Simon Kuznets

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Simon Smith Kuznets (1971)

KUZNETS (Kuznets) Saymon Smit (1901.30.4, Harkov - 1985.9.7, AQSH) ? amerikalik iqtisodchi. Ukrainada statistika bo?limining boshlig?i lavozimida qisqa muddat ishlagach, AQShga muhojir bo?lib ketgan. Kolumbiya universiteti doktori (1926X, Iqtisodiy tadqiqotlar Milliy byurosi a?zosi (1927?61). Pensilvaniya (1930?54), J.Gopkins (1954?60), Garvard (1960?71) universitetlari professor AQSH statistika assotsiatsiyasi (1949) va AQSH iqtisodiy asso-siatsiyasi (1954) prezidenti etib saylangan. K. iqtisodiy o?sish nazariyasiga katta hissa qo?shdi. O?sishning uzoq sikllari aholi o?sishi sur?atlari o?zgarishlariga bog?liqligini tadqiq qildi, ko?pgiva sanoati rivojlangan mamlakatlarda iste?molning daromadga nisbati bir necha o?n yilliklar davomida barqarorligini va belgilangan mahsulot hajmini ishlab chiqarish uchun zarur bo?lgan real kapital pasayish tendensiyasiga ega ekanligini aniqladi. K. pirovard mahsulot ishlab chiqarish, kapital va jamg?arishning shakllanishi, aholining turli tabaqalari o?rtasida daromadning taqsimlanishini aniq baholadi. Uning ishlari jahonning barcha mamlakatlari uchun yalpi milliy mahsulot, milliy daromadni hisoblashning yagona uslubini ishlab chiqishga imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1971). [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil