kiev jismoniy tarbiya institutida (1959-1961), Lvov jismoniy tarbiya institutida (1961?1964) o?qigan. Stepanning qobiliyatlarini uning jismoniy tarbiya o?qituvchisi V. A. sezgan. 1959-yilda u Kievning ?Lokomotiv“ jamoasida o?ynay boshladi. Keyingi yili bu jamoa poytaxt kubogini qo?lga kiritdi va Stepan Ukraina terma jamoasiga taklif qilindi. Kiev jamoasi tarkibida Ukraina chempioni bo?ldi. 1960-yilning kuzida u Moskvada bo‘lgan turnirda yoshlar jamoasida o?ynadi.

1961-yilda u SSSR chempionatining ?B“ ligasidagi ?Volin“ jamoasiga (Lutsk) ga o?tdi. 16 o?yinda 19 yoshli hujumchi 7 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to?purariga aylandi [1] . U Volin tarixidagi rasmiy o?yinlardagi birinchi xet-trikni amalga oshirdi (1961-yilda ?Kolxoznik Rovno“ga qarshi uy o?yinida (4:1) [2] . Keyingi yili ?Cherkasy kolxoznik“ bilan bo‘lgan o?yinda u oyog?idan jarohat oladi. Sog?aygach, u Brestning ?Spartak“ jamoasiga o?tdi.

1965-yilda institutni tamomlagandan so?ng Vostok va Andijon jamoalari tarkibida o?ynadi, Qozog?iston va O?rta Osiyoning 33 nafar eng yaxshi futbolchilari ro?yxatiga kirdi. 1967-yilda u Rostovning ?Rostselmash“ jamoasida o?ynadi, jamosining eng yaxshi olti o?yinchisi sifatida tan olinadi. U jarohat tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlab, 1968-yilda Rojishchenskiy bolalar va o?smirlar sport maktabida futbol murabbiyi bo?lib ishlay boshladi.

1970-yilda Stepan Nakonechniy shogirdlari ?Charm to?p“ respublika final turnirida ikkinchi o?rinni egalladi. Ikki yil o?tgach, Volin jamoasi Ukraina yoshlar kubogi finalida beshinchi o?rinni egalladi. 1971?1978-yillar davomida viloyat jamoasi 6 marta viloyat birinchiligida ikkinchi o‘rinni egalladi. 1973-yilda uning jamaosi Ukraina SSR Oltin kubogida uchinchi o?rinni egalladi. 1977-yilda Rozhishche shahridan Fermmash ?Sportivnoy gazeti“ kubogida uchinchi o?rinni egalladi. 1996-yildan Sankt-Peterburgdagi bolalar va o?smirlar sport maktabi direktori bo‘ldi.

Shaxsiy hayoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Stepan Nakonechniy Ukraina xalq ta?limi a?lochisi hisoblanad. Xotini ? Raisa Petrovna, musiqa o?qituvchisi. Ular bir o‘g‘il, bir qizni voyaga yetkazishdi. Stepan Nakonechniy 2017-yil 3-iyulda Rojishche shahrida 76 yoshida vafot etdi [3] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]