Sariyog?

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Floris van Schooten

Sariyog? ? asosan, sigir suti qaymog?idan olinadigan oziq-ovqat mahsuloti. Biologik xususiyati, ta?mi va sifati jihatidan boshqa yog?lardan ustun turadi, inson organizmida yengil (95% gacha) hazm bo?ladi. Tarkibida sut yog?i kamida 72?82,5% (eritilgan S.da 98?99%) ni tashkil etadi, yog? kislotalari majmui, fosfatidlar va yog?da eriydigan vitaminlar, sutda bo?lgan oqsil, uglevodlar, ayrim suvda eriydigan vitaminlar, mineral moddalar va suv bor. 18?23° da qotadi, 27?36° da eriydi. S. eritilmagan va eritilgan xillarga bo?linadi. Ilgari S. kuvda pishib olingan. Sanoatda eritilmagan S, asosan, 2 usulda: 30?45% li qaymoqni quvlab va seryog? qaymoqni qayta ishlab tayyorlanadi. Kuvlab olinadigan S. qaymog?i 85?90° da pasterlanadi (qarang Pasterizatsiya ), so?ngra 4? 8° gacha tez sovitiladi. Natijada sut yog?i diametri 1?3 mm li donalarga ajraladi, ulardan yog?siz qismi ajratilgach, tayyor S. presslanadi. S ye r yo g? (80% gacha) qaymoqdan S. ishlab chiqarishda pasterlangan qaymoq bosim ostida moy ajratkichga uzatiladi, unda jadal aralashtirib turiladi va 12? 14° gacha tez sovitiladi. Pasterlangan qaymoqqa qand, kakao va vanilin kabi xushbo?y moddalar (shokoladli S), tabiiy meva sharbati va shakar (mevali S), asal (asalli S.) qo?shib, aralashmali S. tayyorlanadi. Eritilgan S.ning tuzeiz, tuzli va boshqa xillari bor. Eritilmagan S.ni eritib va qo?shimcha aralashmalardan tozalab, eritilgan S. olinadi. Eritilgan S. buzilmaydi. S. yuqori kaloriyali mahsulotdir. 100 g S.ning kaloriyasi o?rtacha 770 kkal yoki 3,06 Mj ga teng. [1] Savol paydo bo?lishi mumkin qaymoq eritilganda undan ajrab chiqadigon modda yani Dolta deb ataladigon ozuqa qanday ajrab chiqadi nimani evaziga

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil