한국   대만   중국   일본 
Ryazan viloyati - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Ryazan viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ryazan viloyati ? Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1937-yil 26 sentabrda tashkil etilgan. Rossiya Yevropa qismining markazida joylashgan. Markaziy federal okrugiga kiradi. Maydoni 39,6 ming km². Aholisi 1228 ming kishi (2002), asosan, ruslar (96,1%), shuningdek, ukrain (1,2%), mordva (0,6%) va boshqa millat vakillari (2,1%) ham yashaydi. Shahar aholisi ? 68,9%. 25 ma?muriy tuman, 12 shahar va 26 shaharchadan iborat. Markazi ? Ryazan shahri. Boshqa yirik shaharlari: Skopin, Kasimov. [1]

Viloyat Oka daryosining o?rta va quyi qismlarida joylashgan, yer yuzasi tekislik. Shimoliy qismi Meshchyora pasttekisligi hududida (bal. 80?130 m), Okaning o?ng sohilida OkaDon tekisligi (eng baland joyi 180 m). G?arbiy qismi O?rta Rossiya qirlari bilan band (eng baland joyi 236 m). Ohaktosh, gil, kum, qo?ng?ir kumir, torf konlari bor. [1]

Iqlimi mo??tadil kontinental. Yanvarning o?rtacha tempaturasi ?11°, iyulniki 19°. Yillik yog?in 550 mm (asosan, yezda yog?adi). Vegetatsiya davri 180 kun. Asosiy daryosi ? Oka va uning irmoqlari (Pra, Gus, Pronya, Para, Moksha, Ranova, Sna). Meshchyora pasttekisligida Dubovoye, Velikoye, Chyornoye, Beloye va boshqa ko?llari bor. Tuprog?i podzol, sur tusli o?rmon tuprog?i, qoratuproq. Hududining 35% o?rmon. Tiyin, tulki, quyon, bo?ri, qobon, los yashaydi. Viloyat hududida Meshchyora milliy bog?i, Oka qo?riqxonasi joylashgan. [1]

Sanoatining asosiy tarmoklari: elektroenergetika, neftni qayta ishlash, kimyo (kimyo tolasi va iplari), mashinasozlik (Rossiyada ishlab chiqariladigan metall kesuvchi stanoklarning 9%; televizorlarning 18%; kartoshka qazish kombaynlari, hisoblash texnika vositalari), to?qimachilik sanoatlari mavjud. Yirik korxonalari: neftni qayta ishlash, stanoksozlik zavodlari, "ViskoR" (kimyo tolasi va iplar), hisoblash analitik mashinalari korxonasi, avtoagregatlar zavodi, "Safyan" (ko?n mahsulotlari), "Kombayn", "Korteks" (ipak gazlamalar) korxonalari, Ryazan radio zavodi. Ryazan issiqlik elektr stansiyasi va boshqa ishlab turibdi. [1]

Qishloq xo?jaligining muhim tarmog?i ? go?shtsut yo?nalishdagi chorvachilik. kramol, qo?y, cho?chqa, parranda boqiladi. Nasldor yilqichilik rivojlangan (2 ot zavodi bor). Arpa, bug?doy, suli, kand lavlagi, yemxashak ekinlari ekiladi, meva va rezavor meva yetishtiriladi. Oka, Moksha, Sna daryolarida kema qatnaydi. Temir yo?li uzunligi ? 943 km. Avtomobil yo?llar uz. 6475 km (1997). 4 oliy o?quv yurti, ilmiy tadqiqot instituta, 3 teatr, 8 muzey (shu jumladan, tarixiyme?moriy muzeyqo?riqxonasi, Konstantinovo qishlog?ida S.A.Yesenin adabiy memorial muzeyi), 20 dan ziyod sanatoriy, kurort va dam olish uylari (shu jumladan, Solotcha iqlim kurorti) bor. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 "Ryazan viloyati" O?zME . R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil