Sharqiy Afrika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sharqiy Afrika

Sharqiy afrika - Afrikaning sharqiy qismidagi ekvatorial va subekvatorial kengliklardagi yerlarni o?z ichiga olgan tabiiy o?lka, shimolida Efiopiya afrikada tektonik kolar yoq yassitog?ligi, g?arbda Kongo botig?i , janubida Zambezi daryosining quyi oqimi va sharqda Hind okeani bilan chegaralangan. Sharqiy Afrika hududining aksari qismini Sharqiy Afrika yassitog?ligi (bal. 1000 m dan ziyod) egallaydi. Yassitog?lik tektonik yoriklar bilan parchalangan. Relyefida palaxsali tog?lar, lavali plato va vulkan konuslari (Afrikaning eng baland joyi ? Kilimanjaro so?ngan vulkani, 5895 m), tub terrasalar, uzilmali botiqlar va jarliklar navbatlanib joylashgan. Dengizbo?yi qismi kambar pasttekislikdan iborat. Iqlimi ekvatorial mussonli, issiq, mavsumiy nam iqlim. Yillik yog?in 500 dan 3000 mm gacha. Sharqiy Afrika yassitog?ligi Nil , Kongo , Zambezi va Hind okeaniga quyiladigan kichikroq daryolar havzalari o?rtasidagi suvayirg?ich vazifasini bajaradi. Ko?l ko?p ( Viktoriya , Tanganika , Nyasa va boshqalar). O?simliklari turli tipdagi savannalar va siyrak o?rmonlardan iborat, tog?larda o?simlikdar balandlik mintaqalari bo?ylab tarqalgan. Hayvonot dunyosi (ayniqsa, yirik sut emizuvchilar)ga boy. Hayvonlari Efiopiya zoogeografik oblastining Sharqiy Afrika oblastchasiga mansub. Sharqiy Afrikada Keniya , Uganda , Ruanda , Burundi , Tanzaniya , Zambiya , Malavi , Somali , Efiopiya va Jibuti davlatlari joylashgan.