한국   대만   중국   일본 
Sabzavot ekinlari - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Sabzavot ekinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sabzavot ekinlari  ? asosan, sabzavot olish uchun yetishtiriladigan madaniy o?simliklar guruhi. 120 dan ortiq ekiladigan turi ma?lum. 10 oilaga mansub 90 turi ko?p tarkalgan. Sabzavot ekinlari karamdoshlar (karam, sholg?om, rediska, turp va boshqalar), soyabonguldoshlar (sabzi, selderey, petrushka, ukrop va boshqalar), sho?radoshlar (lavlagi va boshqalar), qovokdoshlar (bodring, tarvuz, qovun, qovoq), tomatdoshlar (pomidor, baqlajon, qalampir), burchoqdoshlar (mosh, no?xat, loviya), murakkabguldoshlar (salat va boshqalar), piyozdoshlar (piyoz, sarimsoq piyoz), torondoshlar (rovoch, otquloq) boshoqdoshlar (shirin donli makkajo?xori) botanik oilalariga bo?linadi. Piyozdoshlar va boshoqdoshlar bir pallali, qolganlari ikki pallali usimliklarga mansub. Sabzavot ekinlari o?sishi va rivojlanishi davomiyligi tipiga ko?ra, bir yillik (bodring, pomidor, qalampir, baqlajon), ikki yillik (sabzi, karam, piyoz, sarimsoq va boshqalar) va ko?p yillik (shovul, otquloq va boshqalar) ekinlarga bo?linadi. Mahsuldor organlari (yeyiladigan qismi)ga ko?ra 5 guruhga: ildizmevalilar (sabzi, lavlagi, sholg?om, turp, rediska), piyozlilar (piyoz, sarimsoq), mevali sabzavotlar (pomidor, bakqajon, kalampir, bodring, tarvuz, qovun va boshqalar), bargli sabzavotlar (karam, ukrop, ismaloq, selderey, petrushka), dukkakli sabzavotlar (ko?k no?xat, loviya, jandiq)ga bulinadi. Ikki yillik Sabzavot ekinlari da 1-yili ovkatga ishlatiladigan hosil organlari yetishadi. 2-yili ular urug (piyoz, sarimsok, karam va boshqalar) beradi. Ko?pchilik Sabzavot ekinlari issiqsevar, tuproq unumdorligi va namga talabchan (yana qarang Sabzavotchilik ). Sabzavot ekinlari jahondagi barcha dexdonchilik mintaqalarida yetishtiriladi. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil