한국   대만   중국   일본 
Stadion - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Stadion

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Afinadagi Panatinaikos Stadioni atletik musobaqalar uchun mo?ljallangan.

Stadion ( yunoncha : stadion ? musobaqalar o?tkaziladigan joy) ? asosiy sport maydoni tomoshabinlar uchun tribunalar, yugurish, sakrash yo?lkalari, gimnastika va sport o?yinlariga mo?ljallangan maydonchalar, yordamchi bino va xonalarni uz ichiga olgan sport inshooti. Hozirgi zamonaviy S.larning kichik o?lchamdagi nusxasi Yunonistonning Olimpiya, Afina, Delfa va boshqa joylarida bunyod etilgan bo?lib, ular Olimpiada o?yinlari hamda boshqa musobaqalarni o?tkazishga mo?ljallangan. Bu S.lar to?g?ri to?rtburchak yoki taqasimon arenali bo?lib, yonida tomoshabinlar uchun joy qilingan. Olimpiada o?yinlarining tiklanishi (1896) ko?pgina mamlakatlarda yirik S.lar qurish uchun turtki bo?ldi (1-Olimpiadani o?tkazish maqsadida antik Afina Si ta?mirlandi). Qadimgi S.lardan farqli ravishda, hozirgi S.lar musobaqalar joyigina bo?lib qolmay, ularda sog?lomlashtirish va har xil sport turlari bo?yicha o?quvtrenirovka mashg?ulotlari ham o?tkaziladi. 1950?60 yillardan usti yopiq S.lar qurish keng avj oldi. Mustaqillikka erishilgandan so?ng O?zbekistonda zamonaviy sport inshootlari, jumladan, S.lar qurilishiga e?tibor kuchaydi. Hozir mamlakatda 350 ga yaqin S. bor (2004).

Stadion ( yun. στ?διον ? o?lchov birligi) sport o?yin va musobaqalari, konsertlar va boshqa voqealar o?tkaziladigan joy bo?lib, tomoshabinlar yerlashadigan tuzilma bilan qisman yoki to?liq o?ralgan bo?ladi. [1]

Stadion atamasi qadimgi yunonchadan kelib, taxminan 180 metrlik uzunlik birligini anglatadi.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]