Spirit (marsyurar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marsyurarning badiiy tasviri.
Marsda Quyosh botishi, Spirit olgan surat.

Spirit (ma?nosi: Ruh ; rasmiy nomi Mars Exploration Rover - A ) NASA loyihasi bo?lib, Mars sayyorasini o?rganuvchi robotdir . 2003-yil 10-iyunida Yerdan uchirilgan, 2004-yil 4-yanvarida Marsga qo?ngan. 2009-yil 1-mayda Mars tuproqlarida tiqilib qolgan, [1] oxirgi signali 2010-yil 22-martda yuborilgan.

Spirit 90 Mars sutkasi (taxminan 92 Yer sutkasi ) davomida ishlab, 1 km yurishi rejalashtirilgan edi. Biroq u kutilganidan ancha ko?p va muvaffaqiyatli ishladi (2208 Mars sutkasi, ~2269 Yer sutkasi), 7,73 km yo?l bosdi. [2]

Spirit tuproqqa tiqilib qolganidan beri undan signallar tobora kam kela boshladi. 2011-yil 24-maygacha NASA xodimlari u bilan aloqani tiklashga harakat qilishdi, bu harakatlar zoe ketdi va ertasi kuni NASA Spirit loyihasi nihoyasiga yetgani haqida xabar qildi. [3] [4]

Spirit ishi vaqtida anchagina foydali ma?lumotlar yig?ildi, jumladan, Marsda qachonlardir suyuq suv bo?lgani aniqlandi. [5]

Yana qarang [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]