한국   대만   중국   일본 
Seamus Heaney - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Seamus Heaney

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Seamus Heaney
Tavalludi 1939-yil, 13-aprel
Shimoliy Irlandiya, Castledawson, Tamniaran
Vafoti 2013-yil, 30-avgust
Irlandiya, Dublin, Blackrock
Ijod qilgan tillari Ingliz tili [1]
Fuqaroligi Irland
Faoliyat yillari 1966?2013
Faoliyat turi Shoir, dramaturg, tarjimon
Mukofotlari

Geoffrey Faber Memorial Prize 1968 E. M. Forster Award 1975 Nobel Prize in Literature 1995 Commandeur of the Ordre des Arts et des Lettres 1996 Saoi of Aosdana 1998 Golden Wreath of Poetry 2001 T. S. Eliot Prize 2006 The Griffin Trust for Excellence in Poetry Lifetime Recognition Award

2012

 

Seamus Justin Heaney MRIA ( / ? ? e? m ? s ? h n i /  ; 1939-yil 13-aprel ? 2013-yil 30-avgust) irlandiyalik shoir, dramaturg va tarjimon. U 1995-yilda adabiyot bo?yicha Nobel mukofotiga sazovor bo?lgan [2] [3] . Uning eng mashhur asarlari orasida "Death of Naturalist" (Tabiatshunosning o?limi", 1966) yozuvchining nashrdan chiqqan ilk yirik asari hisoblanadi. Heaney hayoti davomida Irlandiya she?riyat dunyosiga katta hissa qo?shganlardan biri bo?lgan va hozir ham uning ijodi yuqori darajada e?tirof etiladi. Amerikalik shoir Robert Lowell uni ?Yeatsdan keyingi eng atoqli irland shoiri“ deb ta?riflagan, shu jumladan akademik Jon Sutherlend ham uni ?zamonimizning eng buyuk shoiri“ deb ta?kidlagan [4] [5] . Robert Pinskiyning ta?kidlashicha, ?u ajoyib tinglovchi va kuzatuvchi sifatida hikoyanavislik iqtidoriga ega“ edi. 2013-yil vafotidan keyin The Independent uni ?ehtimol, dunyodagi eng mashhur shoir“ deb ta?riflagan.

Heaney Shimoliy Irlandiyaning Castledawson va Toomebridge o?rtasidagi Tamniaran shaharchasida tug?ilgan. Uning oilasi bolaligida shu atrofdagi Bellaghy shahriga ko?chib o?tgan. U Queen?s University universitetini tamomlagach, 1960-yillar boshida Belfastdagi St. Joseph’s College kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan va she?rlar nashr eta boshlagan. U 1976-yildan vafotigacha Dublinning Sandymount shahrida yashagan. U 1981-yildan 2006-yilgacha Qo?shma Shtatlarda yashagan.

Heaney 1981-yildan 1997-yilgacha Harvard professori, 1988-yildan 2006-yilgacha esa u yerda ?Poet in Residence“ dasturida ishtirokchi bo?lgan. 1989-yildan 1994-yilgacha u Oxfordda she?riyat bo?yicha professor bo?lgan. 1996-yilda u Arts et des Lettres ordeni uchun Commandeur etib tayinlandi va 1998-yilda Sanoi of the Aosdana unvoniga sazovor bo?ldi. U olgan boshqa mukofotlar orasida Geofrey Faber Memorial Prize (1968), EM Forster Award (1975), PEN Translation Prize (1985), The Golden Wreath of Poetry (2001), TS Eliot Prze (2006) va ikkita Whitbread Prize ham mavjud (1996 va 1999) [4] [5] . 2011-yilda u Griffin Poetry Prize va 2012 yilda Griffin Trust tomonidan umrbod e?tirof etiluvchi mukofot bilan taqdirlangan.

Heaney Shimoliy Irlandiyaning Bellaghy shahridagi St. Mary cherkovi qabristoniga dafn etilgan. Qabr toshida uning ?The Gravel Walks“ deb nomlangan she?rining ?Walk on air against your better judgement“ satrlari epitafiya sifatida yozilgan.

Yoshlik davri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Wearing a poppy bruise on the left temple,
He lay in the four-foot box as in his cot.
No gaudy scars, the bumper knocked him clear.

A four-foot box, a foot for every year.

?"Mid-Term break", "Death of a Naturalist" asaridan (1966)

Heaney 1939-yil 13-aprelda Castledawson va Toomebridge o?rtasidagi Mossbawn nomli oilaviy fermada tug?ilgan; u to?qqiz farzandning to?ng?ichi edi. 1953-yilda uning oilasi bir necha mil uzoqlikdagi Bellaghy shahriga ko?chib o?tdi. Uning otasi Patrick Heaney (vaf. 1986-yil, oktyabr), James va Sarah Heaneyning o?nta farzandidan sakkizinchi farzandi bo?lib, keyinchalik fermerlik va chorvachilik bilan shug?ullangan. Patrikni chorvachilik bilan ota-onasi erta vafot etganidan keyin tarbiyalagan amakilari tanishtirgan. Heaneyning onasi Margaret Kathleen McCan (1911-1984) edi, uning qarindoshlari mahalliy zig?ir fabrikasida ishlagan [6] [7] [8] .Heaney otasining timsolida mahalliy gallar o?rtasidagi ichki tarangliklarni, onasi timsolida esa, sanoatlashgan Ulsterni ko?rar edi.

Heaney Anahorish boshlang?ich maktabida o?qidi va o?n ikki yoshida Derrydagi Rim-katolik maktab-internati bo?lgan St. Columb’s College dan stipendiya yutib oldi. Christopher St. Columb’s maktabida o?qiyotganda Heaneyning 4 yoshli ukasi1953-yil fevral oyida yo?l-transport hodisasida halok bo?ldi. ?Mid-Term Break“ va ?The Blackbird of Glanmore“ she?rlari aynan shu hodisa bilan bog?liq [9] [10] .

Heaney bolaligida o?zi tug?ilgan hududdagi Castledawson klubida gal futboli bilan shug?ullangan va oilasi Bellaghyga ko?chib kelganida ham bu qiziqishi o?zgarmagan [11] .

Ish faoliyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1957-1969 yillar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Seamus Heaney 1970-yil

My grandfather cut more turf in a day
Than any other man on Toner's bog.
Once I carried him milk in a bottle
Corked sloppily with paper. He straightened up
To drink it, then fell to right away

Nicking and slicing neatly, heaving sods
Over his shoulder, going down and down
For the good turf. Digging.

The cold smell of potato mould, the squelch and slap
Of soggy peat, the curt cuts of an edge
Through living roots awaken in my head.
But I've no spade to follow men like them.

Between my finger and my thumb
The squat pen rests.
I'll dig with it.

?"Digging", Death of a Naturalist (1966)

Heaney 1957-yildan boshlab Belfastdagi Queen?s Universityda ingliz tili va adabiyoti bo?yicha tahsil oldi. Bu yerda bo?lganida, Ted Hughesning ? Luperkal “ asarining nusxasini topdi va bu uni she?r yozishga undadi. ?Birdaniga zamonaviy she?riyat masalasi mening hayotiy materialim bo‘lib qoldi“, degan edi u [4] . 1961-yilda u universitetni birinchi darajali imtiyozli diplom bilan tugatgan [12] .

