한국   대만   중국   일본 
Shima (Mie) - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Shima (Mie)

Koordinatalari : 34°19′41.5″N 136°49′46.8″E  /  34.328194°N 136.829667°E  / 34.328194; 136.829667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shima

志摩市
Shahar
Skyline of Shima
Shima
Bayroq
Shima
Gerb
34°19′41.5″N 136°49′46.8″E  /  34.328194°N 136.829667°E  / 34.328194; 136.829667
Mamlakat Yaponiya
Viloyat Kansai
Prefektura Mie
Hukumat
 ?  Mayor Chihiro Takeuchi
Maydon 179.67 km 2 (69.37 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
  (2021-yil)
47 774 kishi
Zichligi 270 kishi/km 2
Vaqt mintaqasi UTC+9
Telefon kodi 0599-44-0001
Shima xaritada
Shima
Shima
Shima shahar hokimiyati

Shima ( yaponcha : 志摩市 Shima-shi ? ) Yaponiyaning Mie prefekturasida joylashgan shahardir. 2021-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra, shaharda 22599 ta xonadonda 47272 nafar aholi istiqomat qiladi [1] , aholi zichligi har kvadrat kilometrga 270 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 179,67 kvadrat kilometr (69,37 milya) ga teng. Shima 2016-yilgi G7 sammitiga mezbonlik qilgan [2] .

Geografiyasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Shima uzoq sharqiy Mie prefekturasidagi Shima yarim orolining janubiy yarmida, Tinch okeanining Ise ko?rfaziga qaragan qismida joylashgan. Shaharda ikkita katta kirish joyi bo?lgan murakkab Rias qirg?og?i mavjud bo?lib, bular: Matoya ko?rfazi va Ago ko?rfazi. Matoya ko?rfazi ustritsa yetishtirish bilan mashhur, Ago ko?rfazi esa marvarid yetishtirish bilan dong taratgan. Ikkalasi ham diqqatga sazovor joylar hisoblanadi va butun shahar Ise-Sima milliy bog?i chegaralarida o?rnashgan.

Shimada uchta aholi yashaydigan orollar mavjud, jumladan: Vatakano oroli, Kashiko oroli va Masaki oroli. Vatakano oroli Matoya ko?rfazida, qolganlari esa Ago ko?rfazida joylashgan.

Qo?shni munitsipalitetlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mie prefekturasi

Demografiyasi

Iqlimi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Shima nam subtropik iqlimga ega (Koppen Cfa ), yozi issiq va qishi salqin hamda qor yog?maydi. Shima shahrida o?rtacha yillik harorat 16,6 °C ni tashkil etadi. Yillik o?rtacha yog?in 1965 mm, sentyabr esa eng seryog?in oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,6 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 6,8 °C atrofida bo?ladi [3] .

Demografiyasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Yaponiya aholini ro?yxatga olish ma?lumotlariga ko?ra [4] , Shima aholisi soni so?nggi 20 yil ichida tez sur’atlarga kamaygan.

Aholining o?sishi
Yil Aholi ±%
1950 65,444 ?    
1960 65,266 ?0.3%
1970 62,032 ?5.0%
1980 63,065 +1.7%
1990 62,877 ?0.3%
2000 61,628 ?2.0%
2010 54,7 ?11.2%
2020 46,057 ?15.8%

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Barcha Shima qadimgi Shima viloyati chegaralari ichida joylashgan edi. 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining yaratilishi bilan Vaga shahri hamda Katada, Fuseda, Koshiga va Goza qishloqlari tashkil etildi. Shima shahri 1954-yil 1-dekabrda ushbu munitsipalitetlarning qo?shilishi natijasida tashkil etilgan. Shima 2004-yil 1-oktabrda sobiq Shima shahrining Ago, Daio, Hamajima va Isobe (barchasi Shima tumanidan) shaharlari bilan birlashishi natijasida shaharcha maqomiga ko?tarildi [5] .

Hukumat [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Shima to?g?ridan-to?g?ri saylanadigan mer hamda 20 a?zodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega bo?lgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shima shahrida Mie prefekturasi assambleyasiga ikki a?zodan hissa qo?shish imkoniyati mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Mie 4-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tijorat baliq ovlash va turizm mahalliy iqtisodiyotda muhim rol o?ynaydi.

Ta?lim tizimi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Shima shahrida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan yetti davlat boshlang?ich maktabi va oltita davlat o?rta maktabi hamda Mie prefekturasi ta?lim boshqarmasi tomonidan boshqariladigan ikkita davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek, bitta xususiy litsey ham mavjud.

Transporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Temir yo?l [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kintetsu temir yo?li ? Shima liniyasi

  • Gochi ? Kutsukake ? Kaminog? ? Shima-Isobe ? Anagava ? Shima-Yokoyama ? Ugata ? Shima-Shimmei ? Kashikojima

Magistral yo?llar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Iseshima osmon chizig?i
  • Milliy yo?nalish 167
  • Milliy yo?nalish 260

Mahalliy diqqatga sazovor joylar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Yaponiyaning o?n beshta ko?tariluvchi mayoqlardan ikkitasi Shima shahrida joylashgan, bular: Anorisaki va Daiosaki. Ularning har biri 1950-yillarning ikkita mashhur filmi: Anorisaki Kinoshitaning ?Times of Joy and sorrow (Quvonch va qayg‘u davrlari)“ (1957-yil) va Daiosaki sur’atga ?Ozu’s Floating Weeds (Ozuning Suzib yuruvchi o‘tlar)“ (1959-yil) filmlari shu hududni tasvirlagan.

Galereya [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Shimacho Katada
Shima Kanko mehmonxonasi
Ichibantei Shima do?koni
Kou-jinja (Shima), haiden
Shahar manzaralari

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Rasmiy sayti (yaponcha)
  • Geographic data related to Shima, Mie at OpenStreetMap