한국   대만   중국   일본 
Shimpanze - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Shimpanze

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shimpanze [1]
P. t. schweinfurthii (Kibale milliy bog?i, Uganda )
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Primatlar
Oila: Gominidlar
Urug?: Pan
Tur: troglodytes

Ostturlari
  • Pan troglodytes verus
  • Pan troglodytes ellioti
  • Pan troglodytes troglodytes
  • Pan troglodytes schweinfurthii
Sinonimlari
  • Simia troglodytes Blumenbach , 1775
  • Troglodytes troglodytes (Blumenbach, 1776)
  • Troglodytes niger E. Geoffroy , 1812
  • Pan niger (E. Geoffroy, 1812)
  • Anthropopithecus troglodytes ( Sutton , 1883)

Shimpanze ( Pan troglodytes ) ? odamsimon maymunlar oilasiga mansub urug?. Bo?yi 150 sm gacha, vazni 50?60 kg (pakana shimpanze ancha kichik). Oldingi oyoqlari orqadagisiga nisbatan uzun, panjasi tor, birinchi barmog?i kalta, boshqalari uzun. Orqa oyog?i barmoqlari o?rtasida qisqa teri parda bor. Jun rangi qora, boshi kichikroq, dumaloq, yuz skeleti bir oz oldinga bo?rtib chiqqan. Bosh miyasi 350?550 sm 3 . Quloq suprasi katta, tishlari boshqa odamsimon maymunlarga nisbatan kuchsiz rivojlangan.

2 turi: oddiy shimpanze (3 kenja turi: shveynfurtov shimpanze, chege shimpanze, oddiy shimpanze), pakana shimpanze (junlari uzun, labi qizil) bor. Sharqiy ekvatorial Afrika va Tanganikada tarqalgan. Yerda va daraxtda yashaydi, kafti orqasiga tayanib harakatlanadi, ko?chib yuradi, tunash uchun shoxshabbalardan murakkab in quradi. Hammaxo?r. Voyaga yetgan erkaklari qushlar va boshqalar mayda hayvonlar (tuyoqlilar bolasi, martishkalar, pavianlar)ni ov qiladi. 6?10 yilda voyaga yetadi. Homiladorlix davri 225 sutka, bolasini 3?4 yil boqadi. 50?60 yil umr ko?radi. Poda (50 yoki ko?proq individdan iborat) bo?lib yashaydi. Podaga kuchli erkagi boshchilik qiladi. Shimpanze juda qiziquvchan va emotsional hayvon. O?zaro tovush signallari (30 dan ortiq), imoishora, mimika, gavda holati orqali aloqa qiladi; oddiy narsalarni ishlatishni biladi. Lab. hayvonlari sifatida foydalaniladi.

Shimpanze ko?pchilik belgilariga ko?ra, biokimyoviy va genetik jihatdan odamga eng yaqin turadi. Shimpanze ikkala turining ham xromosomalar to?plami o?xshash bo?lib, 48 ta xromosomadan iborat. Molekulyar gibridizatsiya orqali odam bilan shimpanze DNKsi o?rtasidagi farq boshqa hayvonlar bitta urug?i 2 turi o?rtasidagi farqdan katta bo?lmasligini ko?rsatdi. Tajribalar shahrini ancha murakkab vazifalarni uddalay olishi, narsalarni qurol sifatida ishlata bilishi (yosh novdalarni sindirib olib, barg va po?stloqdan tozalashi, shiftga osilgan bananni yashiklarni ustmaust taxlab olishi), imoishoralarni o?rganib, o?z so?z boyligini orttirishi, ulardan ongli foydalana bilishi aniqlangan. Fiziologlar va psixologlar shahridan odam ajdodlari ongining rivojlanishini o?rganishda model sifatida foydalanishadi. Shimpanze tutqinlikka yaxshi ko?nikadi va ko?payadi. Shimpanze soni tabiatda keskin kamayib bormoqda. Pakana shimpanze Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkiloti Qizil kitobiga kiritilgan.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Groves, C. P. . Mammal Species of the World: A Taxonomic and Geographic Reference , 3-, Baltimore: Johns Hopkins University Press, 2005 — 183 bet. ISBN  0-801-88221-4 . OCLC 62265494 .  
  2. McBrearty, S.; Jablonski, N. G. (2005). ?First fossil chimpanzee“. Nature . 437-jild, № 7055. 105?108-bet. Bibcode : 2005Natur.437..105M . doi : 10.1038/nature04008 . ISSN   0028-0836 . PMID   16136135 . S2CID   4423286 .
  3. Humle, T.; Maisels, F.; Oates, J. F.; Plumptre, A.; Williamson, E. A. (2018). " Pan troglodytes " . IUCN Red List of Threatened Species 2016 : e.T15933A129038584. doi : 10.2305/IUCN.UK.2016-2.RLTS.T15933A17964454.en . https://www.iucnredlist.org/species/15933/129038584 . Qaraldi: 8-avgust 2021-yil .   Shimpanze]]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]