Heaney Belfastdagi St. Joseph o?qituvchilarni tayyorlash kollejida (hozirda St. Mary’s University College bilan birlashtirilgan) o?qituvchilik sertifikatini olish uchun o?qidi va Belfastning Ballymurphy shahridagi St. Thomas o?rta maktabida dars berishni boshladi [13] . Ushbu maktabning direktori Monaghan okrugidan kelgan yozuvchi Michael McLaverty bo?lib, u Heaneyni Patrick Kavanaghning she?riyati bilan tanishtirdi [14] [15] . Heaney birinchi marta McLavertyning ko?magi bilan 1962-yilda she?rlar nashr eta boshladi. Sophia Hillan McLavertyning yosh Belfast shoiriga xuddi unga vasiylik qilayotgan otadek munosabatda bo?lganini ta?kidlaydi [16] . McLavertyning ?Collected Works“ (Tanlangan asarlari) ning muqaddimasida Heaney shoirning hissasi va ta?sirini shunday sarhisob qildi: ?Uning ovozi kamtarona, ammo baland edi, u hech qachon diqqat markazida bo‘lmasdi, shunga qaramay, uning adabiyotimizdagi o‘rni juda mustahkam“ [17] . Heaneyning ? Singing School from North “ (1975) kitobidagi Fosterage she?ri McLavertyga bag?ishlangan [18] .

1963-yilda Heaney St. Josephda ma?ruza qila boshladi va o?sha paytda Queen?s universitetida ingliz tili o?qituvchisi bo?lgan Philipp Hobsbaum tomonidan tashkil etilgan Belfast Group shoirlar jamoasiga qo?shildi. Bu orqali Heaney boshqa Belfast shoirlari, jumladan Derek Mahon va Michael Longliey bilan uchrashdi [12] .

Heaney 1962-yilda St. Josephda Tyrone okrugidagi Ardbo shahrida tug?ilgan Marie Devlin bilan tanishib, 1965-yilning avgustida turmush qurishdi [8] [12] . Maktab o?qituvchisi va yozuvchi bo?lgan Devlin "Over Nine Waves" (1994) nomli an?anaviy irland mif va afsonalari to?plamini nashr etgan. Heaneyning birinchi kitobi ?Eleven Poems“ 1965-yil noyabr oyida Queen?s universiteti festivalida nashr etilgan [19] . 1966-yilda ularning to?ng?ich o?g?li Maykl tug?ildi. Ikkinchi o?g?li Kristofer esa, 1968-yilda tug?ilgan.

Heaneyning birinchi yirik to?plami "Death of Naturalist" 1966-yilda Faber and Faber tomonidan nashr etilgan. Ushbu to?plam juda ko?p tanqidchilarning olqishlarga sazovor bo?ldi va bir qancha mukofotlarni olib keldi, jumladan, Gregory Award for Young Writers va Geoffrey Faber Prize [15] . O?sha yili u Belfastdagi Queen?s universitetida zamonaviy ingliz adabiyoti bo?limiga o?qituvchi etib tayinlandi. 1968-yilda Heaney va Michael Longley shoir ijodi haqida xabardorlikni oshirgan ?Room to Rhyme“ deb nomlangan ijodiy sayr o?tkazishdi. Keyingi yili u o?zining ikkinchi yirik to?plami "Door into the Dark" ni nashr etdi [20] .

1970-1984-yillar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Heaney 1970-1971-o?quv yilida Berkeley of California universitetida ingliz tili bo?yicha professor sifatida dars bergan [21] . 1972-yilda u Belfastdagi ma?ruzasini tugatib, Irlandiya Respublikasidagi Wicklowga ko?chib o?tdi va bor vaqtini ijodga bag?ishladi. O?sha yili u o?zining uchinchi to?plami ? Wintering Out“ ni nashr etdi. 1975-yilda Heaneyning navbatdagi to?plami North nashr etildi [22] . O‘sha yili ?Stations“ nomli nasriy she?rlar risolasi ham chop etilgan.

1976-yilda Heaney Dublindagi Carysfort kollejida ingliz tili bo?limi boshlig?i etib tayinlandi va oilasi bilan Sandymount shahriga ko?chib o?tdi. Uning navbatdagi to‘plami ? Field Work “ 1979-yilda nashr etilgan. 1965-1975 yillardagi "Selected Poems " va ? Preoccupations: Selected Prose 1968-1978“ 1980-yilda nashr etilgan. 1981-yilda Aosdana, milliy Irlandiya Badiiy Kengashi tashkil etilganida, Heaney birinchi guruhga saylanganlar qatorida edi. (Keyinchalik u 1997-yilda Saoi, ya?ni beshta oqsoqolning sardori etib saylangan [23] .

Shuningdek, 1981-yilda Heaney Amerika Qo?shma Shtatlariga Harvard professori sifatida tashrif buyurdi va u yerda Adams House bilan hamkorlik qildi. U Queen?s universiteti va Nyu-York shahridagi Fordham universitetining ikkita faxriy doktori unvoniga sazovor bo?lgan (1982). 1982-yil 23-mayda Fordhamning ochilish marosimida u o?z murojaatini ?Verses for a Fordham Commencement“ deb nomlangan 46 bandlik she?r orqali taqdim etdi [24] .

Shimoliy Irlandiyada tug?ilgan va ta?lim olgan Heaney o?zining ingliz emas, irland ekanligini ta?kidlaydi [25] . ?Field Day Theatre Company“ tomonidan Brian Friel’s Translationsspektaklining muvaffaqiyatidan so?ng, asoschilar Brian Friel va Stephen Rea bir jamoada birlashishga qaror qilishdi. 1981-yilda Heaney bu kompaniyaning kengaytirilgan direktorlar kengashi tarkibiga qo?shildi. 1984-yil kuzida onasi Margaret vafot etdi [26] [27] .

1985-1999-yillar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Marie va Seamus Heaney Dominikan cherkovida, Krakov , Polsha, 4-oktyabr 1996-yil

Heaney Harvardda 1985-1997-yillarda Boylstonning ritorika va notiqlik professori va 1998-2006-yillarda Harvard rezidentsiyasida shoir bo?lib ishlagan [28] . 1986-yilda Heaney Bates Collegedan Litt. D unvonini oldi. Uning otasi Patrick o?sha yilning oktyabr oyida vafot etdi [26] . Ikki yil ichida ota-onasidan ayrilishi Heaneyga qattiq ta?sir qildi va u o?z qayg?usini she?rlar bilan ifodaladi [26] . 1988-yilda uning ?The Government of the Tongue“ tanqidiy maqolalari to‘plami nashr etildi.

1985-yilda Heaney Amnesty International of Ireland iltimosiga binoan ?From the Republic of Conscience“ she?rini yozdi. U ?Birlashgan Millatlar Tashkiloti kunini va Amnistiya ishini nishonlashni“ xohlagandi [29] . Ushbu she?r Xalqaro Amnistiya tashkilotining eng oliy sharafi ? ?Vijdon elchisi“ mukofoti taqdim etilishiga sabab bo?ldi [30] .

1988-yilda Heaney Jorjiya shtati Atlanta shahridagi Emory universitetida zamonaviy adabiyot bo?yicha taniqli Ellman ma?ruzasini o?qiganidan so?ng, universitetning qo?lyozmalar, arxivlar va nodir kitoblar kutubxonasiga (MARBL) o?zining ma?ruza matnlarini sovg?a qildi [31] .

1989-yilda Heaney 1994-yilgacha besh yillik muddatga Oksfordning she?riyat professori etib saylandi. Kafedra undan Oksfordda yashashni talab qilmadi. Bu davr mobaynida u o?z vaqtini Irlandiya va Qo?shma Shtatlar o?rtasida taqsimladi. Shuningdek, u ommaviy o?qish tadbirlarini davom ettirdi. Tadbirlarni ko?plab tomoshabinlar intiqlik bilan kutishar edi. Ba?zan chiptalar uchun navbatda turganlarni ?Heaneyboppers“ deb atashadi [32] .

1990-yilda Sofoklning ?Filoktetalari“ asosida yozilgan ?A Cure at Troy“ [33] pyesasi nashr etildi. Keyingi yili u yana bir she?riy to?plami ? ? Seeing Things“ (1991)ni nashr etdi. Heaney ?Trinity College Dublin“ falsafiy jamiyatining faxriy homiysi deb topildi va Qirollik adabiyot jamiyatining faxriy a?zosi etib saylandi (1991) [34] .

1993-yilda Heaney mehmon sifatida Oxford universiteti va Cambridge universitetlari talabalarining yangi ijodiy to?plami bo?lgan The Mays antologiyasini tahrir qildi. O?sha yili u Dickinson kolleji san?at mukofotiga sazovor bo?ldi va Pennsylvania kollejiga qaytib, faxriy unvonni oldi. U 2013-yilda vafot etmaganida, yirik adabiyot arbobi nomi uchun Harold va Ethel L. Stellfox mukofotini olish uchun yana Dickinsonga qaytishi kerak edi. Qisman ikki shoir o?rtasidagi yaqin aloqani e?tirof etish uchun mukofot Irlandiyalik shoir Paul Muldunga topshirildi.

Heaney 1995 -yilda ?Kundalik mo‘jizalar va tirik o‘tmishni ulug‘laydigan lirik go‘zallik va axloqiy teranlik asarlari uchun“ adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi [35] . Bu xabar chiqqanida u rafiqasi bilan Gretsiyada dam olayotgan edi. Ikki kundan keyin u Dublin aeroportiga yetib borguniga qadar na jurnalistlar, na o‘z farzandlari u bilan bog?lana olishmadi, garchi Irlandiya telekamerasi uni Kalamataga kuzatib qo‘ygan bo?lsa ham. Irlandiyadagi Nobel mukofoti sovrindorari WB Yeats , George Bernard Shaw va Samuel Becketning qatoriga nomi qo‘shilganda o‘zini qanday his qilgani haqidagi savolga Heaney shunday javob berdi: ?Bu xuddi tog‘ tizmasi etagida turishga o‘xshaydi. Umid qilamanki, siz ham buni tushunasiz. Bu g?ayrioddiy tuyg?u“ [36] . U va uning rafiqasi Marie darhol aeroportdan Aras an Uachtarainga prezident Mary Robinson bilan mukofotni nishonlab, shampan ichish uchun olib ketilgan [36] . U boshqalar mukofotni ehtiyotkorlik bilan ?The N Thing“ deb ataydi [37] .

Heaneyning 1996-yildagi The Spirit Level to?plami Whitbread Book ofThe Year mukofotiga sazovor bo?ldi; u bu muvaffaqiyatni 1999-yilda Beowulf: A New Verse translation bilan takrorladi [38] .

Heaney 1996-yilda Irlandiya Qirollik akademiyasining a?zosi etib saylangan va 1997-yilda a?zo sifatida qabul qilingan [39] . Xuddi shu yili Heaney Aosdana Saoi etib saylandi [40] . 1998-yilda Heaney Dublin Trinity kollejining faxriy a?zosi etib saylandi [41] .

2000-yillar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2004-yilda Queen?s University Belfastda ochilgan Seamus Heaney Centre for Poetry
Seamus Heaney 2009-yil

2000-yilda Heaney faxriy doktor unvoniga sazovor bo?ldi va Pensylvania universitetida nutq so?zladi [42] . 2002-yilda Heaney Rodos universitetining faxriy doktori unvoniga sazovor bo?ldi va ?Guttural Muse“ mavzusida ochiq ma?ruza qildi .

2003-yilda Queen?s University Belfastda Seamus Heaney she?riyat markazi ochildi. Unda Heaney media arxivi joylashgan bo‘lib, uning butun ijodi hamda radio va televideniye taqdimotlarining to‘liq katalogi mavjud [43] . O?sha yili Heaney o?zining adabiy arxivining katta qismini Emory universitetiga, universitetning yaqinda nafaqaga chiqqan prezidenti William M. Chasening ishiga yodgorlik sifatida joylashtirishga qaror qildi [44] [45] . Emory qo?lyozmalari Heaney (1964-2003) asarlarining eng katta omborini tashkil etgan. Heaney ularni irlandiyalik yozuvchilar, jumladan Yeats, Paul Muldoon , Ciaran Carson , Michael Longley va Belfast guruhining boshqa a?zolaridan iborat katta arxivni yaratishga yordam berish uchun sovg?a qildi.

2003-yilda zamonaviy madaniyatda she?riyat va qo?shiq so?zlariga qiziqish uyg?otadigan biron bir ijodkor bormi, degan savolga Heaney Detroitlik amerikalik rep ijrochisi Eminemni maqtab, shunday degan edi: ?U har narsaning imkoni borligi haqidagi tuyg?uni yaratdi. U bir avlod atrofida kuchlanish hosil qildi. U buni nafaqat vayronkorlik munosabati, balki og?zaki nutqdagi energiyasi orqali ham amalga oshirdi“ [46] [47] . Heaney 2004-yilgi Yevropa Ittifoqi kengayishi munosabati bilan ?Beacons at Bealtaine“ she?rini yozgan. U she?rni Irlandiya Yevropa Ittifoqi raisligi tomonidan tashkil etilgan kengaytirilgan marosimda Yevropa Ittifoqining 25 yetakchisi uchun o?qidi.

2006-yil avgust oyida Heaney insultga chalindi. Garchi unga yurak monitori [48] o‘rnatilganida, ?kardiostimulyatorlar meni tinchlantirib qo?ydi“ deb hazil qilgan bo‘lsa-da, bir necha oy davomida barcha ommaviy tadbirlarni bekor qildi [49] . Dramaturg Braian Frielning rafiqasi Anne Frielning 75 yoshga to?lgan kunida u Donegal okrugida edi [8] [50] . U Henning Mankell, Donna Leon va Robert Harris asarlarini kasalxonada o?qib chiqqan. Uni ko?rishga kelganlar orasida sobiq prezident Bill Klinton ham bor edi [8] [51] .

Heaneyning District and Circle 2006-yilda TS Eliot mukofotiga sazovor bo?ldi [52] . 2008-yilda u Daniyaning Østermarie shahrida faxriy ijodkor deb e?lon qilindi. Seamus Heaney Stræde ko?chasi uning nomi bilan ataldi. 2009-yilda Heaneyga adabiyot arbobi sifatidagi ajoyib roli uchun University College Dublin (UCD) yuridik jamiyatining Faxriy a?zoligi mukofoti topshirildi [53] .

Faber and Faber 2008-yilda Dennis O?Driskollning ? Stapping Stones: Interviews with Seamus Heaney “ kitobini nashr etdi; Bu Heaneyning tarjimai holiga eng yaqin asar sifatida tasvirlangan [54] . 2009-yilda Heaney adabiyot bo?yicha David Cohen Prize mukofotiga sazovor bo?ldi. U 2009-yil 13-aprelda bo?lib o?tgan 70 yillik yubileyini nishonlash uchun o?zining she?riy to?plamlari bilan12 soatdan ortiq og?zaki nutq albomini yozdi [55] [56] [57] .

2010-yillar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

U 2010-yil iyul oyida West Belfast festivalida o?zining ustozi, she?rlarini birinchi marta nashr etishda yordam bergan shoir va yozuvchi Michael McLavertyga bag?ishlangan marosimda nutq so?zladi [58] .

2010-yil sentyabr oyida Faber Heaneyning o?n ikkinchi to?plamini nashr etdi. Human Chain ?Eng yaxshi to?plam“ uchun Forward Poetry Prize mukofotiga sazovorbo?ldi. Shoirning birinchi kitobidan 44 yil o?tib nashr etilgan kitob qisman 2006-yilda Heaney insultga chalinganidan keyin yaratilgan edi. Poet and Forward sudiyasi Ruth Padel bu asarni ?og?riqli, halol va nozik vaznli she?rlar to?plami … ajoyib va insoniy yutuq“ deb ta?rifladi [59] . Yozuvchi Colm Toibin ? Human Chain “ ni ?ko?p yillar davomidagi eng yaxshi to?plami va u yozgan eng yaxshi she?rlarini o?z ichiga olgan kitob“ deb ta?riflagan: ?bu kitob soyalar va xotiralar, shivirlar, yer osti olamiga sayohatlar, elegiya va tarjimalar, aks-sado va sukunat kitobidir“ [60] . 2010-yil oktyabr oyida to?plam TS Eliot mukofotiga nomzodlar ro?yxatiga kiritilgan.

