한국   대만   중국   일본 
Sovun - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Sovun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qo?lbola sovun.

Sovun suv bilan birga tozalashda ishlatiluvchi yuzaviy-faol moddadir. Sovun qattiq yoki suyuq holatlarda ishlab chiqariladi.

Sovun ? tarkibida 8 tadan 18 tagacha uglerod atomi bo?lgan yuqori molekulali yog?, naften va smola kislotalarining tuzlari (qarang Karbon kislotalar ). Sovunda va ro?zg?orda (tovar S.) S. deganda karbon kislotalarning suvda eriydigan tuzlariga yuvuvchi ta?sirga ega bo?lgan ba?zi moddalarning qo?shilmasi tushuniladi. Bu aralashmalarning asosini to?yingan va to?yinmagan yog? kislotalari (stearin, palmitin, miristin, laurin va olein)ning natriyli (ba?zan, kaliyli va ammoniyli) tumari tashkil etadi. Mol. m. kichik kislotalar yuvuvchi ta?sirga ega emas, mol. m. katga kislotalar esa suvda yomon eriydi. Ishqoriy yer va og?ir metallar (mis, simob va boshqalar)ning tuzlari shartli ravishda "metall" S. deyiladi. Ularning ko?pchiligi suvda erimaydi, lekin uglevodlarda eriydi, bunday tuzlar plastik (konsistent) surkov materiali, loklar, plastifikatorlar va boshqa tayyorlashda qo?llanadi. Suvsiz natriyli S. ? qattiq modda, suyuqlanish temperaturasi 250?260°. S. ga suv qo?shilganda uning suyuqlanish temperaturasi pasayadi. Tovar S.ning suyuqlanish temperaturasi 100°. Qattiq S.ning zichligi 1050 kg/m³ ga yaqin; suvsiz S, gifoskopik S.ning yuvuvchi modda, ho?llagich, emulgator, peptizator, surkov materiallari va boshqa sifatida keng ishlatilishining sababi S. molekulalarning o?ziga xos tuzilganligidir. S. ? sirt faolmoddalaraan. S. suvli eritmalarda gidrolizlanadi. S. eritmasi ishqoriy reaksiyaga ega. O?ta suyultirilgan S. ionlarga to?liqdissotsiyalanadi. Qattik, suvda S.ning yuvuvchi ta?siri keskin pasayadi, chunki bunda suvda erimaydigan kalsiy va magniy tuzlari hosil bo?ladi (qarang Suvning qattiqligi ).

S. qadimdan ma?lum yuvuvchi vositadir. Qadimgi gallar va germanlar yog?larni o?simlik kuli, ohak va tabiiy ishqorlar bilan ishlab S. tayyorlaganlar. 17-asrda potash (K2SO3) qo?llab kaliyli suyuq ("yashil") S. ishlab chiqarilgan. 1800-yildan suyuq S.ga qaynatish paytida osh tuzi bilan ishlov berish orqali qo?lbola "qattiq va sariq" natriyli Sovunch. boshlangan. Ilk bor kalsinatsiyalangan sodadan foydalanib sanoat miqyosida S. ishlab chiqarish 18-asr oxirlarida amalga oshirilgan.

Ma?lumki, kir kiyimkechak va boshqa materiallarda turli yog?lar bo?ladi. Bunday materiallar suv bilan yuvilganda toza bo?lmaydi, chunki kir tarkibidagi yog?lar ho?llanmaydi. S. bilan yuvilganda S.ning tortadigan qismi (ya?ni karboksil guruh) kir tarkibidagi yog?larni ho?llaydi. Natijada materialdagi kir S. eritmasi bilan emulsiya hosil qiladi va suv bilan oson yuviladi.

S. neytral yog?larga o?yuvchi ishqorlar ta?sir ettirib yoki yog? kislotalarini o?yuvchi ishqorlar yoxud ishqorli karbonatlar bilan neytrallab olinadi. S. konsistensiyasiga ko?ra, qattiq, mazsimon, suyuk va poroshoksimon bo?ladi; ishlatilish maqsadiga qarab kir S, atir S. va texnik S.ga bo?linadi; tayyorlash usuli bo?yicha yelimli va o?zakli S.ga ajraladi.

Natural va gidrogenlangan holdagi o?simlik yog?lari, hayvon yog?lari, sintetik yog? kislotalari, yog?larni tozalashda hosil bo?lgan chiqindilar, kanifol S. tayyorlash uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. S. pishirish uchun neytral va parchalangan yog?lardan foydalaniladi.

Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Abramzon A. A., Poverxnoaktivnie veshestva, 2 izd., L., 1981.

Sobirjon Aminov.

Kimyoviy jihatdan sovun yog? kislotasining tuzidir . Odatda sovun yog? va ishqorlar (natriy gidroksid, kaliy gidroksid kabi) yoki natriy karbonat reaksiyalari natijasi o?laroq hosil qilinadi. Bunda ishqor va suv yog?ni gidrolizlab , glitserin va sovunga aylantiradi. Sovun tabiiy jarayon orqali ham hosil bo?lishi mumkin; hayvon murdalarining qisman sovunga aylangani kuzatilgan.

Zamonaviy sovunlarga ko?p miqdorda boshqa yuzaviy-faol moddalar (masalan, abraziv , enzimlar , oksidlovchilar , atir va hk) qo?shiladi.