한국   대만   중국   일본 
Spektakl - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Spektakl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Spektakl ( lotincha : spectaculum ? tomosha) ? teatr san?ati asari. Postanovkachirej. boshchiligida teatr jamoasi ( aktyorlar , rassom, kompozitor , baletmeyster va h.k.) tomonidan yaratiladi. Spektakl asosida pyesa ( opera va balet kompozitor partiturasi, libretto , ssenariy) mazmuni bilan belgilanuvchi g?oyaviy niyat yotadi. Tanlangan pyesaning talqin rejalari, dekoratsiya va liboslarning eskizlari, rollar taqsimoti teatr badiiy kengashida muhokama qilinadi. Rej. pyesa va obrazlarning talqin vositalarini muayyan g?oya va badiiy shaklga bo?ysundiradi, Spektaklning ko?rinishlari, yechimi va ramziy ishoralarini rassom bilan hamkorlikda hal qiladi. Aktyorlar bilan ishlash, mizansahnalarni belgilash, sahnaviy obrazlar va ular o?rtasidagi munosabatlarni shakllantirish Spektakl yaratish jarayonining hal qiluvchi shartlaridan biridir. Spektakl sintetik asar bo?lgani uchun undagi bezak, jihoz, libos, pardoz, musiqa va raqs vositalari, chiroklar va turli effektlar uni yanada boyitadi. Yana q. Teatr, Rejissyorlik san?ati, Aktyorlik san?ati.