Sirka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sirka suv va sirka kislota sidan iborat suyuq moddadir. Sirka kislotasi etanolning Acetobacteraceae tomonidan fermantatsiyalanishidan mahsul bo?ladi. [1] Bugunda asosan oshxonada ishlatiladi, biroq tarixan u zaif kislota sifatida sanoat, tibbiyot va kundalik ro?zg?orda ishlatilib kelinadi. Sirka sekin yoki tez fermentlanish jarayonlari orqali tayyorlanadi. Sekin jarayon an?anaviy bo?lib, bir necha hafta yoki oygacha cho?ziladi. Uzoq fermentlanish muddati bakteriyalardan iborat zaharsiz quyqa yig?ilishiga imkon beradi. Tezkor metodlarda suyuqlikka bakteriyalar qo?shilib, nasos yordamida kislorodlashtirish uchun havolantiriladi. Tez fermentlanish muddati 20 soatdan uch kungacha bo?ladi.

Sirka (ovqat sirkasi) ? oziqovqatga ishlatiladigan sirka kislotaning suvdagi (3?15%) eritmasi; sanoatda sirka essensiyasi (savdoga chiqariladigan oziq-ovqat sirka ktasining 80% li suvli eritmasi; sanoatda vino, pivo, kucheiz etil spirti eritmasini bijg?itish yo?li bilan olinadi) ga suv qo?shib tayyorlanadi. O?zbek pazandachiligida uy sharoitlarida S.ni uzum, anjir, olma va boshqa shirin mevalarning sharbatidan tayyorlanadi. Uzum S.si tayyorlash uchun yaxshi pishgan uzum sharbati sopol ko?za yoki xumchaga solinadi, har 1 l ga 100 g eski Sdan achitqi sifatida qo?shiladi. Idish og?zini zich yopib, kaynash uchun quyosh tushadigan joyga qo?yiladi. 1015 kundan so?ng qaynashi to?xtab S. yetiladi. Tayyor S. suzib, idishlarga quyiladi. Konserva, marinadlar, ziravor tayyorlashda, ovqatga ishtahabaxsh maza kiritish, kabob sirkalashda, tibbiyotda va boshqalarda ishlatiladi (qarang Konservalash ).

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]