Heaney 2011-yilda The Observer nashri tomonidan ?Britaniyaning eng yaxshi 300 ziyolilari“ ro?yxatiga kiritilgan edi. Keyinchalik gazeta ro?yxat ichidan ?Britaniyalik emasligini ta?kidlovchilar“ ni alohida belgilab, nashr etgan. Ularning orasida Heaney ham bor edi [61] . O?sha yili u ?Songs of the Scribe“ to?plami uchun Padraignin Ni Uallachain qarorgohida An?anaviy qo?shiqchining Old Irish Marginalia qo?shig?ining tarjimasiga hissa qo?shdi [62] .

2011-yil dekabr oyida u o?zining shaxsiy adabiy qo?lyozmalarini Irlandiya Milliy kutubxonasiga sovg?a qildi. Garchi qo?lyozmalarini kim oshdi savdosiga qo?yib, yaxshigina boylik orttirishi mumkinligini bilsa ham Heaney shaxsan o?zi barcha qo?lyozma va qoralamalarini yig?di va o?g?li Michael hamrohligida Milliy kutubxonaga topshirdi.

2012-yil iyun oyida Heaney Griffin Trust for Excellence in Poetry’s Lifetime Recognition Award bilan taqdirlandi va mukofot sharafiga nutq so?zladi [63] .

Heaney o?limidan avval 1988-2013-yillardagi Tanlangan she?rlari to?plamini tuzayotgan edi. To?plamga ?Seeing things“, "The Spirit Level ", " Beowulf " tarjimasi, ?Electric Light“, ?District and Circle“ va ?Human Chain (2014 yil, kuz) she?rlari kiritilgan.

2014-yil fevral oyida Emory universitetida ? Seamus Heaney: The Music of What Happens“ ko?rgazmasining premyerasi bo‘lib o‘tdi, bu Seamus Heaney vafotidan keyin uning hayoti va ijodini nishonlaydigan birinchi yirik ko‘rgazma edi. Ko?rgazmada Heaney 1980-yillarda foydalangan shaxsiy yozuv stolining, shuningdek, eski fotosuratlar va boshqa yozuvchilar bilan bo?lgan yozishmalari namoyish etilgan. Heaney 2013-yil avgust oyida, ko‘rgazmaning kuratorlik jarayoni davom etayotganida vafot etdi. Ko?rgazmada Heaney hayoti va ijodini ulug?lash maqsadi birinchi o?rinda tursa-da, u yerda yozuvchining o?limi va bu o?limning muxlislarga qanday ta?sir ko?rsatganini eslatuvchi kichik bo?lim ham mavjud.

2015-yil sentabrida Heaneyning oilasi uning The Aeneid VI kitobining tarjimasini 2016-yilda nashr etilishini e?lon qilindi .

O?lim [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Seamus Heaney 2013-yil 30-avgust kuni 74 yoshida qisqa muddatli kasallikdan so‘ng Dublindagi Blackrock klinikasida vafot etdi [64] [65] [66] . Dublindagi restoran oldida xushini yo?qotganidan so?ng [66] tibbiy muolaja uchun kasalxonaga olib kelindi, ammo ertasi kuni ertalab soat 7:30 da vafot etdi. Uning dafn marosimi 2013-yil 2-sentyabr kuni ertalab Dublinning Donnibruk shahrida bo?lib o?tdi va u kechqurun o?zining Bellagi qishlog?ida, ota-onasi, ukasi va boshqa oila a?zolari bilan bir qabristonda dafn qilindi [64] [67] . Uning o?g?li Michael dafn marosimida otasi o?limidan bir necha daqiqa oldin rafiqasi Mariega ? Noli timere “ (lotincha: ?Qo?rqma“) so?zlarini yozganini aytdi [48] [68] [69] .

Uning dafn marosimi ertasi kuni RTE televideniyesi va radiosida jonli efirga uzatildi va RTE veb-saytida xalqaro miqyosda translyatsiya qilindi. RTE Radio 1 Extra ertalab soat 8 dan 9:15 gacha 2009-yilda Heaney tomonidan yozilgan ? TCollected Poems “ to?plami haqida uzluksiz eshittirishni uzatdi [70] . Uning she?riy to?plamlari vafotidan so?ng Irlandiya kitob do?konlarida tezda sotilib ketdi [71] .

Heaney vafotidan so?ng, uning hotirasiga ko?plab muhim shaxslar hurmat bajo keltirishgan. Prezident Michael D. Higgins shunday degan edi:

… biz Irlandiyada Seamus Heaneyning zamonaviy dunyomizga qo?shgan hissasi chuqur va naqadar keng ko?lamli ekanligini hamon his qilamiz, ammo uning do?stimiz sifatida yonimizda bo?lgani, samimiy va iliq shaxsiyati o?rnini hech narsa bosa olmaydi . . . Irlandiyaning kelajak avlodlari ham Seamusning she?rlari bilan tanish bo?lishadi. Butun dunyodagi olimlar uning tanqidiy maqolalaridan foyda olishadi va ko?plab huquq tashkilotlari unga vijdon respublikasi ichidagi kurashlar jarayonida ko?rsatgan birdamligi uchun minnatdorchilik bildirishadi.

Prezident Higgins, shuningdek, Aras an Uachtarain qarorgohidan turib " Nine O'Clock News" telekanalida jonli efirda ishtirok etdi va Seamus Heaney hotirasiga hurmat bajo keltirdi [72] . AQShning sobiq prezidenti Bill Clinton shunday degan edi:

Uning beqiyos ijodi ham, hayoti ham dunyo uchun bir sovg?a kabi edi. Uning aqli, yuragi va til borasidagi irlandlarga xos noyob iqtidori uni oddiy hayot ritmlari aks ettiruvchi eng yaxshi shoirga va tinchlik uchun hayqiruvchi kuchli ovozga aylantirdi. . . Uning irlandiyalik Nobel mukofoti sovrindorlari Shaw, Yeats va Becketlar ijodi singari o?ziga xos ijodi butun dunyo uchun abadiy sovg?a bo?lib qoladi [73] .

Jose Manuel Barroso, Yevrokomissiya rahbari:

Bugun men davrimizning buyuk shoirlaridan biri Seamus Heaney vafot etganini bilib, chuqur qayg?uga tushdim. . . . Uning so?zlarining kuchi, go?zalligi va xarakteri keyingi avlodlar uchun bir meros bo?lib saqlanib qoladi va adabiyot bo?yicha Nobel mukofotini olgan ijodkor sifatida haqli ravishda e?tirof etildi [73] .

Harvard universiteti quyidagicha bayonot bergan edi:

Biz Seamus Heaneyni Harvard oilasining hurmatli a?zosi deb bilganimizdan baxtiyormiz va bu bilan faxrlanamiz. Butun dunyo ahli uchun bo‘lgani kabi, biz uchun ham u shoir degan nom insoniy idrok va badiiy tasavvur, nozik hikmat va yorqin inoyat bulog‘i ekanligini isbotlab berdi. Biz uni chuqur mehr va hayrat bilan eslaymiz [73] .

Heaneyning yaqin do?sti, shoir Michael Longley shoirning o?limidan so?ng ?Men o?zimni xuddi tug?ishgan ukamni yo?qotgandek his qilyapman“ degan edi [74] . Thomas Kinsella bu xabardan hayratda qolganini aytdi, lekin John Montegue shoirning ahvoli yaxshi emasligini anchadan beri bilganini aytdi [75] . Dramaturg Frank McGuinness Heaneyni ?Tengdoshlarim orasidagi eng buyuk irlandiyalik: unga teng keladigan raqobatchilar yo?q edi“ deb aytadi [76] . Colm Toibin shunday deb yozgan edi: ?Yonishlar va portlashlar avj olgan davrda Heaney insonlarga muqobil dunyo taklif qilish uchun she?riyatdan foydalangan.“ Gerald Dawe shoirni ?Heaney qo?lingizdan kelganini qilishga undaydigan akaga o?xshardi“ deb eslaydi [76] . Theo Dorgan shunday degan edi: ?Heaneyning ijodi abadiy saqlanib qoladi. Qayerga borsam ham, bundan hayratga tushaman. Seamus bizning do?stimiz edi“. Uning Faber va Faber nashriyoti ijodkornining ?adabiy madaniyatga ta?siri beqiyos“ ekanligini ta?kidlaydi [77] . Dramaturg Tom Stoppard shunday degan edi: ?Seamus hech qachon tushkunlikka tushmagan, na hayotda, na ijodda“ [76] . Buyuk Britaniya mukofotining sobiq sovrindori va Heaneyning do?sti Andrew Motion uni ?buyuk shoir, she?riyat haqida yozgan ajoyib yozuvchi va chinakamiga iqtidor va aql-zakovatga ega shaxs“ deb atagan [74] .

Heaney uchun ko?plab xotira tadbirlari tashkil etilgan, jumladan Emory universiteti [78] , Harvard universiteti, Oxford universiteti va Londondagi Southbank markazida tadbirlar o?tkazildi [79] [80] [81] . AQShning yetakchi she?riyat tashkilotlari a?zolari ham ijodkorni xotirlash uchun Nyu-Yorkda yig?ilishdi [82]

Faoliyat [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Insoniyat yashash uchun eng yorqin sharoitlarni yaratishida she'riyat taklif qiladigan voqelik tasavvuri o'z davri va joyining ma'lum holatlari haqida yozish bilan cheklanib qolmasligi kerak. Chinakam ijod qilishni istaydigan shoir ijod jarayonida o'zi guvoh bo'lib turgan narsalarga ko'z yumib ketmasligi lozim.
? Joy Or Night: Last Things in the Poetry of W. B. Yeats and Philip Larkin , Seamus Heaneyning W. D. Thomas Memorial Lecture ma'ruzasidan parcha, University College of Swansea, 18-yanvar, 1993-yil.

Naturalizm [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Bir vaqtlar Heaneyning kitoblari Buyuk Britaniyadagi tirik shoirlarning kitoblari sotuvining uchdan ikki qismini tashkil qilgan [4] . Uning asarlari ko?pincha Irlandiya bilan, xususan, u tug?ilgan va yoshlik davri o?tgan Shimoliy Irlandiya bilan bog?liq. O?zining yoshlik davri va ta?limi haqida gapirar ekan, u shunday deydi: ?Men zamonaviy dunyoga butkul teskari va eskicha deb hisoblagan Derry okrugida orttirgan tajribam aslida menga tayanch bo?lishini bilib oldim. Menga bu ishonchni o‘rgatishdi va uni ifodalashda yordam berishdi“ [83] . "TDeath of a Naturalist" (1966) va "Door into the Dark" (1969) filmlarida asosan qishloqdagi hayot tafsilotlariga e?tibor qaratilgan [83] .

"Door into the Dark (1969) va ?Wintering Out“ (1972) asarlari bilan boshlangan bir qator to?plamlarda Heaney shimoliy Irlandiya botqoqliklari haqida ham yozishga ko?p vaqt sarflagan. Shimol to?plamidagi (1975) bir nechta she?rlarda botqoqda saqlanib qolgan parchalangan tanalar haqida aytib o?tilgan. Ciaran Carsonning taqrizida botqoq mavzusidagi she?rlari Heaneyni ?qudrat laureati, afsona yaratuvchi, rituallarni barbod qiluvchi antropologga aylantirgani hamda megalit eshiklari va maftunkor vahshiylik dunyosi“ga olib kirganini aytgan edi. Heaney ?Bogland“, ?Bog Queen“ kabi she?rlarida ilk bor bevosita siyosiy kurashlarni yoritgan [84] .

Siyosat [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Butun umri davomida Shimoliy Irlandiyada keng tarqalgan mazhablararo tafovutga ishoralar uning she?rlarida ham o?z aksini topgan [85] [86] . Uning ?Wintering Out“ (1973) va ?North“ (1975) kitoblari tarixiy kontekst va keng ko?lamdagi insoniy tajriba bilan The Troubles haqidagi taqrizlarni umumlashtirishni ham ko?zda tutadi [83] . Ba?zi tanqidchilar Heaneyni ?afolog va mifolog“ deb ayblashsa-da, Blake Morrison shoirga shunday ta?rif beradi:

U Troubles va unda vafot etgan do?stlari va tanishlari haqida bevosita she?rlar, elegiyalar yozgan; u hozirgi tartibsizliklarni izohlash uchun tarixiy asosni topishga harakat qildi; va u jamoatchilik vakilidek mas’uliyatni zimmasiga oldi. . . Shunga qaramay, u bundan mamnun emasdi, chunki Heaney shoirlarning siyosiy dahlsizlik huquqini himoya qilardi va she?riyatning tarix maydoniga qanchalik ta?sir qilishi mumkinligi haqida qayg?urardi [83] .

Shaun O?Connell ? New Boston Review “da ta?kidlaganidek, ?Seamus Heaneyga notinch mamlakatning umid ramzi sifatida qaraydiganlar garchi uning she?riyatidagi serqirralilikni ko?zdan qochirayotgan bo?lsalar ham, ularni nohaq deb ayta olmaymiz“ [83] . O?Connell ? Boston Review “ ning Station Island haqidagi tanqidida shunday degan edi:

Heaney yana va yana siyosiy maqsadlardan orqaga chekinadi; vahshiylik timsollariga qaramay, Station Island respublikachilikka hech qanday ritorik tasalli bermaydi. Siyosat bu siyosat, Station Island birlashgan Irlandiya haqida emas, balki ko?proq diniy va estetik birlikka intilayotgan shoir haqidadir [87] .

Heaney tanqidchi Terry Eagleton tomonidan ?ma?rifatli kosmopolit liberal“ sifatida tasvirlangan. Eagleton: "Siyosatga kelsak … u faqat Heaney so?zlaydigan yoki so?zlamaydigan kontekstlarda bo?ladi [88] . Heaney ?qabilalar mojarosi“ [88] deb ta?riflagan tushuncha haqida mulohaza yuritish, ruhiy manzarasini chizib, odamlarning hayoti va ovozlarini tasvirlashni afzal ko?radi. Uning asarlarida ko?pincha oila a?zolari va yaqin do?stlariga qilingan suiqasdlar, linchinglar va portlashlar esga olinadi. Colm Toibin shunday deb yozgan edi: ?Uning ijodi davomida oddiy ta?rif va ta?rifli she?rlar bo?lgan. Uning xulosa qilish yoki ma?no taklif qilishdan bosh tortishi xushmuomalaligining bir qismi deyish mumkin“ [60] .

Heaney 1916-yilgi Easter Rising voqeasining 50 yilligi munosabati bilan 1798-yildagi irland isyonchilari xotirasiga bag?ishlangan ?Requiem For the Croppies“ she?rini nashr etdi. U she?rni Irlandiyada katolik va protestant auditoriyasiga o?qib berdi. Bunga u shunday izoh bergan edi: ?Requiem For the Croppies“ ni o?qish ?IRA“ yoki boshqa biror jumlani aytish degani emas. Bu bir to?s-to?palon emas, balki sukunatni buzuvchi bir hodisa edi. Siz uni sevishingiz shart emas. Unga ruxsat bersangiz yetarli" [89] .

U Birlashgan Qirollik laureati bo?lish taklifini qisman siyosiy sabablarga ko?ra rad etib, ?Qirolichaga shaxsan hech qanday qarshiligim yo?q: men hatto bir vaqtlar Saroyda tushlik qilganman“ deb izoh berdi [89] . U o?zining ?madaniy ibtido nuqtasi“ markazdan tashqarida ekanligini aytdi [89] . Heaneyning The Penguin Book of Contemporary British Poetry (1982) ga kiritilishiga qarshilik qilganidagi so?zlari o?sha paytlarda ommalashib ketdi. U Shimoliy Irlandiyada tug?ilgan bo?lsa-da, Britaniya antologiyasiga kiritilganiga javobi ?An Open Letter“ she?rida aks etgan:

Don't be surprised if I demur, for, be advised

My passport's green.

No glass of ours was ever raised

To toast The Queen.

Tarjima [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

U shoir va tarjimon sifatida Irlandiyada so?zlashadigan ingliz tili bilan bir qatorda, boshqa joylarda va boshqa vaqtlarda ham so?zlashadigan tillar bilan ham ishlar edi; u o?z iijodi va tadqiqotlarida anglo-sakson ta?sirini o?rgandi. Tanqidchi WS Di Piero shunday deydi:

Shimoliy Irlandiyadagi bolalik, fermerlik hayoti, siyosati va madaniyati, o?tmishdagi va bugungi boshqa shoirlar aro, Heaney tilning ildiziga qayta-qayta zarba beradi, uning genetik tuzilmalarini tekshiradi, uning barcha o?zgarishlarida qanday xizmat qilganini aniqlashga harakat qiladi. madaniyat tashuvchisi sifatida tasavvurlarni o?z ichiga olgan dunyo, bir vaqtning o?zida ritorik qurol va ruhning ozuqasiga aylanadi. U bu masalalarni noyob dirkriminatsiya va topqirlik, donolik va yengilmas sabrsizlik bilan yozadi [83] .

Heaneyning birinchi tarjimasi Irlandiyalik Buile Suibhne lirik she?ri bo?lib, ? Sweeney Astray: A Version from the Irish“ (1984) nomi bilan nashr etilgan. U ?Station Island“da (1984) chop etilgan she?rlarida bu asardagi taassurotlaridan foydalangan. Heaneyning mukofotga sazovor bo?lgan Beowulf tarjimasi (Farrar, Straus & Giroux, 2000, Whitbread ?Yil kitobi“ mukofoti) asl anglo-sakson ?musiqasi“ bilan uyg?unlashgan zamonaviy tildan foydalanuvchi innovatsion asar deb topilgan [83] .

Pyesa va nasr [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Uning pyesalari orasida "The Cure at Troy: A Version of Sophocles' Philoctetes" (1991) asari ham bor. Heaneyning 2004-yilgi "The Burial at Thebes" pyesasi Creon va Bush ma?muriyatining tashqi siyosati o?rtasidagi o?xshashliklarni tavsiflaydi [90] .

Heaney madaniy va shaxsiy o‘zgarishlar uchun zarur vosita sifatida she?riyat bilan shug‘ullanishi uning "The Redress of Poetry" (1995) va ? Finders Keepers: Selected Prose“, 1971-2001 (2002) nasriy asarlarida o‘z aksini topgan [83] .

"She?r qofiyalanganda, ? deb yozgan edi Heaney, ? shakl o?z-o?zidan paydo bo?lganda, ong yangi pozitsiyalarga qo?zg?atilganda, hammasi hayotiylikka ko?cha boshlaydi. Qofiya so‘zlar orasidagi turg‘un munosabatlarni kengaytirib yuborsa, bu o‘z-o‘zidan zaruratga nisbatan norozilik paydo qiladi. Til imkoniyatlari keragidan ortiq qo?llanilsa, me?yor buziladi" [60]

"She?riyat taklif qiladigan voqelik tasavvuri o?zgaruvchan bo?lishi kerak, shunchaki vaqt va joy haqida yozishning o?zi yetarli emas" deb davom etadi u [60] . Uning XX asr Sharqiy Yevropa shoirlariga, xususan, Nobel mukofoti sovrindori Czeslaw Miloszga bo?lgan she?riy va tanqidiy munosabati ko?pincha e?tibordan chetda qoladi va e?tiborga olinmaydi [91] .

Maktab o?quv dasturida [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Heaneyning ijodi xalqaro miqyosda maktab o?quv dasturida keng qo?llaniladi, jumladan The Rattle Bag (1982) va The School Bag (1997) antologiyalari (ikkalasi ham Ted Hughes tomonidan tahrirlangan). Dastlab Faber shartnomasida ? The Faber Book of Verse for Younger People “ deb nomlangan "The Rattle Bag " asarini Hughes va Heaney o?quvchiga zavq bag?ishlashga xizmat qilishi kerak deb qaror qilishdi, Heaney ?bizning rejalashtirgan kitob The Fancy Free Poetry Supplementga yaqinroq narsa edi“ deb izohladi [92] . Kitobda ular hayotda ko?rishni xohlaydigan asarlar, g?aroyib qofiyalar, ballada tipidagi she?rlar, topishmoqlar, xalq qo?shiqlari va ritmik yangroqliklar bor edi. Kitobga tanish kanonik asarlar kiritilmagan, chunki ular tomoshabinlar standart tarifni bilishadi deb hisoblashgan. O?n besh yil o?tgach, "The School Bag " boshqa bir narsani maqsad qildi. Muqaddimada aytilishicha, ular ?kitobdagi ma?lumotlar ko?proq cheklistga o?xshash“ bo?lishni xohlashashgan edi. Unga ingliz, irland, uels, shotland va skot-gal tillarida yozilgan she?rlar hamda afro-amerika chizgilarini aks ettiruvchi asarlar kiritilgan [92] .

Ijodiy merosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Bellaghyda Seamus Heaney HomePlace adabiy va san?at markazi mavjud bo?lib, Heaneyning ijodiy merosini aks ettiradi [93] .

2017-yilda Fintan O?Toolega Heaneyning tarjimai holini yozishga ruxsat oilaviy yozuvlardan foydalanish huquqi berilganligi e?lon qilindi. O?Toole Heaney bilan biroz tanish bo?lgan va Heaney, o?g?lining so?zlariga ko?ra, O?Toolening ijodiga qiziqish bildirgan [94] .

Uning adabiy maqolalari Irlandiya Milliy kutubxonasida saqlanadi.

2019-yil noyabr oyida BBC Two telekanalida Seamus Heaney and the music of what happens nomli hujjatli filmi namoyish etildi. Filmda Heaneyning rafiqasi Marie va farzandlari oilaviy hayotlari haqida suhbatlashishgani va o?zlari uchun yozilgan she?rlaridan bir nechtasini o?qib berishgani aks etgan. Shuningdek, Heaneyning to?rt akasi birinchi marta ijodkorning bolaligi va uni eng yaxshi she?rlari yaratilishiga ilhom bergan hodisalar haqida gapirishdi.  

