한국   대만   중국   일본 
Shaxs - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Shaxs

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shaxs  ? alohida individ , mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U o?zida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda o?z yo?nalishi, tadqiqot obyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U o?ta murakkab, ziddiyatli, qarama-qarshi, o?zini o?zi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, ma?naviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantig?i jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.

Shaxsning shakllanish omillari ko?p va xilma-xiddir. Masalan, genetik (nasliy), biologik-tabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, o?z turdoshlari bilan munosabatlar va boshqalar shaxsning genetik jihati uning nasliy asosi, ajdodlaridan yetib kelgan fizionomiya, fe?l-atvor bilan, biofiziologik jihati esa yashash uchun quvvat olish, ovqatlanish, jinsiy aloqaga kirishish va nasl qoldirish singari individual ehtiyoj bilan belgilanadi.

Shaxs, mohiyatiga ko?ra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega bo?lgan, ijtimoiy-tarixiy an?ana, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini o?zida mujassam etadi. Uni har tomonlama o?rganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiyma?naviy me?yorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson shaxs sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining go?zal va farovon bo?lishiga ehtiyoj sezadi.

Shaxsning hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot ne?matlaridan to?la foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak ko?rinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega bo?lgan jonzotdir. Biroq u hamma vaqt ham to?laqonli shaxs bo?lib yetilmasligi mumkin.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]