San?at

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Soat strelkasi bo?ylab: Vincent van Goghning avtoportreti, Afrikaning Chokve xalqlari haykali, Sandro Botticellining ?Veneraning tug?ilishi“ asaridan parcha va yapon Shisa sheri

San?at ? ijtimoiy ong va inson faoliyatining o?ziga xos shakli. San?at qadimiy tarixga ega bo?lib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bog?liq holda vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy san?atning dastlabki izlari so?nggi paleolit davriga, taxminan mil. av. 40?20-ming yillikka borib taqaladi. U davrda hali san?at inson faoliyatining mustaqil shakli sifatida ajralib chiqmagan edi. Chunki ma?naviyat moddiy i.ch. bilan qorishiq holatda edi. Keyinchalik madaniyatning o?sishi natijasida san?at alohida soha sifatida asta-sekin ajrala bordi.

San?at odamlarning estetik talablarini qondirish bilan birga, o?z taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat a?zolarini ma?lum ruxda tarbiyalash, ularni aqliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, his-tuyg?u, manfaat, ideallarini ifoda etgan. San?at ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan o?zining predmeti, mazmuni, voqelikni ifoda etish usuli va uslubi, ijtimoiy hayotda tutgan o?rni hamda vazifalari jihatidan farq qiladi.

San?at insonning moddiy va ma?naviy faoliyatidagi bilimi, tajribasi, mahorati va qobiliyatlarini namoyon etuvchi badiiy ijodiyot mahsulidir. Estetik tafakkur tarixida san?at narsa va hodisalarni qanday bo?lsa shunday aks ettirish va hayotni go?zallik qonunlari asosida badiiy ifodalash g?oyalari sari yuksalib bordi. Tabiat, jamiyat va insonning ijtimoiy, ma?naviy, milliy dunyosi san?at predmeti hisoblanadi. Voqelik qaysi shaklda badiiy ifoda etilmasin, ijodkor unga ma?lum ijtimoiy-estetik ideal nuqtayi nazardan munosabat bildiradi va o?z estetik bahosini beradi.

San?atni tushunish, uning kishilar hayotidagi o?rnini aniqlash masalasi butun madaniyat tarixi davomida jiddiy bahslarga sabab bo?lgan. Shunga ko?ra, san?at mazmuni obyektiv va subyektiv, hayotiy va xayoliy omillar birligidan tashkil topadi. San?atning ijtimoiyestetik vazifalari juda keng va xilmaxil. San?at ? inson uchun estetik zavqshavq manbai; inson hayotiga go?zallik baxsh etadi; odamlarda voqelikka nisbatan hissiy munosabatni shakllantiradi; hayotni kuzatish, o?rganish va bilish vositasi; hayotni inson orzu qilgan tomonga o?zgartirishda yordam beradi; tarbiya vositasi; hayotdagi go?zallikdan ilhrmlanishga, xunuklikdan nafratlanishga chorlaydi; odamlar s, orasidagi ma?naviy ko?prik, muloqot ! vositasi; odamlarning badiiyestetik didini tarbiyalaydi, ularda ma?lum dunyoqarashni shakllantiradi va h.k. San?at jamiyat ma?naviy hayotining boshqa hodisalari (fan, mafkura, axloq) bilan ma?lum darajada bog?likdir. San?atning maqsadi dunyoni badiiy o?zlashtirish, odamga lazzat baxsh eta oladigan, uni ma?naviy boyita oladigan asarlar yaratish yo?li bilan kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishdan iborat. San?at asarlarining diqqat markazida insonlar, ularning ijtimoiy aloqasi va o?zaro munosabatlari, muayyan tarixiy sharoitlardagi hayoti, faoliyati turadi. Shuning uchun ham san?at asarlari beradigan ma?rifiy bilim muayyan mamlakat, millat yoki bir tarixiy davr va shaxslar haqidagi ilmiy asarlardan olingan ma?lumotlardan farqqiladi. San?atning tarbiyaviy kuchi unda ifoda etilgan kechinma va obrazlarning har bir o?quvchi, tomoshabinning qalbiga kirib borishi, ularda zavqiy hissiyotlarni uyg?otishidadir.

S turli ko?rinishlari bilan o?ziga xos badiiyestetik qadriyatlarni to?plash, saqlash va boshqalarga uzatish xususiyatiga ega bo?lgan estetik tizimni tashkil etadi. San?at tasviriy san?at, me?morlik, rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa, teatr, kino, sirk, badiiy adabiyot, xoreografiya va boshqalarni o?z ichiga oladi. San?atning turlari o?z predmeti, tasvir vositalari va ifoda imkoniyatlari jihatidan birbiridan farq qiladi. Masalan, adabiyotda asosiy ifoda vositasi bo?lib til xizmat qiladi; tasviriy san?atda bo?yok/iap orqali konkrethissiy obraz gavdalantiriladi; teatrda pyesa qaxramonlarining siymosi aktyorlarda o?z aksini topadi. San?at barcha ijtimoiy ong shakllari singari o?z taraqqiyot qonuniyatlariga ega. Bu qonuniyatlar san?atning o?z ichki xususiyatlaridan kelib chiqsada, ijtimoiy taraqqiyot bilan bog?liq bo?lgan xalq, millat, elat, mamlakat va jahon sivilizatsiyasi darajasi bu qonuniyatlarda o?z ifodasini topadi. San?at qonuniyatlarini estetika, san?atshunoslik o?rganadi.

Ko?chma ma?noda ? faoliyatning barcha sohalariga xos yuksak mahorat "san?at" deb tushuniladi. Masalan, bahs yuritish san?ati, urush olib borish san?ati, rahbarlik san?ati, notiqlik san?ati va h.k.

Yana qarang [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Aristotel, Poetika (ruschadan M. Mahmudov va U. Tuychiyev tarjimasi), T., 1980; Pugachenkova G. A., Rempel L. I., Istoriya iskusstv O?zbekistana, M., 1965; Mahmudov T., Estetika i duxovnie sennosti, T., 1992.

Tilab Mahmudov. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]