Mukofotlar va unvonlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • 1966 Eric Gregory Award
  • 1967 Cholmondeley Award
  • 1968 Somerset Maugham Award
  • 1968 Geoffrey Faber Memorial Prize
  • 1975 E. M. Forster Award
  • 1975 Duff Cooper Prize for North
  • 1995 Nobel Prize in Literature
  • 1996 Commandeur de l’Ordre des Arts et des Lettres [2]
  • 1997 Elected Saoi of Aosdana
  • 1998 St. Louis Literary Award from the Saint Louis University Library Associates
  • 2000 Elected to the American Philosophical Society
  • 2001 Golden Wreath of Poetry, given by Struga Poetry Evenings for life achievement in the field of poetry
  • 2004 Kenyon Review Award for Literary Achievement
  • 2005 Irish PEN Award
  • 2006 T. S. Eliot Prize for District and Circle [2]
  • 2007 Poetry Now Award for District and Circle
  • 2009 David Cohen Prize [2]
  • 2011 Poetry Now Award for Human Chain
  • 2011 Bob Hughes Lifetime Achievement Award
  • 2012 Griffin Poetry Prize, Lifetime Recognition Award

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Obituary: Heaney ‘the most important Irish poet since Yeats’ , Irish Times, 30 August 2013.
  3. Seamus Heaney obituary , The Guardian, 30 August 2013.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 ?Faces of the week“ . BBC News . BBC (2007-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 9-aprel. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "bbc_faces_of_the_week" defined multiple times with different content
  5. 5,0 5,1 Sutherland, John. ?Seamus Heaney deserves a lot more than £40,000“ . The Guardian  (2009-yil 19-mart). Qaraldi: 2010-yil 19-aprel.
  6. Verdonk, Peter . Stylistics . Oxford: Oxford University Press, 2002 — 57 bet. ISBN  0-19-437240-5 .  
  7. Parker, Michael . Seamus Heaney: The Making of the Poet . Iowa City: University of Iowa Press, 1993 — 3 bet. ISBN  0-87745-398-5 . ?Mrs Heaney bore nine children, Seamus, Sheena, Ann, Hugh, Patrick, Charles, Colum, Christopher, and Dan.“  
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 McCrum, Robert. ?Seamus Heaney: A life of rhyme“ . The Guardian  (2009-yil 18-iyul). Qaraldi: 2009-yil 19-iyul.
  9. ?Tragic death of brother (4) that inspired Seamus Heaney recalled“  (en-GB). belfasttelegraph . Qaraldi: 2021-yil 2-fevral.
  10. ?Heaney, Seamus: Mid-Term Break“ . Litmed.med.nyu.edu (1999-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 20-noyabr.
  11. Carney, Jim . ?Why have football and hurling remained a cultural wasteland for our writers and artists?“ . Sunday Independent  (2020-yil 5-aprel).
  12. 12,0 12,1 12,2 ?Your Place and Mine: Bellaghy ? Seamus Heaney“ . BBC . Qaraldi: 2019-yil 12-aprel.
  13. Heaney, Seamus. ?Sweet airs that delight“ . The Guardian  (2002-yil 13-aprel). Qaraldi: 2021-yil 1-iyun.
  14. ?Biography“ . British Council. 2012-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 23-may.
  15. 15,0 15,1 Ed. Bernard O?Donoghue The Cambridge Companion to Seamus Heaney (2009) Cambridge University Press pxiii ISBN  978-0-521-54755-0 . Retrieved 23 May 2010.
  16. Sophia Hillan, New Hibernia Review / Iris Eireannach Nua , Vol. 9, No. 3 (Autumn, 2005), pp. 86-106. ?Wintered into Wisdom: Michael McLaverty, Seamus Heaney, and the Northern Word-Hoard“. University of St. Thomas (Center for Irish Studies)
  17. McLaverty, Michael (2002) Collected Short Stories , Blackstaff Press Ltd, p. xiii, ISBN  0-85640-727-5 .
  18. Sophia Hillan. ?Michael McLaverty, Seamus Heaney and the writerly bond“ . Irish Times  (2017-yil 20-oktyabr).
  19. Peter Badge . Nobel Faces: A Gallery of Nobel Prize Winners . John Wiley & Sons, 2008 — 504 bet. ISBN  978-3-527-40678-4 .  
  20. Andrew Motion . ?Door into the Dark opened the portals to a different future“ . The Guardian  (2014-yil 17-avgust).
  21. O'Shea, Edward (2016). "Seamus Heaney at Berkeley, 1970?71". Southern California Quarterly 98 (2): 157?193. doi : 10.1525/ucpsocal.2016.98.2.157 . ISSN   0038-3929 .  
  22. ?Seamus Heaney“ . Nobel Prize .
  23. ?Biography“ . Aosdana .
  24. ?Fordham Notes: Seamus Heaney's "Verses for a Fordham Commencement"“ . Fordham Notes (2013-yil 30-avgust). Qaraldi: 2016-yil 3-noyabr.
  25. ?Irish Nobel Prize Poet Seamus Heaney Dies Aged 74 -VIDEO“ . Ibtimes.co.uk (2013-yil 30-avgust). Qaraldi: 2013-yil 30-avgust.
  26. 26,0 26,1 26,2 Parker, Michael . Seamus Heaney: The Making of the Poet . Iowa City: University of Iowa Press, 1993 — 221 bet. ISBN  0-87745-398-5 . ?The deaths of his mother in the autumn of 1984 and of his father in October 1986 left a colossal space, one which he has struggled to fill through poetry.“  
  27. ?Barclay Agency profile“ . Barclayagency.com. 2012-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2013-yil 30-avgust.
  28. British Council biography of Heaney . Retrieved 19 April 2010.
  29. ?Seamus Heaney, Poet“ . Frontline Defenders . Qaraldi: 2014-yil 30-noyabr.
  30. ?From the Republic of Conscience“ . Amnesty International . Qaraldi: 2014-yil 30-noyabr.
  31. ?Seamus Heaney Exhibit“ , Emory University, January 2014
  32. ?Heaney 'catches the heart off guard'“ . Harvard News Office . Harvard University (2008-yil 2-oktyabr). ? ?Over the years, readings by poet Seamus Heaney have been so wildly popular that his fans are called "Heaneyboppers."“. Qaraldi: 2010-yil 15-may.
  33. ?Play Listing“ . Irish Playography . Irish Theatre Institute. Qaraldi: 2007-yil 24-avgust.
  34. ?Royal Society of Literature All Fellows“ . Royal Society of Literature. 2010-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 9-avgust.
  35. ?The Nobel Prize in Literature 1995“ . Nobelprize (2010-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 7-oktyabr.
  36. 36,0 36,1 Clarity, James F.. ?Laureate and Symbol, Heaney Returns Home“ . The New York Times  (1995-yil 9-oktyabr).
  37. Boland, Rosita. ?Michael Longley: 'Being 77 and three-quarters is the best time of my life'“ . The Irish Times  (2017-yil 17-iyun). Qaraldi: 2017-yil 17-iyun. ?'Seamus once thanked me for the way I dealt with what he called 'the N Thing',' Longley says, making tea. 'The N thing?' I ask, halfway through my sardine sandwich. 'The Nobel', he says. 'That I kept it in proportion ? the way most of the world didn’t. But I have had to be very judicious answering questions about Seamus since he’s been turned into a kind of saint'.“.
  38. ?Beowulf: A New Translation“ . Rambles.net. Qaraldi: 2010-yil 20-noyabr.
  39. ?Seamus Heaney MRIA 1939?2013 ? A Very Special Academician“ . ria.ie (2013-yil 30-avgust). 2014-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2013-yil 8-sentyabr.
  40. ?Seamus Heaney“ . aosdana.artscouncil.ie (2013-yil 30-avgust). Qaraldi: 2013-yil 8-sentyabr.
  41. ?Trinity College Dublin announces new Professorship ? Seamus Heaney Professorship in Irish Writing“ . Trinity College Dublin  (2012-yil 17-dekabr).
  42. University of Pennsylvania. Honorary Degree awarded . Retrieved 19 September 2010.
  43. The Seamus Heaney Centre for Poetry , Queen's University Belfast website
  44. ?Emory Acquires Nobel Laureate Seamus Heaney Letters“ . press release . Emory University (2003-yil 24-sentyabr). ? ?"When I was here this summer for commencement, I came to the decision that the conclusion of President Chace's tenure was the moment of truth, and that I should now lodge a substantial portion of my literary archive in the Woodruff Library, including the correspondence from many of the poets already represented in its special collections," said Heaney in making the announcement. "So I am pleased to say these letters are now here and that even though President Chace is departing, as long as my papers stay here, they will be a memorial to the work he has done to extend the university's resources and strengthen its purpose."“.
  45. ?Poet Heaney donates papers to Emory“ . The Augusta Chronicle  (2003-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2003-yil 25-sentyabr.
  46. Eminem, The Way I Am , autobiography, cover sheet. Published 21 October 2008.
  47. ?Seamus Heaney praises Eminem“ . BBC News . BBC (2003-yil 30-iyun). Qaraldi: 2010-yil 9-aprel.
  48. 48,0 48,1 ?Heaney bid farewell at funeral“ , Belfast Telegraph , 2 September 2013.
  49. Today Programme , BBC Radio 4 , 16 January 2007.
  50. ?Poet 'cried for father' after stroke“ . BBC News . BBC (2009-yil 20-iyul). Qaraldi: 2009-yil 20-iyul.
  51. Kelly, Antoinette. ?Nobel winner Seamus Heaney recalls secret visit from Bill Clinton: President visit to Heaney's hospital bed after near-fatal stroke“ . Irish Central  (2009-yil 19-iyul). Qaraldi: 2009-yil 19-iyul.
  52. ?Heaney wins TS Eliot poetry prize“ . BBC News . BBC (2007-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2007-yil 15-yanvar.
  53. ?Announcement of Awards“ . University College Dublin.
  54. ?Estate of Seamus Heaney-Stepping Stones“ . www.seamusheaney.com . Qaraldi: 2021-yil 31-dekabr.
  55. ?Collected Poems: Seamus Heaney“ . Faber and Faber  (2009-yil 2-aprel). 2010-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 24-aprel.
  56. ?Heaney at 70“ . RTE  (2009-yil aprel). Qaraldi: 2010-yil 25-aprel.
  57. ?Seamus Heaney 70th birthday commemorative Irish Times supplement“ . Irish Times  (2009-yil aprel). Qaraldi: 2010-yil 24-aprel.
  58. ?Feile an Phobail, Festival of the People, 2010 programme“ . Official website . 2010-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 12-iyul. Archived at Wayback Engine.
  59. Page, Benedicte. ?Seamus Heaney wins £10k Forward poetry prize for Human Chain“ . The Guardian  (2010-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 6-oktyabr.
  60. 60,0 60,1 60,2 60,3 Toibin, Colm . ?Human Chain by Seamus Heaney ? review“ . The Guardian  (2010-yil 21-avgust). Qaraldi: 2010-yil 21-avgust. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "toibin_human_chain" defined multiple times with different content
  61. Naughton, John. ?Britain's top 300 intellectuals“ . The Observer . Guardian Media Group (2011-yil 8-may). Qaraldi: 2011-yil 8-may.
  62. ?Songs of the Scribe Sung by Padraigin Ni Uallachain“ . Journal of Music . 6 December 2011.
  63. Prize, Griffin Poetry. ?2012 ? Seamus Heaney“ . Griffin Poetry Prize  (2012-yil 7-iyun). Qaraldi: 2013-yil 1-sentyabr.
  64. 64,0 64,1 HEANEY, Seamus : Death notice The Irish Times , 30 September 2013.
  65. McGreevy, Ronan. ?Tributes paid to 'keeper of language' Seamus Heaney“ . The Irish Times  (2013-yil 30-avgust). Qaraldi: 2013-yil 30-avgust.
  66. 66,0 66,1 Higgins to lead mourners at funeral Mass for poet Sunday Independent, 1 September 2013.
  67. ?Seamus Heaney laid to rest in Bellaghy“ , Irish Times, 2 September 2013.
  68. ?Seamus Heaney’s last words were 'Noli timere?, son tells funeral“ , The Guardian , 2 September 2013.
  69. Heaney, Mick (12 September 2015) ?Mick Heaney: My father’s famous last words; Seamus Heaney’s son writes about his father’s final message to his family: ‘Noli timere?“ , The Irish Times .
  70. ?Funeral of Seamus Heaney to be broadcast live on RTE“ , TheJournal.ie, 1 September 2013.
  71. ?Heaney books sell out amid massive demand“ , Irish Times, 5 September 2013.
  72. President Michael D Higgins pays tribute to his friend Seamus Heaney YouTubeda RTE News, 31 August 2013.
  73. 73,0 73,1 73,2 Tributes to Seamus Heaney , BBC News Northern Ireland, 30 August 2013.
  74. 74,0 74,1 ?Poet Seamus Heaney dies aged 74“ . BBC News  (2013-yil 30-avgust). Qaraldi: 2013-yil 30-avgust.
  75. ?President and Taoiseach lead tributes to the late Seamus Heaney: Tributes paid to the Nobel Laureate who died this morning at the age of 74“ . Irish Independent  (2013-yil 30-avgust). Qaraldi: 2013-yil 30-avgust.
  76. 76,0 76,1 76,2 Higgins, Charlotte; McDonald, Henry. ?Seamus Heaney's death 'leaves breach in language itself': Tributes flow in from fellow writers after poet who won Nobel prize for literature dies in Dublin aged 74“ . The Guardian  (2013-yil 30-avgust). Qaraldi: 2013-yil 30-avgust.
  77. ?Heaney deserves place among the pantheon, says Dorgan“ . The Irish Times  (2013-yil 30-avgust). Qaraldi: 2013-yil 30-avgust.
  78. ?Emory honors literary icon with 'A Tribute to Seamus Heaney'“ (2014-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 15-aprel.
  79. ?A Tribute To Seamus Heaney“ . Qaraldi: 2015-yil 15-aprel.
  80. ?Seamus Heaney: A Memorial Celebration“ . Qaraldi: 2015-yil 15-aprel.
  81. ?Bodleian Library ? SPECIAL EVENT: Oxford Tribute to Seamus Heaney“ . Qaraldi: 2015-yil 15-aprel.
  82. ?Poets Gather to Remember Seamus Heaney in New York City on November 11 at 7:00 p.m.“ . Qaraldi: 2015-yil 15-aprel.
  83. 83,0 83,1 83,2 83,3 83,4 83,5 83,6 83,7 ?Biography“ . Poetry Foundation . Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "poetry_foundation" defined multiple times with different content
  84. Irene Gilsenan Nordin . The body and desire in contemporary Irish poetry . Irish Academic Press, 2006 — 5 bet. ISBN  978-0-7165-3368-9 .  
  85. Ciaran O'Rourke. ?Did Seamus Heaney Write Political Poems?“ . Independent Left (Ireland) (2020-yil 10-oktyabr).
  86. Ezgi Ustundag. ?Expressing Humanity During 'The Troubles:' The Poetry of Seamus Heaney“ . Duke University .
  87. O'Connell, Shaun. ?Station Island, Seamus Heaney“ . Boston Review  (1985-yil 1-fevral). Qaraldi: 2010-yil 2-oktyabr.
  88. 88,0 88,1 Potts, Robert. ?The view from Olympia“ . The Guardian  (2001-yil 7-aprel). Qaraldi: 2001-yil 7-aprel.
  89. 89,0 89,1 89,2 Rahim, Sameer. ?Interview with Seamus Heaney: On the eve of his 70th birthday, Seamus Heaney tells Sameer Rahim about his lifetime in poetry ? and who he thinks would make a good poet laureate“ . The Daily Telegraph  (2009-yil 11-may). 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2010-yil 20-noyabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "sameer_rahim_70th_birthday_interview" defined multiple times with different content
  90. McElroy, Steven. ?The Week Ahead: Jan. 21 ? 27“ . The New York Times  (2007-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2007-yil 21-yanvar.
  91. Kay, Magdalena. In Gratitude for all the Gifts: Seamus Heaney and Eastern Europe. University of Toronto Press, 2012. ISBN  1-4426-4498-2
  92. 92,0 92,1 Heaney, Seamus. ?Bags of enlightenment“ . The Guardian  (2003-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2003-yil 25-oktyabr.
  93. video tribute .
  94. Flood, Alison. ?Seamus Heaney's biographer races to see poet's faxes before they fade“ . The Guardian  (2017-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-sentyabr.