한국   대만   중국   일본 
Sfalerit - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Sfalerit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sfalerit

Sfalerit (yun. sphaleros ? aldamchi), pyx aldamchisi ? sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi ZnS (67,1% Zn va 32,9% S). Izomorf aralashmalari: Fe(26% gacha), Mp (8,4% gacha), Si (15% gacha), Cd (9,2% gacha), In (2,5%gacha), Hg(35% gacha), Sn (2% gacha), Ti (1% gacha), Ga, Co, Ag. Temirga boy (10% dan ko?proq) turi marmatit, rangeiz va och ranglisi kleyofan deb ataladi. S. strukturasi ? S atomlaridan tashkil toptan zich kubik holatda bo?lib, tetraedrik bo?shliqlarda Zn atomlari joylashgan, ZnSNing geksagonal modifikatsiyasi vyursit deb ataladi. S.ning aralashmalarsiz xili rangeiz va shaffof, tarkibida Fe borlari jigarrangdanqoragacha, Fe aralashmasi oz bulganlarining yashilsarg?ish rangi Cdra, qizil rangi tarkibidagi Mp, Si, Ag, In va Ti ga bog?liq. Olmosdek yaltiroq. Qattiqligi 3,4?4; zichligi 3,9?4,1 g/sm³. Mo?rt. Pyezoelektrik va piro elektrik xususiyatlarga ega. Asosan gidrotermal konlar (galenit, pirit, xalkopirit, arsenopirit, kvars, kalsit, barit, dolomit bilan birga) hamda cho?kindi konlarsh hosil bo?ladi. Oksidlanish zonasida pyx sulfati (goslarit) va rux karbonati ? smitsonitta, metamorfizmda sinkitta, franklinit, villemit va boshqa minerallarga aylanadi. S. rux uchun asosiy ruda bo?lib, undan yana Cd, In va Ga kabi qimmatbaho nodir metallar ham ajratib olinadi. S. Qurama tog?lari yon bag?ridagi (O?zbekiston, Tojikiston) qo?rg?oshinrux (Qo?rg?oshinkon, Oltintopgan, Sardob), oltinkumush (Lashkarak, Qo?shbuloq), mismolibden (Qalmoqqir), kassiteritsulfidli (Novgarzonsoy) va boshqa ko?pgina rudali konlarda gidrotermal sharoitda paydo bo?ladi. O?zbekiston G?arbida Uchquloch, O?zbekiston janubida kolchedanpolimetalli Xondiza, Tozachorva (Hisor tog?lari) konlari mavjud.