한국   대만   중국   일본 
Saratov viloyati - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Saratov viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rossiya Federatsiyasi subyekti
Саратовская область
Saratov viloyati
Saratov viloyati bayrog'i Saratov viloyati gerbi
Saratov viloyati bayrog?i Saratov viloyati gerbi
Administrativ markaz Saratov
Maydon 101 240 km²  ( 32-chi )
- suv qismi 2,05%
Aholi 2 503,6 ming kishi ( 20-chi )
- ma?lumot olingan vaqt 2013
- zichlik 24,7 kishi / km²
YaIM 369,6 mlrd rub.  ( 25-chi )
- ma?lumot olingan vaqt 2010
- jon boshiga 128,2 ming rub.
Federal okrug Privoljsk
Iqtisodiy tuman Privoljsk
Gubernator Valeriy Radayev
RF subyekti kodi 64, 164
Vaqt mintaqasi MSK+4 ( UTC+8 )

Saratov viloyati - Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1934-yil10-yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 100,2 ming km². Aholisi 2669,3 ming kishi (2002) asosan, ruslar (85,6%), shuningdek, ukrain, tatar, qozoq, mordva, chuvash, belorus, nemis va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi ? 73,2%. Saratov viloyatida 38 ma?muriy tuman, 18 shahar, 30 shaharcha bor. Markazi ? Saratov sh.

Saratov viloyati Sharqiy Yevropa tekisligining janubi-sharqida, Quyi Volga bo?yida, Volga daryosining har ikkala soxilida joylashgan. Eng baland joyi 370 m. Foydali qazilmalardan tabiiy gaz, neft, yonuvchi slanetslar, kurilish materiallari bor. Ikdimi kontinental. Yanvarning o?rtacha temperaturasi?12°, iyulniki 22°. Yiliga 250?450 mm yog?in yog?adi. Vegetatsiya davri 127?150 kun. Asosiy daryosi ? Volga va uning irmoklari: Tereshka, Katta Irgaz; Volgograd va Saratov suv omborlari bor. Saratov viloyati o?rmonli dasht va chala cho?l zonalarida joylashgan.

Tuproklari asosan, qoratuproq, to?q kashtan va kashtan tuproklar. Hududining 5% o?rmon (qayrag?och, dub, qayin). Yovvoyi hayvonlardan yumronqoziq, dala sichqoni, qo?shoyoq, olaxurjun, malla tovushqon, tulki, bo?ri, sassiqko?zan, o?rmonlarda los, dashtlarda sayg?oq yashaydi. Ondatra, yenotsimon it, bobr, vixuxol, qobon, norka, xoldor bug?u iqlimlashtirilgan. Daryolarda laqqa, leshch, sudak va boshqa baliqlar bor. Viloyat hududida Xvalin milliy bog?i joylashgan.

Sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik va metallni qayta ishlash (aviatsiya zavodi; trolleybus, podshipnik zavodlari, avtotraktor pritseplari, sovitkich va muzlatkich, metall kesuvchi stanoklar, priborlar, avtomatlashtirish vositalari va ular uchun ehtiyot qismlar, yo?l mashinalari ishlab chiqarish), oziq-ovqat, kimyo va neft kimyosi (mineral o?g?itlar, sulfat kislotasi, kimyo tolasi va iplari, "Balvisko" va "Ximvolokno" korxonasi), texnik rezina buyumlari ("Balakovorezinotexnika" korxonasi), yengil (tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, ipak va ip gazlamalar) sanoatlari korxonalari ishlab turibdi. Qurilish materiallari, taxta tilish va yog?ochsozlik, to?qimachilik sanoati tarmoqdari mavjud. Neft va gaz qazib olinadi. Saratov GES, Balakov AESlari qurilgan. Asosiy sanoat markazlari: Saratov , Balakovo , Balashov , Volsk shahlari.

Saratov viloyati ? Rossiyaning muhim qishloq xo?jaligi rayonlaridan biri. G?alla, texnika ekinlari (kungaboqar, qand lavlagi), kartoshka, sabzavot, poliz, yem-xashak ekinlari ekiladi. Chorvachiligi go?sht va sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Koramol, cho?chqa, qo?y, parranda boqiladi. Volga daryosi va Volgograd suv omborida kemalar qatnaydi. Saratov ? Moskva, Saratov ?Penza, Nijniy Novgorod ? Cherepovets, O?rta Osiyo ? Markaz gaz quvurlari o?tgan. Transport yo?li uzunligi 2299 km, qattiq qoplamali avtomobil yo?llari uzunligi 9998 km (2002). Saratov shahrida xalqaro aeroport bor. 12 oliy o?quv yurti, 13 muzey, 7 teatr, filarmoniya, sirk faoliyat ko?rsatadi. Kurort bor. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil