Saroy (qasr)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saroy ? dastlab hukmdorlar qarorgohi bo?lib xizmat qilgan hashamatli ulkan bino, qasr . Keyinchalik turli serhasham hovlili binolar ham saroy nomini olgan. Qadimgi Misrda ilk podsholik davridayoq (mil. av. 3000 yillik) fir?avnlar o?z xonadonlari uchun saroysimon binolar, serhasham ibodatxona saroylari qurilishiga ahamiyat berganlar. Mesopotamiya va Bobildagi saroylar qat?iy loyiha asosida mahobatli qilib qurilgan, koshinlar bilan bezatilib, osma bog?lari bo?lgan. Arab mamlakatlari, Eronda, Xitoy ( Imperator saroyi ), Yaponiyada ham saroylarning dabdabali bo?lishiga ahamiyat berilgan.

Yevropada o?rta asr shahar-respublikalari rivojlanishi bilan ma?muriy boshqarish organlari hamda mansabdorlar saroylari paydo bo?ldi. Italiyada Siyenadagi Publiko palatssosi (1297?1310), Venetsiyada Dojlar saroyi, Ispaniyada Alhumro saroyi shular jumlasidandir. Din arboblari ham o?zlari uchun saroylar qurdirdilar (Orviyetoda papa saroyi. XIII asr, Rossiyada patriarx va arxiyereylar saroylari). XV?XVI asrlardagi mahobatli saroylar keng ichki hovlilari, kutubxonalari, devoriy bezaklari va noyob narsalar saqlanadigan zallari bilan shaharning butun bir qismini egallagan. Bu turdagi saroylar qirol, imperator saroylarining shakllanishiga kuchli ta?sir ko?rsatgan (Madrid yaqinidagi Eskorial, XVI asr; Parijdagi Luvr, XVI?XVIII asrlar. Bu davr saroylari mujassamotining harakterli xususiyati anfiladalarida, tarzi kolonnadalar bilan bezatilishida, bino bilan muhitni bog?lovchi rizalitlarda ko?rinadi.

Markaziy Osiyo saroy me?morligi o?ziga xos uslubda bunyod etilganligi bilan ajralib turadi. Tuproq qal?adagi saroyning 300 ga yaqin xonalari, keng tantanavor zallari, qabulxonalari, xazinaxonalari bo?lgan. Bapaxuia, Afrosiyob, Xolchayon saroy bezaklarida tasviriy san?at asarlari, haykalchalar, o?yma naqshlar va rangbarang devoriy rasmlar ishlangan. Amir Temur hukmronligi davrida (XIV asr) qurilgan Shahrisabzdagi Oqsaroy , Samarqanddagi Bo?stonsaroy , Ko?ksaroy hamda Amir Temur bog?laridagi ko?plab saroylarning me?moriy tuzilishi, ulardagi serhasham bezaklar o?ziga xos nafisligi bilan ajralib turgan. Buxoro arki , Ko?xna ark , Qo?qon o?rdasi va boshqa xon saroylarining me?moriy shaklida Samarqand, Farg?ona me?moriy maktablari uslublari o?z ifodasini topgan. Ularda xalq ustalarining qurish an?analari, naqshinkorlik bezaklari milliy uslublar namoyon bo?lgan. Sitorai Mohi Xosa , Nurillaboy saroyi , Romanov saroyida Yevropa va milliy me?morlik o?zaro uyg?unlashgan. XIX asr oxiri ? XX asr boshlarida ko?hna saroy binolaridan muzey, kutubxona, dam olish uylari sifatida foydalanilgan.

O?rta asrlarda Sharqda karvonlar to?xtab o?tadigan rabot ( karvonsaroy ); zamonaviy me?morlikda muayyan maqsadda bunyod bo?lgan muhim inshootlar (madaniyat saroylari va uylari, kinokonsert, nikoh uylari, sport saroylari va boshqalar). O?zbekistonda San?at saroyi , Xalqlar do?stligi saroyi shunday inshootlardandir. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Saroy
  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil